Пандемия баҳонасида олий таълимда нималар ўзгариши керак?

Коронавирус пандемияси жуда кўп соҳаларда бўлгани каби таълим тизимида ҳам қотиб қолган стереотипларни парчалаб ташлади. "Бунинг иложи йўқ" дея қаршилик кўрсатилган кўп ишлар ўз-ўзидан амалга ошиб кетди.

Биргина онлайн ҳужжат қабул қилиш тизимини мисол келтириш мумкин. Бакалаврга ҳам, магистрга ҳам, коллеж-техникумлардан тортиб мактаб-лицейларга ҳам, ўқишни кўчиришу иккинчи мутахассисликка ҳам онлайн ҳужжат қабул қилинди. Айрим камчиликларни айтмаса, ҳеч бир муаммо бўлгани ҳам йўқ.

Хўш, шундай экан, яна бошқа масалаларни ҳам кўриб чиқиш пайти келмадимикин? Масалан, мен қуйидагиларни таклиф қиламан:

1️⃣ Мажбурий формани бекор қилиш — пандемия пайтида ҳамма уйда ўқияпти ва талабалар уйида исталган кийимида юришибди. Бундан келиб чиқадики, кийим талабанинг билимига таъсир ўтказадиган фактор эмас. Оқ кўйлак, қора шим, галстук ва узун пайпоқ кийса ақлли талаба ёки шуларни киймаса аҳмоқ талабага айланиб қолмаслигини ўз кўзимиз билан кўрдик. Эрталабдан эшикни тагида турволиб, галстуги йўқ ёки кўйлагининг ранги бошқача талабаларни тўхтатиб, тушунтириш хати олиб ўтирадиган маънавият замдеканларнинг иши ҳам таълим сифатига бирор фойдаси тегмаслигини тушундик.

Бас, шундай экан, бутун олий таълим тизимида мажбурий формани бекор қилсак нима бўлади? Нима ўзгаради? Ҳеч нарса!

Албатта, мажбурий формани бекор қилиш деганда, айримлар дарров кўрпани ўзига тортиб, ваҳимани бошламасин. Талабалар ҳаддидан ошмаслиги учун кийимга қўйилган айрим чекловлар барибир сақланиб қолади, бу барча жойда бор. Аммо бу чеклов мантиқий ва кичик бўлади ва талабада эркинлик кўпроқ бўлиши керак.

2️⃣ Мажбурий давоматни бекор қилиш — масофавий дарслар кўрсатиб турибдики, талаба жисмонан бирор дарсда бўлмаслиги жуда катта фожиа эмас. У мустақил ўзи ўрганиб, дарс материаллари билан танишиб, берилган мавзуни ўзлаштириши ҳам мумкин. Талабанинг бурнидан ип ўтказиб, аудиторияга мажбуран михлаб қўйиб, уни ўқитишга уриниш анчайин замондан орқада қолган методлардан эканлигини пандемия исботлаб қўйди. Аксинча мустақил таълимга катта урғу бериш, ўқитувчилар асосан тўғри йўналишни кўрсатиши лозимлиги, яъни талабага муайяан муаммонинг тайёр ечимини айтиш эмас, балки ўша муаммони қандай қилиб ечиш йўлларини ўргатиш кераклигини тушуняпмиз.

Хўш, шундай экан, нима учун олий таълим тизимида мажбурий давомат тизимини бекор қилмаймиз? Анъанавий ўқишлар бошлангандан кейин, ким истаса дарсга келсин, истамаса онлайн ўзи мустақил ўқисин, лекин асосийси оралиқ ва якуний назоратларни топширишига кўзи етса бўлди, десак нима бўлади? Таълим тизимимиз барбод бўладими? Ёки бирор фожиа рўй берадими? Ҳеч нарса бўл-май-ди!!! Бу ҳаммаси қуруқ гап, қуруқ сафсата.

3️⃣ Ҳафтасига беш кунлик ўқиш тизимига ўтиш — яна ўша юқоридаги гап. Талабалани мажбурлаб бутун ҳафта давомида университетда ушлаб ўтириш нотўғри ва эскирган метод. Бугунги замон бошқа, талаблар бошқа.

