❗️Абитуриентлар ва уларнинг ота-оналари диққатига!

Бугун қабул жараёнларининг сўнгги куни бўлгани учун, соат 20:30 да каналимиз орқали навбатдан ташқари овозли чатни ташкил қиламиз.

🎙Мавзу: Қабул-2021!

Бугун бирор чақирилган меҳмонимиз йўқ. Шунчаки йиғилиб қолган кўплаб саволларга ўзим билимим етганича жавоб беришга ҳаракат қиламан.

Ушбу пост остига ўзингизни қизиқтирган саволларни ёзиб қолдиринг, қабул жараёнларига оид барча саволларга бирма-бир ўқиб, жавоб беришга ҳаракат қиламан. Саволингиз охирида исм-фамилиянгизни ёзиб қолдирсангиз, янада яхши бўлар эди.


👉 @xushnudbek 👈

2679 comments

Show 100 more comments
Assalomu aleykum!Men ona tili va ingliz tili fanidan tayyorlanaman,tarix va ona tili fanidan tayyorlanadigan guruhdoshlarim bor,shular hujjat topshirganda,ya'ni ona tili tarix yonalishlariga topshirganda 2ta tarix yonalishiga 3ta ona tili yonalishiga topshirish imkoniyatiga ega ekanda shunaqa qilib topshirdi,lekin biz shunaqa qilib yani 2ta ingliz tili yonalishiga 3ta ona tili yonalishiga topshirmoqchi boganimizda bizda unaqa imkoniyat yoq ekanda shunga nimaga shunaqa imkoniyat ona tili adabiyot oqiydiganlarda yoq drmoqchiydimda,javob uchun oldindan rahmat,Ismim Madina
Madrimov Izzatbek
Texnikumlarda qachondan qabul boshlanadi va bakalaviryat oqishga kirolmaganlar hujjat topshirsa boladimi ?Madrimov Izzatbek
Assalomu alaykum Xushnudbek aka man qóshni davlatda yurispridensia fakultetini 2 bosqichini tamomladim óqishimni O'zbekistonga kóchirmoqchiman. Savolim óqishimni kóchirsam 2 bosqichdan óqiymanmi yoki 3. Rivojiddinov Omadbek
Hozirgi chatda perevod masalasiga ham toʻxtalib otishsin ariza qande yozish shularni tushuntirib bersin oldindan raxmat
Assalomu alaykum Xushnudbek Xudayberdiyev Bu yil nega universitetlar aro qancha topshirilganligi haqida statistika chiqmadi, faqat umumiy statistika berildi ,xolos.Iltimos shunga ham aniqlik kiriting
Zuxriddin Mo'minov
misol uchun Buxoro tibbiy profilaktika yo'nalishiga oqishga kirib keyingi yili Farg'ona davolashga perevod qilsam bòladimi
Хушнудбек, тиббиётнинг халқ табобати йўналишига изоҳ беринг, илтимос
Assalomu alaykum, MAGISTRATURAGA QABUL 31 IYULGACHA EKAN AMMO 31 IYULGA QADAR DIPLOM BERISHMASA, NIMA QILSAK BOLADI OTMNI SUDGA BERISH KERAKMI?
Ассалому алейкум Хушнудбек ака! Мен шу йил Велоспорт тури буйича Узбекистон Чемпионатида 1 уринни олдим . Бизга имтиёз берилмади халигача. Янги карор чикади шу буйича дейишяпти. Лекин бугун кабулнинг охирги кунику . Укишга кириш учун кандайдир имтиёз бериладими? Спорт сохасига топширдим, зора шу сохага имтиёз берар деб...
Нарманов Шокиржон
Assalom aleykum. O’qishdan transfer masalasi bo’yicha - transferni eng ko’pi - chet eldan (yo nodavlat universitetlar - Westminster, MDIST, Turin va etc) Uzbekiston oliygohlariga kuchirmoqchi. Lekin - transfer.dtm.uz (na ariza qabul qilinganligini, akademik ma’lumotnoma va transkriptni (pdf faylda) joylashtirganizni, kunlik ma’lumotlarni bermayapti). Eng ko’p perevod aslida - mana shu kontingentdan. Iltimos bir video namuna qilib - wu masalada suhbat uyushtirsangiz. (Ubaydullo Temirov)
