Хотин-қизларга берилган имтиёз юзасидан айрим тушунтиришлар. Ҳудудларда ўтиш бали қанча бўлди?

#abituriyent

Тест жавоблари чиққандан кейин кўпчилик "нима учун менга хотин-қизларга берилган 4%лик имтиёз бали қўшилмади?" деб савол бермоқда. Бу бўйича айрим тушунтиришларни бериб ўтмоқчиман.

👉 Биринчидан, "менинг балимга имтиёз қўшилмабди, энди қўшиларкан", деб ўйлаётганлар адашяпти;

‼️ Иккинчидан, 4% лик имтиёз бу балл қўшиб беради, дегани эмас. Кўпчилик ўзим тўплаган балимга яна балл қўшиб берилиши керак эди, нега қўшилмади деб ҳайрон бўлиб юрибди. Сизга нотўғри маълумот беришган, бу имтиёз доирасида ҳеч қанақа қўшимча балл берилмайди;

Бу имтиёз нима бериши ҳақида мана бу ерда батафсил тушунтирганман, ҳаволанинг устига босиб, эътибор билан қайта ўқиб чиқинг:
https://t.me/xushnudbek/10113

👉 Учинчидан, яна кўпчилик тавсиянома олдим дегани, грантга 100% кирдим дегани, 68 баллдан оширсам, бўлди, деб ўйламоқда. Бу ҳам нотўғри. Тавсиянома олишнинг ўзи ўқишга кирди, дегани эмасди, ўқишга кириш учун керакли бални ҳам тўплаш, яъни билим ҳам муҳим эди.

Жумладан, 2021 йилда ҳудудлар кесимида тавсиянома олган хотин-қизлар учун ўтиш бали ҳозирча қуйидагича бўлиб турибди:

Навоий — 151,2
Бухоро — 141,75
Сирдарё — 141,31
Қорақалпоғистон — 140,7
Жиззах — 137,55
Қашқадарё — 130,2
Фарғона — 128,1
Наманган — 127,4
Хоразм — 127,05
Сурхондарё — 126
Самарқанд — 122,85
Андижон — 110,25
Тошкент вилояти — 103,95
Тошкент шаҳри — 98,7

Яъни ушбу ҳудуддан тавсиянома олган хотин-қизлар мана шунча балл тўплай олсагина, ўзи топширган ОТМга давлат грантига киради. Бундан пастроқ балл тўплаганларга 4%лик имтиёз қўлланмайди. Улар умумий асосга кўра, яъни ўзлари тўплаган балл билан эл қатори танловда иштирок этади. Бали етса грант ёки контрактга киради, бали етмаса, кира олмайди.

Эслатма: юқоридаги ҳудудлар бўйича ўтиш баллари дастлабки ҳисоб-китоблар бўлиб, расмий мақомга эга эмас. Бугун бўлиб ўтадиган қўшимча тест синовларидан кейин ўзгариши мумкин.


