Хотин-қизларга берилган имтиёз юзасидан айрим тушунтиришлар. Ҳудудларда ўтиш бали қанча бўлди?

#abituriyent

Тест жавоблари чиққандан кейин кўпчилик "нима учун менга хотин-қизларга берилган 4%лик имтиёз бали қўшилмади?" деб савол бермоқда. Бу бўйича айрим тушунтиришларни бериб ўтмоқчиман.

👉 Биринчидан, "менинг балимга имтиёз қўшилмабди, энди қўшиларкан", деб ўйлаётганлар адашяпти;

‼️ Иккинчидан, 4% лик имтиёз бу балл қўшиб беради, дегани эмас. Кўпчилик ўзим тўплаган балимга яна балл қўшиб берилиши керак эди, нега қўшилмади деб ҳайрон бўлиб юрибди. Сизга нотўғри маълумот беришган, бу имтиёз доирасида ҳеч қанақа қўшимча балл берилмайди;

Бу имтиёз нима бериши ҳақида мана бу ерда батафсил тушунтирганман, ҳаволанинг устига босиб, эътибор билан қайта ўқиб чиқинг:
https://t.me/xushnudbek/10113

👉 Учинчидан, яна кўпчилик тавсиянома олдим дегани, грантга 100% кирдим дегани, 68 баллдан оширсам, бўлди, деб ўйламоқда. Бу ҳам нотўғри. Тавсиянома олишнинг ўзи ўқишга кирди, дегани эмасди, ўқишга кириш учун керакли бални ҳам тўплаш, яъни билим ҳам муҳим эди.

Жумладан, 2021 йилда ҳудудлар кесимида тавсиянома олган хотин-қизлар учун ўтиш бали ҳозирча қуйидагича бўлиб турибди:

Навоий — 151,2
Бухоро — 141,75
Сирдарё — 141,31
Қорақалпоғистон — 140,7
Жиззах — 137,55
Қашқадарё — 130,2
Фарғона — 128,1
Наманган — 127,4
Хоразм — 127,05
Сурхондарё — 126
Самарқанд — 122,85
Андижон — 110,25
Тошкент вилояти — 103,95
Тошкент шаҳри — 98,7

Яъни ушбу ҳудуддан тавсиянома олган хотин-қизлар мана шунча балл тўплай олсагина, ўзи топширган ОТМга давлат грантига киради. Бундан пастроқ балл тўплаганларга 4%лик имтиёз қўлланмайди. Улар умумий асосга кўра, яъни ўзлари тўплаган балл билан эл қатори танловда иштирок этади. Бали етса грант ёки контрактга киради, бали етмаса, кира олмайди.

Эслатма: юқоридаги ҳудудлар бўйича ўтиш баллари дастлабки ҳисоб-китоблар бўлиб, расмий мақомга эга эмас. Бугун бўлиб ўтадиган қўшимча тест синовларидан кейин ўзгариши мумкин.


👉 @xushnudbek 👈

367 comments

Show 72 more comments
🦋
120,75
Qayerdansz qaysi viloyat
Edward
Feruza
Diplomatyani tanlaganman lekn bu yonlshda ball juda yuqori boldi 154 bal bosayam imtiyozm qoshlsa grant oqiy olamanmi? Va qolgan 4tasidan bittasni tanlash imkonim yoqmj?
Shuncha bal yigʻgan boʻlsangiz demak diplomatiyada grantda oʻqiy olasiz, bunda diplomatiyaning kirish bali yuqori yo pastligi ahamiyatga ega emas. Lekin 2-5 yoʻnalishlarni tanlay olmaysiz. Faqat 1-tanlaganingizda byudjet asosida oʻqishingiz mumkin
Xamidova Xamidova
Assalomu alaykum iltimos nogironlar uchun bulgan imtiyoz utish balini aytib uting faqat bitta OTM ga utadimi
Амирбек
Ман Наманган вилоятиданман 82.9 балл олдим, демак йикилдим а?
Sevara
Qayerdansz qaysi viloyat
Navoiydanman Navoiyga hujjat topshirdim birinchi otm Navoi
Xamidova Xamidova
Sevara
Yo hammasiga otadi manimcha
Tibbiyotga utish bali qancha bulganini bilasmi
Inomjon...
Xotin qizlarga imtiyoz sirtqiga otadimi iltimos
Xamidova Xamidova
Sevara
Navoi 150 buganku imtoylila
Manam shuni aytaman juda ball kutarilib kettimi
Sevara
Navoi eng balandi buliptida
#Qabul2021 #Imtiyoz
Xotin-qizlar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari

📌 Davlat test markazining mandat.dtm.uz saytiga xotin-qizlar, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda “Mehribonlik” uyi va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari bo‘lgan chin yetimlar uchun beriladigan imtiyozga ega abituriyentlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar joylashtirildi.

