🧢 Абитуриентларга кепка билан келишга рухсат берилди

Давлат тест марказининг маълум қилишича, кириш тест синовлари очиқ майдонларда ташкил этилаётганлиги сабабли, абитуриентлар хоҳишига кўра, тест синовларига бош кийим (кепка) билан келишларига рухсат берилган.

Маълумот ўрнида: тестга соябон олиб киришга рухсат йўқ.


👉 @xushnudbek 👈

749 comments

Show 100 more comments
Saida Raximova
Quvonch
Sizchi
Tdpu da
Assalamu Alaykum yana soriman soqolga taqiq tazyiq yomi?
Dilshoda Zokirjonova
Ijodiy imtihonga hijobda borsa bóladimi
Ha yechmang, ilojini qilishsa tekshirishvolsin. Dunyoni imtixonidan òtish uchun xaqiqiy imtixondan yiqilib qolmang
Quvonch
Saida Raximova
Tdpu da
👍👍👍👌👌👌
Juda yaxshi masalani tashlabdiyu 20minutda 200ta kament qushilyapti😁
Shermuhammadova
Imtihonga ham maktablarga ham romolda borishga ruhsat berildi wekilli
Давлат идораларида ишлашда мумкин емас дейишди бошка жойларда мумкин екан шунака карор бор емиш
Azizova Umida
M..... M.......
Qayerda😳🤔
Telegram kanallarda.DTM kanallarida shunaqa yozilgan.
ㅤㅤㅤ
ㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤ
Aloqasi yoʻq uzr. Lekin shaffoflik uchun nahotki pul kerak?
Albatta shunchalik sharoit yaratib berganlaga rahmat pul topiladigan narsa... Oldizda 200$berib manikini yechib bering deganda nima qlolardiz adolatsizlik qurboni bosez bundanda alamzada bolib qolasz
Ortiq
👍
ㅤㅤㅤ
Darslardan chalg'ish maslahat beraman
​​Xalqaro press-klubning navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

2020-yil 12-avgust kuni soat 11:15 da Xalqaro press-klubning navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Xalqaro press-klub oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari va 2020-2021-o‘quv yiliga bag‘ishlandi va “Qabul-2020: shaffof, adolatli va xavfsiz” mavzusida o‘tkazildi.

Unda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari Uzoqboy Begimqulov, Toshkent davlat texnika universiteti rektori Sadritdin Turabdjanov, Toshkent davlat pedagogika universiteti rektori Alisher Umarov, Toshkent davlat yuridik universiteti rektori Raxim Xakimov va Davlat test markazi direktori Majid Karimov, shuningdek, test sinovlarini tashkil etishda ishtirok etuvchi bir qator vazirlik va idoralar vakillari hamda abituriyentlar ishtirok etdi.

Sessiya davomida oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarini tashkil etish va 2020-2021-o‘quv yiliga tayyorgarlik ko‘rish masalalari bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berildi.

Jumladan, test sinovlari Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyatlar markazlaridagi stadionlarda tashkil etiladi.

Pandemiya sharoitida ochiq maydonlarda test topshirish epidemiologik xavfsizlikni ta’minlashga yordam beradi.

Hozirgi kunda Davlat test markazi tomonidan yurtimizda mavjud 150 dan ortiq stadionlar o‘rganib chiqilmoqda va test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

Masalan, Toshkent shahrida bir kunda, ikki smenada 20 mingga yaqin abituriyentni test sinovidan o‘tkazish uchun 6 ta maydon o‘rganildi.

Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 3 ta stadionda bir smenada 3000 (bir kunda 6000) abituriyentni test sinovida ishtirok etishi rejalashtirilmoqda.

Respublika bo‘yicha esa bir kunda 100 mingdan ortiq abituriyentni test sinovida ishtirok etishi uchun tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

Test sinovlari 2-sentabrdan boshlanadi va kuniga 2 marta (havo salqin paytda) o‘tkazilib, 14 kunda yakunlanadi.

Bunda, test sinovlari birinchi smena 08:00 da boshlansa, 10:00 gacha davom etadi, ikkinchi smena esa 17:00 da boshlanib, 19:00 da tugaydi. Kunning bu paytida havo salqin bo‘ladi.

Test sinovlari oldingi yillardagi kabi shaffoflik va xolislik ta’minlangan holda tashkil qilinadi. Abituriyentlarni kiritishda va shaxsini aniqlashda shaxsni identifikatsiyalash vositalari (videofiksatsiya, barmoq izi skaneri)dan foydalaniladi.

Jarayonlar videokuzatuv ostida onlayn translatsiya qilingan holda o‘tkaziladi.

Abituriyentlar va ularning ota-onalari test sinovlarini televideniya va test2020.uz sayti orqali onlayn kuzatib borishlari mumkin bo‘ladi.

Har bir hudud navbatchi tez tibbiy yordam mashinasi bilan ta’minlanadi. Binoga kirishdan oldin abituriyentlar dezinfeksiya yo‘lagidan o‘tkaziladi. Ularning tana harorati o‘lchanib, har bir abituriyent alohida yangi tibbiy qo‘lqop va niqob bilan ta’minlanadi.

Shuningdek, har bir abituriyentga alohida suv va ruchka beriladi. Bundan tashqari abituriyentlarga bosh kiyim (kepka) ham tarqatish rejalashtirilgan.

Test sinovlari boshlanishidan o‘n kun oldin Davlat test markazining saytida har bir abituriyentning shaxsiy kabinetida abituriyent ruxsatnomasi qo‘yiladi. Har bir abituriyent ro‘yxatdan o‘tganda ko‘rsatgan telefon raqamiga bu haqda xabar beriladi.

Abiturientning test sinovida to‘plagan ballari haqidagi ma’lumot test sinovi o‘tkazilgan kunning ertasiga, uning talabalikka tavsiya etilgani yoki etilmagani bo‘yicha belgilangan tartibda tasdiqlangan tanlov natijasi test sinovlarini o‘tkazish jarayoni to‘liq yakunlangandan keyin bir hafta muddat ichida Davlat test markazining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Show next 100 comments