👉 @xushnudbek 👈

367 comments

Show 100 more comments
:)
Assalomu aleykum xotin qizlar kvotasi haqida prezident qarori bor ekan PQ5020 2021 yil5-martdagi qaror unga ko'ra tavsiyanomaga ega xotin qizlar maksimal 189balning 30%-dan kam bo'lmagan bal osa ballar ketma ketligiga qati rioya qilgan holda talabalikka tavsiya qilinadi deyilgan men 84 bal oldm oʻqishga kirdim yoki yoʻq?shu haqida tushuncha bersangiz.
189 ball olib uzi ham uqishga kira olgan yana uyalmay imtiyoz olganlar bor bular qiynalgan oila emas yotoqdakursda oyiga 1.5 mlndan kursda yura olganlar farzandini boqolmay uzi kitob uqib arang 90 ball olgan xotinlar ya'ni onlar kirolmay yana mardikorlik qilib yurishibdi
Донёр Эргашев
Assalomu aleykum man Namangan viloyatidan tavsiya noma ogandim. Namangan davlat unversetiga topshiruvdim. Ichtimoiy ish oila bn va bolalar bn ishlash yo'nalishiga topwirgandim. Imtoxonda 64.5 ball to'plabman. Kantrakaham kiromiymanmi.
Ha kirolmadiz siz ham farzand boqasizmi. Tashvishiz yetarlimi
Mehribon Prezidentimizga murojaat qilaylik oilalilargaalohida kvotamizni ajratib berishsin biz yoshlardeksharoitimiz yo'qligi anniq-ku
Azizbek Malikov
Xuddi shunday. Kursga qatnashib tayyorlaning
Kursga borishdan avval dalaga borib ut uradi bolalarini kirini yuvadi ovqatini qiladi mardikorlikka ishga chiqadigan bilimli Onalar hambor faqat kursga borishga vaqti sharoiti yuq nima qilsin keyingi yil imtixongacha kurs puli berib oila tashvishini siz qilib berasizmi bemalol kursgaborib uqirdila
Qishda uyida pechka yoqib utini kam sharoitsiz kumir olay desa puli yuq puliga bolasiga arang ust bosh olib berib uyida uzi kitob uqib kirolmagan mushtipar onalar bor
O'choqda suv isitib kir yuvib ovqat qilib tappi terib bola boqib kursga bora. Olmagan Onalar uqishga kirolmadi
Qiynalgan Onalar kvotasini iltimos qizlarnikidan ajratib beriylar Iltimos haqiqat bo'lardi
Iltimos Yordam bering Xushnudbek man norozi emasman Prezidentimizdan ming Raxmat faqat qiynalgan imtiyozchi onalar grandini imtiyozchilar ichidan 50% ni ajratib bersala bir umr duo qilib yurardik Iltimos
Ibratilla Олимов
Qishda uyida pechka yoqib utini kam sharoitsiz kumir olay desa puli yuq puliga bolasiga arang ust bosh olib berib uyida uzi kitob uqib kirolmagan mushtipar onalar bor
Kitob o'qish bilan ish bitmaydi. Kitobni qanday o'qish kerakligini bilish kerak. Kerak bo'lsa 100 kitob o'qing lekin kirolmasligingiz mumkin. Ilmni ustozsiz o'rganish bu xuddi kolumbni amerikani kashf qilishiga o'xshaydi. O'zingiz tarafda dars beradigan kurs o'qituvchiga boring sharoitni tushuntiring. Qo'ldan kelguncha beraman deng pulni qiladiganlar bor. Yuq unaqa odam yuq desangiz o'zingiz bilasiz. Yana 10 yil tayyorlansangizam bunaqada kirishingiz muammo.
Ibratilla Олимов
Kursga borishdan avval dalaga borib ut uradi bolalarini kirini yuvadi ovqatini qiladi mardikorlikka ishga chiqadigan bilimli Onalar hambor faqat kursga borishga vaqti sharoiti yuq nima qilsin keyingi yil imtixongacha kurs puli berib oila tashvishini siz qilib berasizmi bemalol kursgaborib uqirdila
