Пандемия баҳонасида олий таълимда нималар ўзгариши керак?

Коронавирус пандемияси жуда кўп соҳаларда бўлгани каби таълим тизимида ҳам қотиб қолган стереотипларни парчалаб ташлади. "Бунинг иложи йўқ" дея қаршилик кўрсатилган кўп ишлар ўз-ўзидан амалга ошиб кетди.

Биргина онлайн ҳужжат қабул қилиш тизимини мисол келтириш мумкин. Бакалаврга ҳам, магистрга ҳам, коллеж-техникумлардан тортиб мактаб-лицейларга ҳам, ўқишни кўчиришу иккинчи мутахассисликка ҳам онлайн ҳужжат қабул қилинди. Айрим камчиликларни айтмаса, ҳеч бир муаммо бўлгани ҳам йўқ.

Хўш, шундай экан, яна бошқа масалаларни ҳам кўриб чиқиш пайти келмадимикин? Масалан, мен қуйидагиларни таклиф қиламан:

1️⃣ Мажбурий формани бекор қилиш — пандемия пайтида ҳамма уйда ўқияпти ва талабалар уйида исталган кийимида юришибди. Бундан келиб чиқадики, кийим талабанинг билимига таъсир ўтказадиган фактор эмас. Оқ кўйлак, қора шим, галстук ва узун пайпоқ кийса ақлли талаба ёки шуларни киймаса аҳмоқ талабага айланиб қолмаслигини ўз кўзимиз билан кўрдик. Эрталабдан эшикни тагида турволиб, галстуги йўқ ёки кўйлагининг ранги бошқача талабаларни тўхтатиб, тушунтириш хати олиб ўтирадиган маънавият замдеканларнинг иши ҳам таълим сифатига бирор фойдаси тегмаслигини тушундик.

Бас, шундай экан, бутун олий таълим тизимида мажбурий формани бекор қилсак нима бўлади? Нима ўзгаради? Ҳеч нарса!

Албатта, мажбурий формани бекор қилиш деганда, айримлар дарров кўрпани ўзига тортиб, ваҳимани бошламасин. Талабалар ҳаддидан ошмаслиги учун кийимга қўйилган айрим чекловлар барибир сақланиб қолади, бу барча жойда бор. Аммо бу чеклов мантиқий ва кичик бўлади ва талабада эркинлик кўпроқ бўлиши керак.

2️⃣ Мажбурий давоматни бекор қилиш — масофавий дарслар кўрсатиб турибдики, талаба жисмонан бирор дарсда бўлмаслиги жуда катта фожиа эмас. У мустақил ўзи ўрганиб, дарс материаллари билан танишиб, берилган мавзуни ўзлаштириши ҳам мумкин. Талабанинг бурнидан ип ўтказиб, аудиторияга мажбуран михлаб қўйиб, уни ўқитишга уриниш анчайин замондан орқада қолган методлардан эканлигини пандемия исботлаб қўйди. Аксинча мустақил таълимга катта урғу бериш, ўқитувчилар асосан тўғри йўналишни кўрсатиши лозимлиги, яъни талабага муайяан муаммонинг тайёр ечимини айтиш эмас, балки ўша муаммони қандай қилиб ечиш йўлларини ўргатиш кераклигини тушуняпмиз.

Хўш, шундай экан, нима учун олий таълим тизимида мажбурий давомат тизимини бекор қилмаймиз? Анъанавий ўқишлар бошлангандан кейин, ким истаса дарсга келсин, истамаса онлайн ўзи мустақил ўқисин, лекин асосийси оралиқ ва якуний назоратларни топширишига кўзи етса бўлди, десак нима бўлади? Таълим тизимимиз барбод бўладими? Ёки бирор фожиа рўй берадими? Ҳеч нарса бўл-май-ди!!! Бу ҳаммаси қуруқ гап, қуруқ сафсата.

