⚡️Ўзбекистонда 14 та тоифадаги фуқаролар коронавирусга қарши эмланиши шарт

Бу ҳақда бугунги Республика махсус комиссияси йиғилишида маълум қилинди.

Булар:

➖ аҳоли билан мулоқотга кирувчи хизмат кўрсатиш объектлари ходимлари (батафсил аудиода);
➖ барча турдаги савдо объектларининг ходимлари;
➖ спорт мактаблари ҳамда иншоотлари ходимлари;
➖ маданий ҳамда кўнгилочар объектлар, дам олиш масканлари ходимлари;
➖ меҳмонхона, уй меҳмонхонаси, хостел, отел, ётоқхона ва кемпинглар ходимлари;
➖ йўловчи ташиш билан шуғулланувчи давлат ва нодавлат ташкилотлар ходимлари;
➖ давлат ва нодавлат таълим муассасалари ходимлари;
➖ ҳарбий хизматчилар;
➖ умумий овқатланиш корхоналари ходимлари (батафсил аудиода);
➖ давлат ва нодавлат тиббиёт ва тиббий-ижтимоий объектлар ходимлари;
➖ коммунал хизмат ходимлари;
➖ алоқа ва телекоммуникация объектлари ходимлари;
➖ давлат ҳокимияти ва бошқаруви органлари ходимлари;
➖ ҳуқуқни муҳофаза қилувчи органлар ходимлари.


👉 @xushnudbek 👈

393 comments

Show 100 more comments
Kallasi ishlamaydiganlarini qarori
Ozini va farzandlarini sogliginig oylagan inson vaksina oladi.Agar vaksinani pullik qilganda edi bunaqa beparvolik bolmasdi.Oshamda ham bahona qilishardi.mana pullikde xalq olomiydi deb.Oilaviy oldik Ollohga shukur.hech qanday yomon alomat sezilmadi.
Qizim bn kuyovim olmagan edi(ular mish mishlarga rossa ishondi).Endi nafas ololmiy joni qiynalib kisloriod tagida yotibdi .Bu yoqda nevaralarim qiynalib ketdi ota onasini soginib.
Hech qaysi davlat millionlab aholisi uchun yomon narsani ravo kormasa kerak.
Majburlash bu erkni cheklash degani. Bunaqada erkinlikni taminlab bulmaydi
Shundogam komissiyaning mantiqsiz qarorlaridan ayrim sohalar va xalq azob chekyapti
Muxriddin_Xoliqov
Agar maktabda ishleydiga odam kasal bolsachi, misol buyragi yoki boshqa joyi og'risa, organizmi kutara olmasa nima bo'ladi, olishi shartmi yoki yo'qmi
Kamdan kam qiladigan ishlarimdan bittasi comment yozaman deb tuhmatchiga chiqdim, qarshilikka uchradim...Mani javobim rahmat! Olmanglar vaksina, butun dunyo ahmoq, ayniqsa 1,4 mlrd aholini emlagan Xitoy ham ahmoq, shuning uchun ham Evropa bozorining 40% tovari Xitoyniki, uzoqqa bormay Qozog'stonliklar ham ahmoq 16 allaqachon 2 milliondan ortiq odam emlangan, shuning uchun ham biz borib ularni dalasida ishlaymiz! Faqat biz aqllimiz...kettik oshga, kechqurun to'yga o'tamiz, 20 otarchi kelarmish, bollarmi? Telefon o'ynab o'tirsinlar, kitobni Xitoyliklar va Qozog'istonliklar o'qisin!
Behruz Safarov_
Bilmadim shunday xabar berishgan
Meni imunitetim baland,balki men olmasmanaa.Virus ham bilmadim,Allohga shukur.Kuchli ovqatlanib,sport bilan shug'ullanib turaman.Ham ukoldan qo'rqamanda😭
Aziz...
Qisqa qilib uyidan ko'chaga chiqish qobiliyati borlar hammasi vaksina olishi shart deyilsayam bo'larkanu
ABC Account
Xop, nega amaldorlar ko'zbo'yamachilik qilishmoqda... Masalan, Toshkent shahar hokimi Buxorolik rektor va boshqalar... Vaksina rostdan xavfsiz bo'lsa, nega bunaqa nayrang qilishadi...
Qonunga qarshi qonun bilan ajoyib🤷‍♂️
Agar vaksina olgan odamda aks ta'sir va asoratlar kuzatilsa, bu bo'yicha sudga berishga haqlimi? Axir bu uning salomatligiga qastdan yetkazilgan zarar emasmi?
Show next 100 comments