Масалан, барча олий таълим тизими беш кунлик режимга ўтса ва ўқув режаларини шунга мослаштирса, нима ўзгаради? Ёки талабаларимизнинг билими пасайиб кетадими (бундан ортиқ яна қаёққа пасайиши мумкин, ҳайронман)? Кимдир шу саволга аниқ, фактлар билан жавоб қайтара оладими? Аниқ ишонч билан айта оламанки, бу ҳам таълиминг тепасида турганларнинг асоссиз қўрқуви холос.

4️⃣ Конспект талаб қилиш — ортиқча изоҳ беришим шартмас, шунчаки ҳозир 2020 йил эканлигини эслатиб қўймоқчиман холос.

5️⃣ Ўқув йилини октябрь ойидан бошлаш — бу муаммоли масала эмас, шунчаки таклиф. Пандемия сабаб тест синовлари кечикиб ўтказилмоқда ва 1-курслар учун янги ўқув йили октябрь ойидан бошланадиган бўлди. Хориж тажрибасидан маълумки, академик ўқув йили одатда айнан октябрь ойидан бошланади. Бу кўп томондан қулай ва ўқув йилининг бундай юкламаси ҳам маъқул дея қабул қилинган. Шу сабабли бизда ҳам олий таълим муассасаларида барча курслар учун ўқув йилини октябрь ойидан бошласак зўр бўларди.

❓Сизда қандай таклифлар бор? Олий таълим тизимида таълим сифатига бевосита таъсир ўтказмайдиган яна қандай ортиқча талаб ва чекловларни олиб ташлаш ёки янги нарсалар қўшиш керак, деб ўйлайсиз?