3️⃣ Ҳафтасига беш кунлик ўқиш тизимига ўтиш — яна ўша юқоридаги гап. Талабалани мажбурлаб бутун ҳафта давомида университетда ушлаб ўтириш нотўғри ва эскирган метод. Бугунги замон бошқа, талаблар бошқа.

Масалан, барча олий таълим тизими беш кунлик режимга ўтса ва ўқув режаларини шунга мослаштирса, нима ўзгаради? Ёки талабаларимизнинг билими пасайиб кетадими (бундан ортиқ яна қаёққа пасайиши мумкин, ҳайронман)? Кимдир шу саволга аниқ, фактлар билан жавоб қайтара оладими? Аниқ ишонч билан айта оламанки, бу ҳам таълиминг тепасида турганларнинг асоссиз қўрқуви холос.

4️⃣ Конспект талаб қилиш — ортиқча изоҳ беришим шартмас, шунчаки ҳозир 2020 йил эканлигини эслатиб қўймоқчиман холос.

5️⃣ Ўқув йилини октябрь ойидан бошлаш — бу муаммоли масала эмас, шунчаки таклиф. Пандемия сабаб тест синовлари кечикиб ўтказилмоқда ва 1-курслар учун янги ўқув йили октябрь ойидан бошланадиган бўлди. Хориж тажрибасидан маълумки, академик ўқув йили одатда айнан октябрь ойидан бошланади. Бу кўп томондан қулай ва ўқув йилининг бундай юкламаси ҳам маъқул дея қабул қилинган. Шу сабабли бизда ҳам олий таълим муассасаларида барча курслар учун ўқув йилини октябрь ойидан бошласак зўр бўларди.

❓Сизда қандай таклифлар бор? Олий таълим тизимида таълим сифатига бевосита таъсир ўтказмайдиган яна қандай ортиқча талаб ва чекловларни олиб ташлаш ёки янги нарсалар қўшиш керак, деб ўйлайсиз?


👉 @xushnudbek 👈

1279 comments

Show 100 more comments
M.Muxtorivich
Assalomu aleykum xushnudbek oka. Sizga bir masala boyicha murojaat qilmoxchi edim. Biz fevral oyida qo'shni davlatlardan oqishimizni kochirgan edik. Lekin bizni dokumentlarimiz qoshni davlatlarda qolib ketgan edi. Xozir esa 14 sentyabrgacha dokumentni olib kelmasangiz oqishingizni atmen qilamiz va yana uzingiz oqitgan universitetga borasizlar deyilyapti. Biz Ozbekistonga xam kontrakt tolaganmiz yarim yilliknikini. Endi esa qoshni davlatlardagi imtihomlar xam qolib ketgan. Bizni ular xam qabul qimidi. Shunga bir oydinlik kiritib bering. Etibor uchun Raxmat!!!
Yana bir savol Nega Kontraktlar sezilarli pasaymayabdi. Bitta odam tvda aslida only oqish qimmat boliwi kerak debdi. Nega qimmat bolishi kerak. Biror bir Univer Oqituvchila yoki talabalarga internet uchun qowimcha haq tolamayotgan bosa yoki kerakli jihozla bn taminlab bermayotgan bosa. Nega kontrak pasaymasligi kerak.
Assalomu alaykum!Kereli mavzuni ochibsiz kotta raxmat.Online tarzda oqiw,konspekt,davomat,internet pastligi exxe bunaqa oqiw kimga foyda mani ozimam talabaman online tarzda oqiymiz qiwloqda internet pastli tufayli moodledegi darsla qob ketvoti yana konspekt,zoomdagi darsla.Agar 3ta darsdan qob ketsen gruppadan ciqazivoriwadi.Bu qanaqa Oliy talim boldi bu turiwda biz kim bob ciqamiz.Hatyabi internetni tezro iwledigan qiberiwsa yaxwi bolardi
KONTRAKT NI ARZONLARISH KERE SABABI OQITUVCHILAR GA OZROQ OYLIK BERSA BOLOVRADI SABABI UYIDA OTIRIB DARS OTYABDI YOL KIRA QILIB UNIVERGA KEMAYABDIYU
BINONI FOYDALANMAYABDI SHUNGAHAM KONTRAKT NI ARZONLASHTIRISH KERE

