❗️Абитуриентлар ва уларнинг ота-оналари диққатига!

Бугун қабул жараёнларининг сўнгги куни бўлгани учун, соат 20:30 да каналимиз орқали навбатдан ташқари овозли чатни ташкил қиламиз.

🎙Мавзу: Қабул-2021!

Бугун бирор чақирилган меҳмонимиз йўқ. Шунчаки йиғилиб қолган кўплаб саволларга ўзим билимим етганича жавоб беришга ҳаракат қиламан.

Ушбу пост остига ўзингизни қизиқтирган саволларни ёзиб қолдиринг, қабул жараёнларига оид барча саволларга бирма-бир ўқиб, жавоб беришга ҳаракат қиламан. Саволингиз охирида исм-фамилиянгизни ёзиб қолдирсангиз, янада яхши бўлар эди.


👉 @xushnudbek 👈

2679 comments

Show 100 more comments
Assalomu alaykum. Nega hujjat topshirishda sirtqi qabulda ham "maqsadli qabul" va tanlov ustuvorligi boʻlimlari mavjud.Axir sirtqi boʻlimda grant yoʻqku?
Nurbek Qarshiyev
Xorijiy davlatga o'qishga ketish uchun IELTS dan 7.0 ball olib grandga òqisa bòladimo? kim biladi
Assalomu aleykum Talaba ham Davlat OTM sidan perevodga ham abiturient bulib ariza topshirsa bo'ladimi
Assalomu alekum men matematika o'qituvchisiman UrDU ga magistraturaga xujjat topshirgandim matematikaga faqat grant berilgan ekan men magistraturaga grantga kira olmasam kontrakt to'lab oqishim mumkinmi? Javob uchun raxmat
Asalomallaykum Xushnudbek aka men instetutdi 2 bosqich talabasiman bahorgi semestirga sogʻligim boʻlmagani sababli bora olmadim instetut meni fanlarni oʻzlashtira olmagan deb kursdan qoldirdi shu qaror toʻgʻrimi menga imkon berilmaydimi qayta topshirish uchun ma'lumot uchun men Qoʻshma ta'lim yoʻnalishida oʻqiyman javob un raxmat
Bank orqali hozir to'lab bilmaysiz. Faqat upay orqqli tulaysiz tulagan zahotiz tushadi. Bankka to'langan pullar 1 kun ichida tushadi. Shunday ekan tushmasligini iloji yuq. Ekspertni kalkulator ishlatishiga nima ishingiz bor. Hammaga bir xil sharoit. Bilimingiz yetarli bo'lsa apellatsiyagacha bormaysiz
Salom O'qishga topshirguncha maqsadli va maqsadsiz degan tanlov chiqadi ushani qaysi birini tanlash kerak
Assalomu alaykum Xushnudbek aka ukamni oʻqishini oʻzim topshirdim maqsadli tanlov shunga batafsil toʻliqroq maʼlumot bersangiz
Assalomu alaykum. Meni savolim kirish jarayoni boyicha emas, lekin qiziqqanim uchun so'ramoqchiman. Kechki ta'lim shakli bo'yicha o'qishga qabul qilingan talabalarga ham 1-kursdan boshlab ishlashga ruxsat beriladimi? Unday bo'lmasa, iltimos, izoh bersangiz. Oldindan rahmat.
Muhammadjonov Abdusattor
122ming 500 so'm to'lov qachongacha qilinish kerak
Assalomu alaykum, men hozir QDU 2-kurs grant talabasiman. 3-kursni bitirganch O'zMUga perevod qilsam bo‘ldimi, agar perevod qilsam, grant perevod bo‘lmanmi yoki kontrakt?
Gulboyev Dilshod
Assalomu aleykum men Xorazm viloyatida TATU Urganch filialida tahsil olaman doimiy yashash joyim Surxondaryoda. Ammo men o'qishimni Toshkent TATU ga mos va turdoshga ko'chirmoqchiman, sababi amakimdi o'g'lini uyi bor va doimiy ro'yhatdan utgan agar o'qishimdi Toshkentga ko'chirsam men yotoq joyga muhtoj bo'lmas edim hamda harajatim ancha kamayar edi, lekin arizamni bizga TATU Qarshi filiali yaqin bulgani uchun inkor qilishadimi yoqmi. Bizga yaqin deb o'qishimdi Qashqadaryo viloyatiga ko'chirsam meni Qashqadaryoda qarindoshim yoki biron bir tanishim yoq yotoq joyga muhtoj bulaman hamda harajatim ham Xorazmda bo'lgani kabi katta bo'ladi. Gulboyev Dilshod.
Hilola Valijonova
Assalomu alaykum Xushnudbek aka, men hozirgi kunda talabaman, lekin mana shu yilni o'zida sirtqi ta'limga topshirib imtixondan o'tib o'qishga qabulga qilinsam, ham o'zimni kunduzgi ta'limimni va yana shu yil kirgan universitetga sirtqi ta'limda o'qisam bo'ladimi. Savolim shundan iborayki bir vaqtni o'zida 2 ta universitetda ta'lim olsam bo'ladimi?
Javobingiz uchun oldindan katta rahmat.
Valiyev M
Assalomu aleykum meni savolim shundan iboratki 1 kurs 2 semestrda 2 ta fandan o‘ta olmasa prevodga ruhsat etiladimi faqat 1 semestrdan o‘tsa o‘tkazib bo‘ladi degan gap eshitdik.O‘qish joyim Qoraqalpog‘iston da perevod uchun kerakli hujjatlarni kelib o‘zing to‘ldirib ketasan deydi o‘qish masofaviy ta'limga o‘tgan edi .Nima qilsak bo‘ladi.
Show next 100 comments