Testlani bilmadimu lekin ijodiylada katta pul o‘ynayapdi 157 bal yuqori o‘rinda turibman lekin shuni eshityapmanki kontraktni pul berib grant qiladiganlar ko‘payib ketyapti
Nima uchun ijodiy imtihon natijalari kechga qolib ketyapti Pul bergan abiturientlar va poraxo‘r o‘qituvchilar sharofati bilanmi bu
Samira
Assalomu alaykum Xushnud aka sizning gaplariz juda ham to'g'ri hozir bizda o'qishga kiriah qiyin lekin o'qish oson sababi asosiy muammo ta'limda insitutdan yetuk kadrlar yetishib chiqmayapti . Sesiyalarni pul bilan yopishsa talabalardan qanday yetuk kadrlar yetishib chiqsin. O'qisa 30% sesiyani o'zi o'qib topshiradi qolganlari pul bilan agar talabalardan bilimni berib domla huddi shunday talab qilishsa bilimiga yarasha baxo qo'ysa hamma talabala o'qib yetuk kadrlar uetishib chiqqan bo'lardi. Bu gaplarim hamma talabar yoki hamma insitut domlalariga ham tegishli emas faqat ayrimlari uchun.
Temurbeklar maktabi imtiyozini o'rinli bergan. Uning bitiruvchilari haqiqiy mard va vatanparvar kadr bo'lib bitirishadi. Shubha qilganlarni SamTM ga taklif qilaman. Imtiyoz yo'q vaqtdan u yerda ishlayman.
Imtiyozning hammasini olib tashlash kerak,xotin -qizlarniki ham pul boʻlib ketti.Sportchi yutugʻi uchun pul mukofotini olyapti-yu,hech boʻlmasa ,jismoniy tarbiyaga oʻtsin imtiyozi.Moliya ,yuridik institutining eng past balini ham toʻplay olishmaydi.Ular sport mutaxasisi,boshqa sohada yaxshi mutaxassis bola olishmayfi-ku,alam qilgani.Ulardayam 50 foizi korrupsiya.
KOʻXINUR
Assalomu alaykum Xushnudbek aka. Men magistratura javobini intiqlik bilan kutyapman, javob qachon aniq boʻladiyu, qachon oʻqish boshlanadi. Javoblar chiqishini shuncha kechiktirish mumkinmi, ballar aniq boʻlsa, faqat kirgan kirmagan roʻyhatni chiqarish shuncha qiyinmi
Шохжахон
Амалий имтихонла хаммаси коррупсия
Ibrohimjon
Shu imtixonsiz puliga qarab tanlash mexanizmi keladi manimcha yaqin yillarda 1 ball to'plab xam Super kontrakt bo'lib oqiyaptiku😢
Ассалому алайкум, Хушнудбек. Исмингиз жисмингизга монанд ҳолатда ўз элингизга доимо хушнудлик ҳолатини раво кўришингиз менга жуда маъқул. Борингизга шукр, эзгу ишлар қилиб чарчаманг. Аллоҳ рози бўлсин. Таълим ҳар қандай тараққиётнинг негизи. Илмсиз инсон кўп ҳолатларга манқурт(зомби)га ўхшайди. Ким қаёққа етакласа, кетаверади. Илмли инсон мулоҳаза қилади, тафаккур қилади, ўз интеллектидан, дунёқарашидан келиб чиққан ҳолда мушоҳада юритади. Мен илм деганда ҳам дунёвий, ҳам диний билимларни ўрганишни назарда тутаяпман. Буларнинг ҳар иккаласини бирга ушлаш керак. Ана ўшанда инсон бир улкан ёзувчимиз атаганларидек Ҳазрати Инсонга айланади.Менимча, ҳозирги кунга келиб, бизларнинг олдимизда турган энг катта ва машаққатли ишлардан бири -- бу мактабгача ва мактаб таълимини тўғри йўлга солиб олиш. Фарзандларимизни кўр-кўрона ёд олишга эмас, балки мушоҳада қилишга, кузатувчан ва хулоса чиқара олишга ўргатишимиз керак. Аввал педагогика мана шунга йўналтирилган эди. Ҳозир педагоглар тайёрлайдиган Олийгоҳларнинг дастурларини тубдан ўрганиб чиқиш лозим деб ўйлайман. 1 синф ўқувчисига текстни ўқиб, унинг мазмунини сўзлаб беришни ўргатиш ўрнига 1 минутда нечта сўз ўқиётганини санаш -- бу кулгили ва ачинарли ҳолат деб ўйлайман. Ҳаммаси ана шундан бошланаябди ва ҳ.к. Фикрларим кўп, лекин Сизларни зериктириб қўйишдан қўрқаман.
Assalomu alaykum. Magistratura javoblari qachon chiqadi xabaringiz yo'qmi
Shaxruz Mironshoh
Salom Xushnudbek, sizdan bir maslahat soramoqchiydim.O'quvchim imtihonda185 ball oldi .Lekin Samarqandda toshirgan fakultetida otish bali 189 ball,kontraktga tushib turibdi. O'tgan yil otasi vafot etgan,kontraktga sharoiti yoq ,lekin qishloq qizlari uchun berilgan imtiyozdan foydalanmagan.Unga biror ijtimoiy yordam so'raydigan joy bormi?
Nima uchun ijodiy imtihon natijalari kechga qolib ketyapti
Pul bergan abiturientlar va poraxo‘r o‘qituvchilar sharofati bilanmi bu
Hayrli tong
Yuqorida aytgan fikrlaringiz ajoyib yaniki haqiqatan shunday holat.
Keyin kichik bir iltimoscha
Agar imkoni bólsa ovozli xabaringizda esingizga kelmagan maqolani órtoqlashsangiz
Raxmat oldindan
P.S. Man talabaman.
O'tgan yil otasi vafot etgan,kontraktga sharoiti yoq ,lekin qishloq qizlari uchun berilgan imtiyozdan foydalanmagan.Unga biror ijtimoiy yordam so'raydigan joy bormi?