HAMMA TALABALARGA OZINING OTMIGA INTERNET NI CHEKSIZ QILISH KERE

QISHLOQLARDA SVETLAR OCHMASLIGI KERE. YO TALABALARGA BITTADAN POWER BANK BERISH KERE. BUYAGI QISH KELYABDIYU BILIB BOMETTA.

Hullas ish kooop Hali. Yana ozgina 270 yil qoldi holos bu kunlarga.
Hushnud bosing GAZINI. 👊👊💪💪
Forma masalasidagidan boshqalariga qoʻshilaman. Bundan tashqari ta'lim online shakldami yo an'anaviymi uning sifati ham talaba ham oʻqituvchining saviyasiga bogʻliq. Yuqorida aytilgandek tekshiruvchilar aynan shular bilan shugʻullanishi tarafdoriman.
1.Bundan tashqari biz bilim olayotgan oʻquvchilarning 'necha yillik' tajribayu yoshidan koʻra bilim saviyasi, dars texnikasi, masʼuliyatiga eʼtibor berish kerak deb oʻylayman. 2.Talaba ahmoq yoki qoʻy domla haq degan tamoyilning bekor qilinishini talabalarning bilimi bo'g'ib tashlanmasdan yuzaga chiqarilishi, buyruq doʻq poʻpisa oʻrniga maslahat koʻmak beriladigan taʼlim tizimi tarafdoriman.
3.hamma sohani online oʻrgatishning imkoni yoʻqligi hisobga olinishi kerak deb oʻylayman. Imkoni borlari ham hozirda balkim yaxshi tashkillashtirilayotgandir ammo bunday internet tezligi, ancha eskirgan telefon(hammada ham sharoit birxilmas, sifati yaxshiroqlarining narxi esa...uzimniyam telim qotadigan boʻlib qolgan), bundan tashqari baʼzan keraksiz video yo boshqa manbalarga sarflanayotgan MB. Shuningdek haligacha tizimdagi muammo kamchiliklar.... Albatta bu bahoni barcha taʼlim muassasalariga yo oʻqituvchilarga beraolmayman. Shunday domlalar borki barcha topshiriq vazifalar va manbalar joy joyida! Ammo ular afsuski kamchilik...
4. Oliy taʼlimgacha hamma narsani bilishing kerak tamoyili tag tomiri bilan sugʻirilishi kerak deb oʻylayman. Bunga juda koʻp marta guvoh boʻlganim uchun ham aytish kerak deb oʻyladim. Talaba bilmasa aybmi? Shu boʻyicha yoʻl yoʻriq berish kerak emasmi? Bizda sen bilishing kerak degan javob. Buni inkor etolmaymiz. Albatta bu eng ahmoq pedagogning javobi!
5. Buni qanday aytishni bilmayapman. Ammo muhim! Institutga 'odamgarchilik' qilib oʻqigan qizlardan 'yaxshisini' domlalardan surishtirib yurganlarni ular bilan pedagoglarning ham 'rahmi' kelib tavsiyalar berishlarini taqiqlanishini istardim. Buni qanday qilish kerak bilmayman ammo siz 20yosh qiz oʻqish uchun kirgan institutda xotinlarning yoki ... larning chiğiriğidan oʻtayotgandek yurganizda... Bilmadim. Maʼnaviyatchikar avvalo shunday g'iybatchilarga tarbiya berishi kerak!
6. Oliy taʼlim muassasalarining koʻpchiligi barcha imkoniyatini ishlatmaydi? Qachongacha? Kimni kutyapti? Xoʻp kelajak yoshlari a? Bugungi yoshlarchi? Hey kelajakparvarlar! Kecha oʻylab topilgan brand new mahsulot bugun eski boʻlayotgan jamiyatda bor narsani boricha ishlatinglar! Shu turishda ..........