👉 @xushnudbek 👈

1279 comments

Show 100 more comments
Ayrishlari mumkun oqidegon bola qandak vaziyat bolsa xam oqidi imkon topadi deb lekin qanday qilmaylik imkon bolmasa nima qilish kerak internet yaxshi dars sifati zor bolganda xch km oqishni boshlaylik demas edi fikrimcha met soxasida oqidgon talabalarni xam ular ertaga inson xayotiga masul online sifatsiz
🧿Lilly
YOᑌᖇ ᗪᗩᗪ
manimcha hamma uyida zerikgani uchun yoki shunga oxshash muoammolar bolgani uchun ananaviy darslarni xohlayapti.Online va offline darslarning deyarli farqi yoq.Chunki youtube insonlar kirib xohlagan narsasini organmoqda.Ular Amerikadagi insonni yoniga borib dars olib kelyotgani yoq.Shunchaki online darsga qunt qilish kerak.Domlalar bergan 1 ta topshiriqni emas hamma ozini kelajagi yolida oqisa hech narsa qoloqlashib qolmaydi
Kecirasizu uzimiz uqisak bulmasam univerga nimaga kirdik???? Bizg yunaliw beradigan uqituvci kk...Hamma ham Moodle zoomga kira olmayapti..Internet sifati yaxshi emasligidan.Na amaliyotga ciqa oldik...Mana ikkinci kurs buldik spes fanlarimiz bor...Lekin bizga dars yunaliw beradiganni uzi yoq.Na uqituvci na bowqasi.Hatto fan uqituvcisini tanimaymiz kk bulsa.Bunaqada qanday uqiwimiz mumkin...Agar bizda ham maktablardek tanlaw imkoni bulsa uziz bemalol uyda online uqib yuravering hec kim szni darsga bor demaydi.
Хушнуд ака қушиламан хамма фикрингизга айниқса 5 кунлик укиш ва форма.
Namoz Normatov
Assalomu alaykum Xushnud aka. Men ham talabaman, shu oʻzimning shaxsiy fikrlarimni bildirmoqchi edim. Forma masalasi oliygohda talab qilinishi kerak, chunki koʻplab soha vakillari oʻzining tashqi koʻrinishi orqali ajralib turadi.Shifokorlar, quruvchilar, supermarketda ishlaydiganlar va h.Demak oliygoh talabasi ham ajralib turishi kerak. Nimaga: oʻsib kelayotgan yosh avlod havas qilsin, ularga urnak bulish kerak va yana oliy talimda tahsil olayotgan pedagoglar oʻzlari keyinchalik yosh avlodga oʻrgatishi, yetaklashi kerakku. 5 kunlik tizimga oʻtish juda toʻgʻri va yana Universitetlarda haftaning 6- kunimi talabalarning tahsil olayotgan sohasi boʻyicha amaliyotlar tashkil qilish kerak bu borada talabalarga keng imkoniyatlar yaratish kerak chunki bilimni nazariy oʻrganib amaliyotda qoʻllab oʻrgana olsak judayam samarali boʻlardi menimcha. Hozir karantin sharoitida oʻqishni onlayn olib borish eng toʻgʻri yoʻl. Chunki salomatlik birinchi oʻrin va aytganizdek koʻpgina amalga oshmaydi degan ishlar amalga osha boradi, onlayn tizimimiz ham ancha rivojlanadi.Oʻqishni oktabrdan boshlash bu sal kech emasmi, toʻgʻri pandemiya tufayli bu yil 1- kurslar oktabrdan oʻqiydi lekin pandemiyadan keyin sentabr har tomonlama qulay deb oʻylayman. Qoʻshimcha sifatida shularni aytmoqchi edim: Universitetda amaliyotga juda katta etibor berish kerak masalan sohasiga qarab 1 oy yoki undan ortiq va amaliyotda talabalarga qulayliklar, imkoniyatlar yaratish, bunda amaliyotni 2 smestrga boʻlgan holda tashkil etish. Universitetda talabalar bilan yurtimiz faxri hisoblangan kishilar bilan smenarlar, uchrashuvlar tashkil etish tarafdoriman.Misol uchun faxriy sportchilarimiz bilan adabiyotshunoslarimiz, shoir va shoiralarimiz va h.lar bilan uchrashuvlar tashkil etsak talabalarimiz uchun juda katta motivatsiya boʻlar edi.Shaxsan men Universitimizda mashhur yozuvchimiz,adibimiz,faxrimiz Tohir Malik bilan uchrashuv tashkil etishini xoxlardim. Bular mening shaxsiy fikrlarim edi.
Ulug'bek
Bizning oliy ta'limdagilar 21 asrda yashayotganini tushinish uchun yana 5 yo 6 yil kerak
Ассалому алайкум. Хушнудбек ака, фикрингизга 100% қўшиламан. ОТМларда ўқиш октябр ойидан бошланиши керак. Биз ўзи шундоғам аҳволи оғир бўлган олий таълим тизимини пандемия сабаб жар ёқасига олиб келишга ҳаққимиз йўқ. Айниқса, бугунги янги ислотлар амалга оширилаётган бир пайтда. Чунки эртага бизга шу ислоҳотни амалга оширишда албатта яхши кадрлар керак. Масофавий таълим тизимимиз ҳозир бунга мос эмас ва биз масофавий таълимни тажриба қиламиз деб анчагина вақтдан айрилдик.
