❗️Абитуриентлар ва уларнинг ота-оналари диққатига!
Бугун қабул жараёнларининг сўнгги куни бўлгани учун,
соат 20:30 да каналимиз орқали навбатдан ташқари овозли чатни ташкил қиламиз.
🎙Мавзу: Қабул-2021!
Бугун бирор чақирилган меҳмонимиз йўқ. Шунчаки йиғилиб қолган кўплаб саволларга ўзим билимим етганича жавоб беришга ҳаракат қиламан.
Ушбу пост остига ўзингизни қизиқтирган саволларни ёзиб қолдиринг, қабул жараёнларига оид барча саволларга бирма-бир ўқиб, жавоб беришга ҳаракат қиламан. Саволингиз охирида исм-фамилиянгизни ёзиб қолдирсангиз, янада яхши бўлар эди.
👉 @xushnudbek 👈
Abduraxmonova Farangiz
Savolim shundan iboratki, DTM rasmiy saytida abituriyentlarning o'qishga onlayn hujjat topshirish muddati 22-iyul soat 23:59 gacha Deb ko'rsatilgan,lekin DTM saytida hujjat uchun qilinadigan to'lov 122500 so'm 20-iyulga qadar to'lanmasa abituriyent Davlat test imtihonlarida ishtirok eta olmaydi deyilgan.Agar abituriyent 22-iyul kuni hujjat topshirib to'lovni ham shu kuni amalga oshirsa Davlat test imtihonlarida ishtirok eta oladimi,agar ishtirok etolmasa u amalga oshirgan to'lov Nima bo'ladi qaytariladimi?
Javob uchun oldindan rahmat
Shunaqa tashabbuslar bn charchamang,ishlaringizga rivoj !
Qurbonov Zuhriddin Husniddinovich tell:904146971
Men 2020 yilda O'zb. Res. dagi OTM ni davlat granti asosida tugatib shu yili O'zb. Res. dagi ikkinchi bir OTM ning o'qish jarayonlari sirtqi shakilda olib boriladigan yo'nalishiga ikkinchi mutaxasislikda o'qish uchun online asosda xujjat topshirdim, xujjatlarim qabul qilinib tasdiqlandi. Keyin meni xujjat topshirgan oliygoximga chaqirishdi va oliygoxning qabul kamissiyasida mening ikkinchi mutaxasislikda o'qishga xaqqim yo'qligini aytishdi. Bunga sabab qilib OTM ni gavlat granti asosida tamomlaganim va OTM ni tamomlaganimga uch yil to'lmaganini bildirishdi.
Shu o'rinda savol tug'iladi. 2008 yilda tasdiqlangan nizom hozirgi zamon talabiga mos keladimi? Xozir 2021 yilda yashayabmiz oradan o'n uch yil vaqt o'tdi, barcha davlatlar shiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda biz o'n uch yil oldingi nizomga tayanib ish ko'rishimiz qanchalik to'g'ri?
Davlat granti asosida OTM ni tamomlagan talabalar majburiy uch yil ishlab berish davrida ishdan bo'sh vaqtini bekorchi va kerksiz narsalarga sarflamasdan, ishdan ajralmagan xolda ( sirtqi shakilda) o'qisa buning nimasi jamiyatimiz uchun zararli yoki noqonuniy bo'ladi. Qanchadan-qancha bandligi ta’minlanmagan yoshlar ishsizligi va o`qish jarayonida bo’lmaganligi sabab xar-xil korinishdagi jinoyatlar sodir etayotganliklari xozirda xech kimga sir emas, buni biz ommaviy axborot vositalari orqali ko’rib bilib turibmiz.
Shaxsan biz yoshlar o'qiymiz, ilm o'rganamiz, ona vatanimiz O'zbekistonning rivojlanishiga o'z xissamizni qo'shamiz deb xarakat qilayotgan yoshlarning o'qib ilim olishiga to'sqinlik qilib ularning o'qib ilim olishini uch yilga kechiktirish va o'qishga bo'lgan ishtiyoqini asossiz so'ndirish to'g'ri emas deb xisoblaymiz.
Sizlardan shuni iltimos qilib, bu masalani tartibga soluvchi nizomni qayta ko'rib chiqishni va yuqoridagi muammolarga oid o'zgartirish hamda qo'shimchalar kiritishda, davlat granti asosida OTM ni tamomlagan ( tamomlaganiga 3yil to'lmagan) talabalarga ikkinchi mutaxassislikka qabul qilinishiga amaliy yordam berishingizni so'rab qolamiz. Buning ortidan bizga o'xshagan bir qancha davlat granti asosida o'qishni tamomlab ikkinchi ta'limda o'qimoqchi bo'lgan yoshlarga juda katta imkoniyatlar yaratilgan bo'lar edi. Yurtboshimiz xam yoshlarni qo'llab quvvatlaylik yoshlar bizning kelajakimiz deb xar bir yig'ilishlarida so'zlab kelmoqdalar. 2021 yilga "Yoshlarni qo'llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustaxkamlash yili" deb nom berilishi xam buning yaqqol misoli.
Yuqoridagilarni inobatga olgan xolda biz yoshlarga bu masalada amaliy yordam berishingizni so'raymiz. Bizni va bizga o'xshgan ilmga chanqoq yoshlarning o'qishga bo'lgan ishtiyoqimizni so'ndirmaysizlar degan umiddamiz.
Men Surxondaryodanman
Internet va PC ni yaxshi tushunaman
Mahallamizdagi abituriyentlarni bu yil o’qishga hujjatlarini int orqali topshirdim( va to’lovini ham qildim)
Shaxsiy kabinetga “To’lovingiz muvaffaqiyatli amalga oshirildi” degan yashil fondagi yozuv chiqdi.
Endi muammo bulmaydimi
Shuni bilmoqchiydim
Ko’pchilik bunga ishonmayapti(Ayrimlarga telefoniga to’langanligi haqidagi sms kelmadida)
Oldindan rahmat
Shukurov Sherxon