❗️Абитуриентлар ва уларнинг ота-оналари диққатига!
Бугун қабул жараёнларининг сўнгги куни бўлгани учун,
соат 20:30 да каналимиз орқали навбатдан ташқари овозли чатни ташкил қиламиз.
🎙Мавзу: Қабул-2021!
Бугун бирор чақирилган меҳмонимиз йўқ. Шунчаки йиғилиб қолган кўплаб саволларга ўзим билимим етганича жавоб беришга ҳаракат қиламан.
Ушбу пост остига ўзингизни қизиқтирган саволларни ёзиб қолдиринг, қабул жараёнларига оид барча саволларга бирма-бир ўқиб, жавоб беришга ҳаракат қиламан. Саволингиз охирида исм-фамилиянгизни ёзиб қолдирсангиз, янада яхши бўлар эди.
👉 @xushnudbek 👈
Meni singlim oliy hamshiralik yo‘nalishi uchun tayorgarlik ko‘rardi.
O‘tgan yili topshirib yiqilgandi.
Bu yil yana shu yo‘nalish uchun tayyorgarlik ko‘rdi.
Lekin bu yil bu yo‘nalishga umuman kvota ajratilmabdi.
Ma‘sullar bilan bog‘lansan boshqa yo‘nalish tarkibiga qo‘shib yuborilganligini aytishdi.
Endi uni sohasi Meditsina yo‘nalishidagi hech bir sohaga to‘g‘ri kelmagani uchun umuman boshqa sohaga topshirishga majbur bo‘ldi.
Sizlardan iltimos qilib so‘rab qolgan bo‘lardim.
Mana shunday yangiliklar kiritilsa oldinroq yil boshidan xabar berilsin!!!!!
Ariza topshirish qachon yakunlanadi? Javob uchun rahmat
Haqberdi Asqarov
Assalomu alaykum Hushnudbek aka avvalambor uzur mavzuga aloqador bo'lmagan savol bermoqchiman (period) bo'yicha .
1) bu yil o'qishni ko'chirishda sabab keltirish kerakmi? misol man farg'onali bo'lsam o'qishim farg'onada bo'lsa toshkentga ko'chirsam sabab ko'rsatish kerak bo'ladimi ?
2 ) man Qo'qon shahridagi nodavlat oliy ta'lim muassasida 1 kursni tamomladim soham (Tadbirkorlik) lekin o'qishimni TDIUga iqtisodiyot yoki jahon iqtisodiyoti degan sohalarga ko'chirmoqchiman lekin mani soham bu sohalarga turdosh hisoblanadimi yoki yo'q ? Malumot o'rnida iqtisodiyot yo'nalishidan mani yo'nalishim 3 ta fan bilan farq qilyapti xolos.
Javobingiz uchun rahmat
Анваржон Пулатов.
Alijonov Muhammadyusuf Javob uchun oldindan rahmat
Boybo'riyev Jahongir , Oqdaryo tumani . Oldindan rahmat !