Eng muammoli,eng kerakli bo‘lgan vaziyatni baholabsiz. Buni barchasini amalda allaqachon qilish mumkin edi. Lekin qaysidir soha mutaxassislarining xatosi tufayli bunga erishib bo‘lmayapti.Hozirgi zamon talabiga javob bermaydigan ta'lim tizimini tubdan isloh qilish kerak .
Rostan ham nega o'zgarishlardan, yangiliklardan qo'rqamiz?
Assalomu alaykum Xushnudbek. Sizdan iltimos qilardim bu yilgi OTMlarga kirish testlari haqida ham maqola qiling. Maksimal ballar bu yil rekord darajada ko‘p bo‘lib ketayapti. Bu savollarni oson bo‘lishi yoki abuturiyentlarni o‘ta bilimli bo‘lib ketganidan emas. Dtm bazasidagi savollarning kamligida deb o‘ylayman. Abuturientlar savollarni javoblarini 100% yodlab kirishayabdi. Nazarimda savollarni Dtm2019dan olinganini oldindan ko‘pchilikka ayon bo‘lgan. Nahotki test bazasiga 10000 lab savol qo‘yish DTMdagilarga qiyinchilik tugdirsa. Menimcha savollarni kam qo‘yilishi DTM dagilarni manfaati uchundir. Bizda qachon haqiqiy bilimlilarni tanlab olish to‘g’ri yo‘lga qo‘yiladi. Testni javobi chiqqandan so‘ng 150balldan ziod olganlarni qaytadan testdan o‘tkazish kerak. Shunda ochiq-oydin ko‘rinib qoladi ularning necha foizi haqiqiy bilimli ekani. O‘zbekistonda o‘qishga kirishda har xil nayranglar tugamas ekan, xalqimiz yuraveradi boshqa davlatlarda ish izlab sarson-sargardon bo‘lib.
Doctor Axmedov
Tibbiyot oliygohlari yuqori kurs talabalari ayniqsa amaliyotga muhtoj.Ularga ananaviy o‘qishga,klinikalarda amaliyot o‘tashga ruxsat berish kerak.Aksincha bo‘lsa sog‘ligimizni himoya qiluvchilarmas,sog‘ligimizga ziyon keltiruvchi tibbiyot xodimlarini yetishtirib chiqargan bo‘lamiz!!!.Bu pandemiya qachon tugashini xudo biladi.Bu sharoitga moslashib yashashga majburmiz
Marjon
Assalom alaykum, pandemiya sababli juda kop òqiwlarda muommolar kuzatilayabdi lekin tibbiyot oliygohlari ananaviy òqiwni bowlawlari kerak. Pandemiya qachongacha davom etiwini hec kim bilmaydi. Ertaga online òqigan talaba qanday varch bòlishi mumkin? Oldiga bitta ukol qildirishga bemor kelsa qaltirab qolmaydimi? Men online òqiganman hali ukol qilob kormaganman deb bemorni davolay olmaydimi? Juda kòp talabalarda internet muommosi bolayabdi. Bu esa òqish uchun malumotlarni ololmaslikka olib kelayabdi. Insititut talabalri yosh bola emasku ular qayerda qanday yuriwni extiyotkorlik choralarini qanday qolawni yaxwi biliwadi, oraliq masofani saqlawni ham. Tibbiyot oliygohlari ananaviy òqiwni boshlashlari kerak.
Test javoblari nechida chiqadi
Форма ва 5 кунлик укиш талабанинг билим олишига хеч кандай тасир курсатмайди бу хориж тажрибасиданам маълум топ-1000 500 таликдаги универларда форма мадбурий эмас ва укиш 5 кун.
:ARENA:.......
Onlayin oqitish uchun avvalam bor internet tizimidagi nuqsonlarni bartaraf etilsa yaxshi bòlardi
Ortiqcha fanlarni sak kamytirib asosan talabalrni mutahasislik faniga yullash kerak.Umumam ortiqcha fanni keragi yoq
Ayniqsa pandiminiya sharoitida
Faqat qoģozbozlik va vaqtni yuqotishdan boshqa narsa emas
Assalomu alaykum to‘g‘ri aytilgan fikrlar qo‘shilaman.👍👍👍
Fikrlaringiz doimgiday juda o'rinli. Talabaga 1000 ta talab qoygan bilan OTM da bilim yaxshi berilmasa, kimga nima foyda. Afsuski ba'zan talablar kopligidan o'qish sifati, dars jarayoni n-masalaga o'tib ketadi
Haqiqatga tik boqadigan kamdan kam insonlardansiz bu takliflarga hammasiga qowilaman qachongaca sovetdan qolgan tizim bikan yuriymiz jahon tajribasi oliw qollaw kk bukmasa OTM larimiz hec narsaga malakali kadr yetkazishga yaramay qolganiga ancha boldi.
Bakalavrlar ham otm da dars bersin... otmlar 10 yil oldingi ma'lumotlar atrofida aylanib yotibdi... yoshi kattaroq o'qituvchilarni deyarli hammasi yangilik qo'shishmaydi, qiziqtirish degan narsa yo'q... Ba'zi bakalavrlar (bilimlilari) magistratura bosh og'riq deb o'qishmaydi...
Show next 100 comments