Toshkent reyting (26.06.2024).pdf
496.8 KB
Oflayn olimpiadalarimiz natijalariga ko‘ra yakuniy reytingni e'lon qilamiz (Toshkent shahar)🤩

Xabaringiz bor, 2024-yildan boshlab o‘quvchilarning barcha olimpiadalardagi natijalari umumlashtirib borildi va yakuniy reyting aniqlandi. Unga ko‘ra 57 nafar o‘quvchi "YOZGI MAKTAB-2024" - "Ulug‘bek izdoshlari olimpiadasining finali" ga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi. Bunda ular 14-21 iyul kunlari Toshkent shahridagi Turin Politexnika universitetida bo‘lib o‘tadigan darslarda bepul ishtirok etishadi va yangi nashr etiladigan "Mantiqiy matematika-3" nomli kitobimiz taqdim etiladi. Yozgi maktab yakunida final olimpiadasi bo‘lib o‘tadi va unda qimmatbaho sovg‘alarni qo‘lga kiritishlari mumkin. Shuningdek, ushbu faylda 🟥 rangda tasvirlangan (2024-yilda eng kamida 4 marta ishtirok etgan) 18 nafar o‘quvchiga ham yangi kitobimiz taqdim etiladi.

❗️ 1-IZOH: Bu ro‘yxat faqatgina Toshkent shahrida o‘tkazilgan oflayn olimpiadalarimizga ko‘ra aniqlangan. Xorazm viloyatida o‘tkazilgan olimpiadalarimiz bo‘yicha yakuniy reyting va ularga beriladigan imtiyozlar @khiso_khorezm kanalida e'lon qilingan. Ular bepul yotoqxona va 3 mahal ovqatlanish bilan ta'minlanadi.

❗️2-IZOH: 3 kun ichida khiso.uz platformamizda yil davomida o‘tkazilgan "Ulug‘bek izdoshlari" va #khiso olimpiadalariga ko‘ra yo‘llanma olgan o‘quvchilar ro‘yxati e'lon qilinadi.

17 comments

Show 3 more comments
ulugbek izdoshlari bugun chiqadimi
Medalli olimpiadalar reting ròyxati bugun chiqadimi ? Medal -yuqori orin olgan òquv hilar albatta Uluĝbek izdoshlari yozgi maktabi ròyxatiga kiritiladi deyilgan edi , iltimos javob beringlar
Assalomu alaykum,koʻk rangda belgilangan oʻquvchilar finalga chiqganmi bu roʻyhatda, 14- iyul kuni olib borishimiz kerakmi? Javob uchun oldindan raxmat!
Assalomu aleykum Toshkentdan finalga chiqqanlar uchun ovqat yotoqxona tekinmasmi
Farruhbek Tojimirzayev
Assalomu aleykum Toshkentdan finalga chiqqanlar uchun ovqat yotoqxona tekinmasmi
Va alaykum assalom, sizga shaxsiy xabarda ham yozgandik oʻchiribsiz yozishmani. Toshkent shahridagilarga yotoqxona ajratilmaydi.
Hilola
Здравствуйте.
Дайте, пожалуйста, информацию о вашей летней школе. Условия, график и так далее.
Я так понимаю, кто выделен голубым цветом, тот прошёл? Мой ребёнок есть в этом списке.
Спасибо.
Yulduz Najmiddinova
ota-onam namanganga ketishardi raxmat javob uchun
Ism familiyangiz kim, qaysi róyxat bilan yóllanma olgansiz batafsil ayting.
Yulduz Najmiddinova
Toshkent shaharda 2-o'rinda turibman
Yulduz Najmiddinova
toshkent reytingida
Yulduz Najmiddinova
Toshkent shaharda 2-o'rinda turibman
Yotoqxona va ovqatlanish faqat Xorazm viloyatidan chiqqanlarga bepul.