Yana bir qancha gaplarim bor ammo haliveri uni tushunishlariga ishonmayman afsuski...
Ikrom
Eee bopladiz, eng zo‘r post bo‘ldi!!! +10000000 👍
Butun o‘zbekistonda talabalarning tashvishini, muammosini chiqardiz
Umuman olganda toʻgʻri fikrlar. Talabalarning formasidan koʻra ularni yetuk kadrlar boʻlib yetishishi muhimroq emasmi. Bu shaxsiy fikrim. Juda dolzarb mavzuni koʻtarib chiqibdilar. Men yuz foiz qoʻshilaman.
Naima Suyunova
Ko‘pchiligingiz Xushnudbek akani fikrlariga qo‘shilaman deyapsizlaru, an'anaviy o‘qish deysizlar, U kishi online darslarni ma‘qullayaptilar menimcha.
Oktabr oyidan 1-kursalrga ham online darslar boshlanadi deyildi an'anaviy emas
Яхши талим олмаган талаба факат ва факат олий талим тизимини обрусига ва жамиятга катта зиён келтиради албатта. Ва узбеклар фан сохасида талим сохасида доимгидек ортда колади.
juda yaxshi bo`lardi
Xayrli kech hammaga kim biladi kecagi imtihoni javobi qacon chiqadi
°•:;?!()√π∆%
Yuqorida keltirilgan barcha fikrlarga quwilaman. Oliy ta'lim tizimiga yangilik kiritish kk. Forma masalasiga kelsak joyida turgani maqul. Tibbiyot akademiyasida uqiydiganla uchun onlain dars yaxwi natija bermaydi.
Yanagi yilda 5 ta fandan test bolmasa zor bolarfi
Gulxumor Xolmuradovna
Juda yaxshi fikrlar. Zamon bn hamnafas bo'lishimiz kk
Qanday qilib Xushnud akaga savol yozsa bo‘ladi?
Tibbiyot sohasida online oqish ancha muammo ekan, ananaviy oqishga qaytgan maqul.
Bularning barchasini amalda kōrishni hohlaymiz. Umid qilamizki bularning barchasi quruq gap sōzligicha qolmaydi..
Assalamu alekum yurtdoshlar
Albatta.
Maktablardagi öquvchilar va öqituvchilar soni oliy ta'limda band shaxslar sonidan ancha köp, qolaversa maktab bollarining özini soğliğiga e'tibor berishi uchun aqli unchalik yetmaydi, ya'ni hali ular yosh, ammo oliy ta'lim talabasi özini özi saqlash, asrash va gigienik qoidalarga amal qilishga aqli ishlaydi.Oliy ta'limni an anaviy boshlash juda ham muhim, misol uchun men jahon tillari talabasiman va mening asosiy mutahasisligim chet tili.Online dars chet tili örganish paytida öta darajada sifatni pasaytirib yuboradi.Men ayni paytda chet tilida gapirish tezligim va imkoniyatlarim pastlab ketganini sezyapman, albatta oliygohda ustozlar bilan va kursdoshlar bilan har kungi muloqot bunga yöl qöymasdi.Shunday ekan mening fikrimcha oliiy ta'limni masofaviy tarzda cheklab qöyish töğri emas, katta böshliqqa sabab böladi.Oktyabrdan öqish boshlansa hamma öz soğligiga qaragan holda bilimimizni özimiz xohlagandek özlashtirgan bölardik...
Yulduz O'ROLOVA
Kurs ishi va boshog'ri ma'ruza kabilar ham yo'q bo'lish tarafdoriman.
Show next 100 comments