Vaqtida turmushga chiqmasdan oldin o'qib olish kerak edi. Endi o'sha bepulini topsangizam darsda xayol qayerdan pul topish bolalarga qarash bo'ladi. Aytarli rezultatni ololmaysiz. Kurs o'qituvchiga mam kunduzi ishlayman manga namozgar o'ting deyolmaysiz. Yolg'iz o'zingiz uchun yana bepul dars o'tolmaydi. Yana resultat bo'ladimi yoki yuq bo'lgan odamga. Agar gruppa bilan birga vaqtida darsda qatnashsangiz qilib beradigan o'qituvchilar bor. Ko'pchilik o'qituvchilar o'zi sharoiti yomon bo'lgan odamlar bo'lgan
Mohichehra Nozimova
Õtiw ballarini pasaytiriw kerak Buxoroda juda yuqori buncha bal tòplaganimda allaqachon õqiwga kirargan bõlardim .Hich bõmasa 4%li kvotasi borla kantirakka ham kiromasa wulani kantirak qilib bersinla talaba krediti olib waroit qilib õqirdik yana 1yil umrimizni bexuda õtkazgancha
Assalomu alaykum!
Menda ham shunday tavsiyanoma bor
Birinchi OTM sifatida jahon tillari universiteti tarjima nazaryasi fakultetini belgilagan edim
Sirdaryo viloyatidanman
Ballim esa 138.60
Lekin Sirdaryoda esa orrrrʻtish balli 141 boʻlib turibdi
Lekin bu hali oʻzgarishi mumkin deyilgan shunda agar ballar pasayadigan boʻlsa men ham grand asosida oʻqishga kirishim mumkinmi?
Shu ballar rostmi
Мунаввар
Assalomu alaykum men bir yangilikni eshitdim O‘zbekiston 24 kanalida imtiyozi bor qizlar yarim yetimlar balli qanday bo‘lishidan qatiy nazar o‘qishga qabul qilinadi deb aytishganmish keyin 30 %budjyetlar ko‘payarkan shu qaror chiqqani rostmi
☺☺☺
Assalomu alaykum Xushnudbek aka bitta iltimosim bor edi
Xotin qizlar boyicha kvota sonini kopaytiraylik iltimos 1.5 ball 1 ball yetmasdan shu kvotadan tushib qolayotgan qizlar juda kop
. Iltimos shu boyicha yordam bering boshqa davlatlar oqishini kochira yotganlar 66.1 yoki 100 ball bilan otishyaptiku .
Biz qizllarga ham yordam bering iltimos .1 ball yoki 1.5 ball bilan oqishga kira olmay qolib ketayotgan qizlarning kelajagi barbod bolishi mumkin .
Iltimos befarq bolmang bir qizning hayoti balki minglab qizlarning taqdiri hal bolyapti
Qandaydir yordam yoki qandaydir qoshimcha kiritisin iltimos 
Balkim buni adolatdan bolmaydi dersiz hech bolmaganda kantrakt joriy etilsin shularga ham  
Bir marotabaa bolsa ham shu togrisida ovozli chat orqali mutasaddilar bilan yordam bering
Тавсия нома нима кераги бор просто хамма катори топширса бумайдими
Muslimbek
Assalomu alaykum Xushnudbek aka yaxwimisz xotin qizlarga berilgan kvotani owirsa boʻlmaydimi .Xotin qizlarga berilgan bu kvota aslida waroiti ogʻir qiynalgan qizlar uchun edi lekin hamma bali yuqori qizlar bu kvotani egallawdi. Qiynalgan qizlarning taqdiri qanday boʻladi endi ular bu yogʻiga ham qiynalib yawawadimi ota onalari turmushga berib yuboriwadi bu yogʻiga oila roʻzgʻor bilan oʻralawib qoliwadi. Hayotdagi orzulari tilaklari orzuligica qilib ketadiki wunga yordam bering iltimos qizlani taqdiriga befarq boʻlmangg🙏🙏🙏🙏
Muslimbek
Oʻzimda ham wunaqa boʻlyapti 124,95ball oldim lekin Qashqadaryo viloyatiga 130,2bal berilibdi iltimos ozroq yordam beringgg
Eshmuratova T
Assalomu alaykum qoraqolpoģistonning oxirgi balli 140.7 ekan.Meniki 153.3 ball. Whunda men bu tafsiyonama asodida grant bólamanmi
Sanjar
Hamma teng huquqli na erkak bosin na ayol
Erkak bo'lib tug'ilganizga shukur qiling. Qizbolaniki qiyin baribir. Yaxshilab o'ylab fikrlab ko'ring do'stim
Show next 4 comments