❗️Абитуриентлар ва уларнинг ота-оналари диққатига!

Бугун қабул жараёнларининг сўнгги куни бўлгани учун, соат 20:30 да каналимиз орқали навбатдан ташқари овозли чатни ташкил қиламиз.

🎙Мавзу: Қабул-2021!

Бугун бирор чақирилган меҳмонимиз йўқ. Шунчаки йиғилиб қолган кўплаб саволларга ўзим билимим етганича жавоб беришга ҳаракат қиламан.

Ушбу пост остига ўзингизни қизиқтирган саволларни ёзиб қолдиринг, қабул жараёнларига оид барча саволларга бирма-бир ўқиб, жавоб беришга ҳаракат қиламан. Саволингиз охирида исм-фамилиянгизни ёзиб қолдирсангиз, янада яхши бўлар эди.


👉 @xushnudbek 👈

2679 comments

Show 88 more comments
Assalomu alaykum,o‘tgan yili 4%li xotin qizlarga ajratilgan kvota olgan abuturiyetlarga sertifikat 3 yilga berilgandi,ammo bu yil 1 yillikga o‘zgartirildi,o‘tgan yili olingan sertifikat bu yilga ham amal qilinadimi?
Xushnudbek aka harbiy tavsiyanomasi bor abituriyentlar kvotasi OTM buyicha ajratiadimi yo Fakultetlar buyichami?
Assalomu Aleykum!!!
Òqishni kochirish bòyicha savol bermoqchi edim, oqishni kochirish bòyicha mos va turdosh yònalishlarga mumkun deyilmoqda, shu mos va turdosh deyilganda, misol uchun Andijon Qishloq hòjaligi Instituti Agranomiya yònalishidan Andijon Davlat Universiteti "BIALOGIYA" yònalishiga kochirsa bòladimi, sababi birinchi òqishga topshirilgan vaqtda imtixonlari 5 ta oqishga topshirilgandi birinchi oqishi shu ADU Biologiya edi unga bali yetmaganligi uchun Qishloq hojaligi agranomiyaga bali yetkanligi uchun kirilgandi
Kenjayev Sardor
Assalomu alaykum . Meni savolim shundan iboratki: Hozirda Samarqand tibbiyot insituti Tibbiy profilaktika fakultetida 1-kursni tamomladim va shu bilan birgalikda Toshkent tibbiyot akademiyasi Davolaw ishi fakultetiga o'qishni ko'chirmoqchiman. Ma'lumot o'rnida shuni aytmoqchimanki Tibbiy profilaktika va Davolash ishi fakultetlari turdosh hisoblandi va meni Doimiy yashash joyim Toshkent shahrida . Uzrli sababim borligi va turdosh fakultetga o'qishimni ko'chirmoqchiligim uchun meni ishim to'lovsiz amalga oshadimi yoki super kontrakt to'lashim kerakmi? Javobingiz uchun oldindan rahmat!
Ёркиной Комилова
Ассалому алейкум, юридик университети магистратурасига хукукшунос педагог факультет ини битирган хам топшириши мумкинми
Assalom aleykum Xushnud aka. Meni 1 ta savolim bor edi. Hamma Davlat Universitetlarida DTM taqdim qilgan sirtqi ta‘lim shakli kvotasida Ijtimoiy ish ( fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari ) degan yo‘nalish un joy ajratib ko‘rsatilgan. Ammo hujjat topshirish vaqtida bu yo‘nalishlar ro‘yhatda chiqmayabdi. Shunga bir oydinlik kiritib bersangiz. Raxmat kattakon
Assalomu aleykum. Biologiya fanidan milliy sertfikat natijalari nega e'lon qilinmayabdi? Ikromov Axmadjon
Assalomu alaykum ! Men DTM saytda avvalroq eski pasportimda ròyxatdan òtgan edim. Pasportimni ID kartaga almashtirdm. DTM ning Qashqadaryo viloyati bòlimiga murojaat qilib shaxsiy kabinetdagi ma'lumotlarimni òzgartirishlarini sòradim ma'lumotlar (ID seriyasi JSHiShr Òzgardi) lekin eski pasportimda tushgan rasmim qolib ketdi shaxsiy kabinetda u òzgarmadi yangisiga. DTM ning Qashqadaryo viloyat bòlimi buni ahamiyati yòq deyishyapyi .DTM ning òziga telefon qildim, e-pochta xabar ham yozdim sayt maslahatchisiga ham yozdim javob berishmayapti.
Abituriyent varaqasida ham eski rasmim chiqyapti buni qanday hal qilsa bòladi?
Yoki rostdan ham buning Zarari yòqmi?

