Бугун соат 21:00да «Юридик клиника» лойиҳасида Тошкент шаҳри ва Тошкент вилоятида доимий рўйхатга қўйиш мавзусидаги суҳбат қурамиз. Меҳмонимиз - ИИВ Миграция ва фуқароликни расмийлаштириш бошқармаси бўлим бошлиғи Руслан Каримов бўлади.

Агар сизда шу мавзу юзасидан саволлар бўлса, изоҳларда қолдиришингиз мумкин.

Кўрсатувни жонли эфирда соат 21:00 дан бошлаб қуйидаги манзил орқали томоша қилинг:

👉 https://youtu.be/G668BTeuJ-8

YouTube каналимизга обуна бўлиш эса ёдингизда чиқмасин:

👉 http://bit.ly/Xushnudbek

61 comments

Show 16 more comments
Binafsha
Menda ham savol bor 2019 toshkentdan amakim nomiga uy oldim 2020 uzimni nomimga utkazdim lekin doyimi prapuska beradmi Bekabad viloyatidan kelganman
Alekparo D
Surxadaryo banklaridagi taminotchilarni ham ko'rib chiqish kerak
Alekparo D
Uyushgan o'chog'
Хушнуд ака хар доим прописка прописка дейсиз чунки шунча енгиллаштирилганига қарамай барибир айрим йўналишларда прописка тизими оёққа болта ураяпти
шунинг учун бугунги мавзуда шу палакат прописка деган нарсани умуман йўқ қилиб ташласа бўладими, иложи бўлса қандай қилиб, шундай қилиш керакки уни даражасини нолга тушириш керак бу деганим бизлар пропискамиз қаерники бўлишидан қатий назар олдимизда тўсиқ бўлмасин
ва хоказо хоказолар
Assalomu alaykum, man bu masalani oldin ham pochtangizga yozgan edim, oldin doimiy ro'yxatga qo'yish bo'yicha imtiyozli tashkilotlar bo'lar edi, hozir shu ro'yxatga kiradigan tashkilot o'z xodimini mehnat staji 5 yil bo'lmasdan ham doimiy ro'yxatga qo'yish bo'yicha iltimosnoma kirita oladimi? Javob uchun oldindan rahmat.
шу палакат нарсани хадеб мухокама қилгандан кўра умуман йўқ қилиб ташаса бўладими?
Sirojiddin Tojiyev
Ассалому алайкум, Мен Тошкент шаҳрида 2010 йилдан бери таълим тизимида ишлайман, 2019 йилда бизни ташкилот тугатилиб, вазирлик билан қўшиб юборилди. тугатилган ташкилотда 2019 йил 20 сентябрда ишдан бўшатилганман. орадан 1.5 ой ўтиб қўшиб юборилган ташкилотга ишга қабул қилиндим. Орада 1.5 ой узилиш бўлган. Тошкент шаҳрита доимий рўйхатга қўйилиб, уй-жой олишим учун менда қандай имкониятлар бор. Олдиндан рахмат
Davlat tashkilotlarida 5 yil muntazam ish stajiga ega fuqarolarni Toshkent shaxrida doimiy ruyxatga olish boyicha qonun yoki qaror bor edi. Otgan safargi shu inson bn suxbatda bu xaqda gapirilgan va ijrosi kutilayotgan edi. Shu masala qanday yakun topdi shu xaqda toliqroq malumot berib otilsa yaxshi bolardi. Oldindan raxmat
Ulashova Sevinch Sevinch Ulashova
Propiskadagi aka singlisini propiskaga kirita oladimi? Tartibi qanday buladi?
Assalom alaykum,Xushnudbek aka!Toshkent shahri va viloyatiga doimiy propiskaga qo'ydirish uchun qo'ydirmoqchi bo'lishi mumkin bo'lgan fuqaroni hovlisi yoki domi bo'lishi shartmi?Agar shart bo'lmasa,qanday qo'ydirish mumkin!Javob uchun oldindan rahmat!!!
Xamma uzbekistan fuqorasi, bir davlat lekin propiska muammo juda kulgili xolat. Koreadaman xozir, bitta uyni shartnomasi bilan propiska almashtiramiz. Xalqimizda naql bor. It qòriqlagan joyga yopishadi. Xulosa umuman yuqotish kerak. Kim xoxlagan joyiga propiska quysin. Shunda qiziq bulmay qoladi. Raxmat sizga kurashdiz shu uchun.
Oson bo‘ldi, yengillashdi deb bong uriladi. Amalda esa hech narsa o‘zgarmaydi. Bunga xalq o‘rganib ham qoldi.
Shohruhbek
Assalom aleykum
Savolim man qoqondanman toshkent shaharga doimiy propiskaga qo'ymoqchi bo'lsam o'zimni qanday qo'yishim mumkin. Man faqat uy sotib olishim kerakni? Yangimi eskini u uy . Yoki boshqa yo'li ham bormi propiskaga qo'yishim uchun?
Muzaffarov Jahongir
Assalomu alaykum tashkilotchilar. Savolim yangi qurilgan uylardan Sergeli tumanidan uy sotib oldim muddatli tòlovga (рассрочка)boshlanģich tòlivini tòladim. Tòliq summani tòlamasdan uyni òzimni nomimga rasmiylashtirib doimiy ròyxatdan òta olamanmi
Assalomu alaykum ikkalamchi bozordan uy olsam doiymiy ruyxatga quyilamanmi
Nurik...
Toshkenda institutda óqiman. Hech qayerda ishlamiman shaxsiy uyim ham yoq Toshkenda. Faqat vaqtinchalik propiskaga Mirzo Ulug'bek tumaniga qóyilgan. Shaxsiy óz nomimdagi mashinaga 01 X XXX XX nomer taqaolamanmi??
PASPORT PROPISKA JOYIGA NEGA ENDI MUHR BOSILMAY QO'YDI? SHU QULAY EMASMIDI??
Ассалому алейкум. Мани тошкент шахарда хеч канака уйим ёк. Холамларни угиллари тошкент шахарда доимий пропискада турадила ман холамларни угилларини уйларига доимий пропискага куйсам буладими? ва мандан канака дакументлар талаб килинади тартиби канака булади. Агар ушбу йулни иложи булмаса ман доимий руйхатдан утишим учун канака яна имкониятим бор илтимос саволим жавобсиз колмасин. Жавоб учун коттокон рахмат
Mani bobomni (yani dadamni dadasi) toshkent shahrida doimiy prapiskasi bor man qanaqa qilib kirsam boladi, uylari ham borlar, agar òsha uylarini manga meros sifatida qoldirsalar man keyinchalik kira olamanmi.
Akmal
Salom. Savolim: besh yil bir joyda uzluksiz ishlaganlarni prapiskaga qo'yish bo'yicha qaror chiqqandi. Men olti yildan beri toshkentda ishliyman. (Temir yo'lda).
Qayerga, kimga murojat qilishim kerak. Qanaqa sarsongarchiliklari bor. Shu haqda batafsil. Raxmat
Ishilarga omad charchamaylar !🤑
Show next 24 comments