👨🏻‍💻 Mazkur imtiyozlardan biriga ega bo‘lgan abituriyent mandat.dtm.uz saytining “Imtiyozli” bo‘limidan tegishli imtiyoz turini tanlagan holda ushbu imtiyozga ega abituriyentlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ko‘rishi va imtiyoz doirasida nechanchi o‘rinda turganini bilishi mumkin.

✅ Bunda abituriyentlarning ro‘yxati ularning to‘plagan ballari asosida tartiblanadi va mazkur imtiyoz doirasida ajratilgan qo‘shimcha qabul ko‘rsatkichlari soni ko‘rsatiladi.

👩 Qayd etish kerakki, xotin-qizlar uchun beriladigan imtiyoz abituriyent qaysi oliy ta’lim muassasasiga topshirganidan qat’iy nazar uning doimiy ro‘yxatda turgan manzili asosida qo‘llaniladi va kunduzgi ta’lim shakli uchun o‘rinli hisoblanadi.

🧑‍🦽 Nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda “Mehribonlik” uyi va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari bo‘lgan chin yetimlar uchun beriladigan imtiyoz esa har bir ta’lim shakli uchun oliy ta’lim muassasasi kesimida qo‘llaniladi.

❇️ Imtiyoz doirasida talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar barcha abituriyentlar kabi umumiy tanlovda ham ishtirok etadi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Sevara
Navoi 150 buganku imtoylila
Qarang bunaqa deganku nogironligi boʻlgan shaxslar hamda “Mehribonlik” uyi va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari bo‘lgan chin yetimlar uchun beriladigan imtiyoz esa har bir ta’lim shakli uchun oliy ta’lim muassasasi kesimida qo‘llaniladi. Man imtiyoz olayotgan vaqtim chim yetimlar uchun degan toifa boʻyicha olganman.
Sevara
Yo bilmiman
Aytoptiku mana bunda chin yetimlar uchun beriladigan imtiyoz esa har bir taʼlim shakli uchun otm kesimida qoʻllaniladi deb man shunda bu xotin qizlar ichida bolmimanni
Xamidova Xamidova
🦋
#Qabul2021 #Imtiyoz Xotin-qizlar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari 📌 Davlat test markazining mandat.dtm.uz saytiga xotin-qizlar, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda “Mehribonlik” uyi va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari bo‘lgan chin yetimlar uchun beriladigan imtiyozga ega abituriyentlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar joylashtirildi. 👨🏻‍💻 Mazkur imtiyozlardan biriga ega bo‘lgan abituriyent mandat.dtm.uz saytining “Imtiyozli” bo‘limidan tegishli imtiyoz turini tanlagan holda ushbu imtiyozga ega abituriyentlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ko‘rishi va imtiyoz doirasida nechanchi o‘rinda turganini bilishi mumkin. ✅ Bunda abituriyentlarning ro‘yxati ularning to‘plagan ballari asosida tartiblanadi va mazkur imtiyoz doirasida ajratilgan qo‘shimcha qabul ko‘rsatkichlari soni ko‘rsatiladi. 👩 Qayd etish kerakki, xotin-qizlar uchun beriladigan imtiyoz abituriyent qaysi oliy ta’lim muassasasiga topshirganidan qat’iy nazar uning doimiy ro‘yxatda turgan manzili asosida qo‘llaniladi va kunduzgi ta’lim shakli uchun o‘rinli hisoblanadi. 🧑‍🦽 Nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda “Mehribonlik” uyi va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari bo‘lgan chin yetimlar uchun beriladigan imtiyoz esa har bir ta’lim shakli uchun oliy ta’lim muassasasi kesimida qo‘llaniladi. ❇️ Imtiyoz doirasida talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar barcha abituriyentlar kabi umumiy tanlovda ham ishtirok etadi. Davlat test markazining rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Buni kurdim 80chi urindaman juda baland olganlar kup eng 1chisi 170
Sevara
Manam wunga cunmayamman
Shuni chuntirib yuborsalar yaxshi boʻlar edi
Xamidova Xamidova
Sevara
Manam wunga cunmayamman
Bu sirtqi yoki kechki uchun aytilgan
surxandaryo 126 men 122.85 qanaqa boladi endi
Show next 100 comments