Javob uchun rahmat Nodirbek Abdumannonov
Assalomu alaykum. Savolim shundan iboratki man bu yil boshlangʻich taʼlim yoʻnalishi boʻyicha universitetni tamomladim. Magistraturaga pedagogika yoki psixologiya yoʻnalishlariga hujjat topshira olamanmi? Javob uchun oldindan rahmat, ishingizga rivoj! Komolova Karomat
Assalamu Alaykom yaxshimisiz Xushnudbek aka O'tgan Xayit ayyomlar Muborak bosin savolim shundan iboratki manga 5100 dan sms xabarnoma keldi siz royxatdan otgansiz lekin talim yonalishini tanlamagansiz deb vaxolanki man talim yonalishini xam tanlaganman va tolovni xam qilganman dtmga telefon qildim juda kop telefon qildim lekin afsus xechkim telefonga javob bermadi shunga yordamingiz kerak edi iltimos
Assalomu aleykum men bir narsa sorab murojat qilmoqchiydi man ID pasport oluvdim ID pasportimda Namangan viloyat chortoq tuman koroskon deb yozib qoyilgandi qayd varaqamgayam shunday yozildi ertaga dtm da muammo chiqmaydimi. MFY va maxallam uy raqamim yozilmagan ekan.
Assalomu alaykum. Ro'yxatdan o'tilganda test grafikasini tanlasa bo'larkan "Lotin" "Kirill". Shu narsa imtihon rus tilida topshradiganlar uchun ham bor. Bunda variantlar nazarda tutilganmi? (ABCD/АБВГ) Yoki rus tilidagiga buni dahli yo‘qmi?
Assalom aleykum. Nima deb o'ylaysiz bu yilgi kirish ballari qanday bo'ladi va necha kishi maximum ball oladi? O'rtacha kirish bali necha ball bo'lishi mumkin
Assalomu alaykum.O'tgan yili DTMga bir taklif bilan chiqqan edingiz,ya'ni har bir abituriyentning shaxsiy kabinetiga uning javoblari bilan birga o'zi ishlagan test variantni ham joylash kerakligini shunda hech qanday appeliatsiyaga hojat qolmasligini.Shu taklif qay darajada inobatga olindi.? Ergasheva Marg'uba
Assalomu alaykum Xushnudbek aka oqishni kochirish 1 universitet ichida turdoshga bolsa pul tolanadimi
Valiyev Shohjahon
Assalomu alekum. Kechgiga o‘qidigan talaba kunduzgi yoki sirtqiga perevod qila oladimi 2-kursdan boshlab
Assalomu alaykum. Savolim shuki boshqa viloyatda grand asosida o'qisa va u o'qishini turdosh yo'nalish bo'yicha o'zi yashayotgan viloyatga o'tkizsa grand asosida ko'chiriladimi yoki kontrakt asosidami. Javob uchun oldindan rahmat.
Xasanov Farohiddin
Bekzodjon
prevod buyicha savolim bitta oliygohda ichida prevod qilish qanday buladi masalan, Men Toshkent moliya institutida uqiman shu boshqa fakultetga prevod qilish OTM uzida amalga oshirsa buladimi yoki online transfer.edu.uz saytida ariza berishim kerakmi?
Камола Амриддинова
O'qishni O'zbekistonga ko'chirish kerak shu haqida to'liqroq ma'lumot bering🙏🙏🙏
Show next 100 comments