Хотин-қизларга берилган имтиёз юзасидан айрим тушунтиришлар. Ҳудудларда ўтиш бали қанча бўлди?

#abituriyent

Тест жавоблари чиққандан кейин кўпчилик "нима учун менга хотин-қизларга берилган 4%лик имтиёз бали қўшилмади?" деб савол бермоқда. Бу бўйича айрим тушунтиришларни бериб ўтмоқчиман.

👉 Биринчидан, "менинг балимга имтиёз қўшилмабди, энди қўшиларкан", деб ўйлаётганлар адашяпти;

‼️ Иккинчидан, 4% лик имтиёз бу балл қўшиб беради, дегани эмас. Кўпчилик ўзим тўплаган балимга яна балл қўшиб берилиши керак эди, нега қўшилмади деб ҳайрон бўлиб юрибди. Сизга нотўғри маълумот беришган, бу имтиёз доирасида ҳеч қанақа қўшимча балл берилмайди;

Бу имтиёз нима бериши ҳақида мана бу ерда батафсил тушунтирганман, ҳаволанинг устига босиб, эътибор билан қайта ўқиб чиқинг:
https://t.me/xushnudbek/10113

👉 Учинчидан, яна кўпчилик тавсиянома олдим дегани, грантга 100% кирдим дегани, 68 баллдан оширсам, бўлди, деб ўйламоқда. Бу ҳам нотўғри. Тавсиянома олишнинг ўзи ўқишга кирди, дегани эмасди, ўқишга кириш учун керакли бални ҳам тўплаш, яъни билим ҳам муҳим эди.

Жумладан, 2021 йилда ҳудудлар кесимида тавсиянома олган хотин-қизлар учун ўтиш бали ҳозирча қуйидагича бўлиб турибди:

Навоий — 151,2
Бухоро — 141,75
Сирдарё — 141,31
Қорақалпоғистон — 140,7
Жиззах — 137,55
Қашқадарё — 130,2
Фарғона — 128,1
Наманган — 127,4
Хоразм — 127,05
Сурхондарё — 126
Самарқанд — 122,85
Андижон — 110,25
Тошкент вилояти — 103,95
Тошкент шаҳри — 98,7

Яъни ушбу ҳудуддан тавсиянома олган хотин-қизлар мана шунча балл тўплай олсагина, ўзи топширган ОТМга давлат грантига киради. Бундан пастроқ балл тўплаганларга 4%лик имтиёз қўлланмайди. Улар умумий асосга кўра, яъни ўзлари тўплаган балл билан эл қатори танловда иштирок этади. Бали етса грант ёки контрактга киради, бали етмаса, кира олмайди.

Эслатма: юқоридаги ҳудудлар бўйича ўтиш баллари дастлабки ҳисоб-китоблар бўлиб, расмий мақомга эга эмас. Бугун бўлиб ўтадиган қўшимча тест синовларидан кейин ўзгариши мумкин.


👉 @xushnudbek 👈

367 comments

Show 100 more comments
H.Z.A
Ayrim joylarda 130 ball bilan grantga kirsa buladiku imtiyoz ballari baland ku
Ibratilla Олимов
MILLIY SERTIFIKATMI 100 %OLGAN
O'ziz bilmagan narsaga haqida gapirmaganiz maqul. Ko'ziz bilan ko'rmagansiz. Qo'liz bilan ushlamagansiz. Ona deb imtiyoz berib bo'lmaydi. Bolali bo'lishni minnat qilayotganga o'xshaysiz. Hayotga positive qarang. Kim nimani izlasa shuni topadi deb bekorga aytilmagan. Man masalan o'zimga 80 ball bilan imtiyozga kirgan o'qituvchi bir kun kelib farzandlarimga dars berishini xoxlamayman
H.Z.A
Ayrim joylarda 130 ball bilan grantga kirsa buladiku imtiyoz ballari baland ku
Imtiyoz kamchilikka berilganda shuning uchun. Umumiy kvotada grant olish mumkin tanlagan yunalishga bog'liq
H.Z.A
Pastroq bulsa bulmasa ekanmi imtiyozni ham kerakchiligi yoq balli baland
H.Z.A
Pastroq bulsa bulmasa ekanmi imtiyozni ham kerakchiligi yoq balli baland
U tayyor grantni beradi. Ball nechi ball bo'lishini o'qishga topshirayotganlar hal qiladi. Bu dtm ni qo'lida emas
H.Z.A
Ha ayrim yo'nalishlarda ball baland buladi tugri aytasiz
Ibratilla Олимов
qarang ballarni qizlar repititorda puli bor sharoit zur
Repititorga boradi degani sharoit zur degani emas. Odamlar topgan pulini bilimga sarflaydi. Uyni remont qilmaydi. Tuy , maraka, yig'ilish, tug'ilgan kun qilmaydi, yangi kiyim sotib olmaydi. Go'sht kamroq yeydi qiladi. Nolishdan foyda yuq. Hamma o'zini qo'lidan kelganicha harakat qilishi kerak. Natijasi Allohdan. Ming zur bilimi bor odam ham Alloh nasib qilmasa hech qayerga kirolmaydi
Mashhura
Qachon oʻtish bali kvota boʻyicha aniq chiqadi ertagami
Mashhura
Qachon oʻtish bali kvota boʻyicha aniq chiqadi ertagami
Bosh vazir qachon desalar o'sha payt chiqadi. Ertaham bo'lishi mumkin
Umrbek Masharipov
Shu joyiga tushunmadim navoyidagi 151 bal nimani evaziga olingan. Faqat ligotniklar shuncha ball olganmi yoki umumiy abutrentlarmi.realni tushunganda sharoiti og‘ir o‘qishga imkoniyati yo‘q xotin qizlar shuncha ball olgan bo‘lsa bu fantastika
Hech qanaqa fantastika emas. Sharoiti og'ir odamlar kontrakt kirib qolmay deb tirishib o'qiydiganlar ko'p. U hayotidan noliydiganlar na sababini qiladi na boshqasini ular hech narsa qilolmaydi. Siz Navoiy, Buxoro taraflarda yashang keyin bilasiz. Nima uchun shu yerlik abiturientlar boshqa viloyatdagilardan ko'ra har doim oldinda ekanligini
Набиджановна
Тавсияномаси борлар хам суппер контракт килса буладими
O'zi tafsiyanomadan orqali kirmasa bo'ldi. U oddiy abiturient. Endigi ishlari tafsiyanomaga umuman bog'liq emas. Hammasidan yiqilsa xoxlagan biriga super qiladi
Umurzakava02
Kiromadm deme a🥺
Tayyorlaming axir buxoroda eng zur repititorlar borku. Urib bo'saham o'qitadi. Yoshingizni ahamiyati yuq
Xamidova Xamidova
Assalomu alaykum iltimos nogironlar uchun bulgan imtiyoz utish balini aytib uting faqat bitta OTM ga utadimi
O'zi nogironligi borlar bitta tanlasa ham bo'ladim chunki hammasi uchun grant o'tish bali hamma tanlagan institutlari uchun bir xil.
Umurzakava02
2yildan beri boraman kursga Wunda ham balim past ciqdi
Demak ishtiyoq,vajohat , o'ziga ishonch , bilim sizda yetishmaydi. Yoki Xudo nasib qilmagan
Umurzakava02
2yildan beri boraman kursga Wunda ham balim past ciqdi
Qo'rquv bo'lsaham ekzamenda odam yuqotib quyadi. Asosiy sabablar shular
Show next 100 comments