Жавоб учун олдиндан раҳмат!
Assalomu alaykum men musiqiy taʼlim yoʻnalishiga oʻqishga topshirdim bu yil bizga ham 3-ta fandan test qoʻshildi. Meni bir savol qiynayabdi nega endi boshqa yoʻnalishlarda 5-ta joyga oʻqishga topshirish imkoni bor bizda yuq biz ham amaliy ham nazariy imtixon topshirimiz kere nega edni bizga ham shunaqa imkoniyatlar berilmayabdi.
Assalomu alaykum Xushnudbek aka, Savolim shundan iboratki Texnikumlarga qabul OTM bilan bir vaqtda bo'ladimi, Texnikumlarga qabul qachondan va qaysi sayt orqali topshirsa bo'ladi, iltimos shu haqida qisqacha ma'lumot bersangiz Turobova Zuhra
Assalomu alaykum, o‘zbek guruhlarida rus tili va adabiyoti fakulteti uchun fanlarda o‘zbek tili va adabiyoti o‘zbekcha bo‘ladimi? Majburiy fanlari ruscha yoki o‘zbekcha bo‘ladimi? Dilnoza
Мото-Мото
Telefon raqamga siz ruyxatga utdiz degan sms kelmasa ham ruyxatdan utgan bulamanmi
OLIM ISLOMOV
Assalomu alaykum Xushnud aka! Sizning maslahatingizdan keyin juda ko‘plab talaba yoshlarimiz bu yilgi imtihonlarda qatnashish istagida xujjat topshirishmoqda. Hattoki davolash fakultetida grantda o‘qiyotganlari ham. Nima emish yana bir bor bilimini sinab ko‘rar ekan. Mayli bunga ular to‘la haqli. Lekin garntga o‘qib turgan talaba, yana eng zo‘r yo‘nalishga o‘qiyotgan talaba hech qanaqasiga qaytib 1-kursdan o‘qimaydiku. Qolaversa shartnoma asosida davolashda o‘qib turgan talaba ham qaytib 1-kursdan o‘qishi ehtimoldan yiroq. Lekin ular bekordan bekorga o‘zi shundog‘am kamgina bo‘lgan o‘rinlarni band qiladi. Natijada shu yilgi abituriyentlarning imkoniyati pasayib ketadi. Xo‘sh bu vaziyatda nima qilish kerak? TAKLIFIM mandatdan so‘ng 1-oktyabrgacha kutish kerak va bo‘sh qolgan o‘rinlarni ballar ketma ketligida to‘ldirish kerak, hech qanday ortiqcha to‘lovsiz (super kontrakt degani chiqmasidan oldin shunday qilinar edi). Keyin esa o‘sha oxirgi o‘quvchini olgan baliga qarab super kontraktning toifasa belgilansa juda ham adolatli bo‘lar edi. Qabuldan faqatgina yuqori foydani o‘ylab emas, yoshlarga imkon qadar maksimal imkoniyat berish haqida o‘ylansa juda ham yaxshi ish bo‘lar edi. Shu paytda talabalarning abituriyentlarimizga umuman zarari yetmas edi. Talabalarda imtihon paytida ortiqcha bosim bo‘lmaydi, chunki yo‘qotadigan narsasi yo‘q. Shuning uchun ular bemalol yuqori ball olib juda ko‘plab joylarni band qilishadi. Hutmat bilan OLIM ISLOMOV
Xavotir olmang bizni talabalar unchalik kuchli emas hali o'qishga kiring hatto grant kirsangizam keyingi topshirayotgan payt kirib bilamanmi deysiz
Assalom aleykum ro'yhat topshirish jarayonida sirtqi yo'nalishiga topshirganda ham nega davlat granti yoki to'lov-kantrakt va davlat grantini tanlashga imkoniyat beriladi. Sirtqi ta'limda davlat granti yo'qku faqat kantrakt uni ikkalasidan qaysi birini tanlash kerak... Fozilova Nozima
Show next 100 comments