Эртадан апелляция бериш бошланади

Тестдаги натижасидан норози бўлган абитуриентлар эртага, 5 сентябрь куни 09:00 дан бошлаб apellatsiya.dtm.uz сайти орқали апелляция шикояти беришлари мумкин бўлади. Бу ҳақда ДТМ хабар берди.

❗️ Aпелляция аризалари 14 сентябрга қадар 10 кун давомида онлайн қабул қилинади.

👨🏻‍💻 Бунда апелляция аризасини бермоқчи бўлган абитуриент дастлаб apellatsiya.dtm.uz сайтининг “Бакалавр-2021” бўлимига кириб, паспорт серияси ва рақами ҳамда шахсий идентификация рақамини киритиши лозим.

🖥 Aгар абитуриент ҳақиқатдан ҳам тест синовларида иштирок этган ва тест синовларидан четлатилмаган бўлса, апелляция аризасини бериши мумкин бўлади ва ариза бериш ойнаси очилади. Бошқача айтганда, тестга келмаган ёки келган бўлса ҳам, далолатнома тузиб чиқариб юборилган абитуриент апелляция бера олмайди.

📋 Aпелляция аризасини берган абитуриентларга уни кўриб чиқиш санаси ва вақти кўрсатилган хабарнома берилади. Aбитуриент хабарномада белгиланган вақтда шахсини тасдиқловчи ҳужжат, хабарнома ва абитуриент рухсатномаси билан Давлат тест марказига (Тошкентга) келиши шарт.

📆 Aпелляция шикоятларини кўриб чиқиш 7 сентябрдан бошланади.


👉 @xushnudbek 👈

618 comments

Show 96 more comments
Iltimos shu savolga javob bervorin .....
man 4 yoʻnalish Qoraqalpogʻiston turizm yoʻnalishiga oʻtibman 1 chiga Toshkent yuridikani yozgandim 168 bal oʻtishi bali boʻlibda man 161.7 toʻplagandim 2-yoʻnalishga Qoraqalpogʻiston yurispredensiya va 3-yoʻnalishga Jamoat hafsizligini yozgandim 162.7 oʻtish bali ekan shunga 3 chi yoʻnalishimga supper kontrakt qilsam boʻladimi
Iltimos shu savolga javob bervorin .....
man 4 yoʻnalish Qoraqalpogʻiston turizm yoʻnalishiga oʻtibman 1 chiga Toshkent yuridikani yozgandim 168 bal oʻtishi bali boʻlibda man 161.7 toʻplagandim 2-yoʻnalishga Qoraqalpogʻiston yurispredensiya va 3-yoʻnalishga Jamoat hafsizligini yozgandim 162.7 oʻtish bali ekan shunga 3 chi yoʻnalishimga supper kontrakt qilsam boʻladimi
😊😊😊🤗🙄
Супер контракт хакида малумот берин илтимоооос
Холикова Озода
Magstraturaa
Assalomu aleykum Xushnudbek aka. Oka appelyatsiyada yutganlar uchun alohida kvota ajratiladimi?
Ассалом алайкум. Хушнудбек ака купчилик дустларим билан сирткига кирганмиз. Лекин сирткига кирганларга укиш качон бошланиши хеч кайерда айтилмаяпди. Илтимос шу хакида хам малумот беринг
Doktaranturaga qabul qachon boshlandi. Nima talabalar asosida. Bolib bering iltimos
Magistratura haqida ham yozinghh
✯☆✰
Men Allohga shukur talaba boldim.
Haqiqat bor ekan yurtimizda bilimi borlar kirar ekan oliy talimga qõrqqandim boshida
Ismoilov Eshquvvat
oilada kantraktlar 3ta bo‘lsa qande YORDAMLAR BO‘LADI malumot bervoring
Aka 1 kurs talabalari qachondan universitetga borsa buladi ? 6 chi danmi ?
Assalomu alaykum Xushnudbek aka, yaxshimisiz?

MAGISTRATURA natijalari qachon chiqadi?
DTM umuman bu haqida ma‘lumot bermayapti.
HECH BO‘LMAGANDA SIZ MA‘LUMOT BERING.
Дониёр Абрайев
Xushnidbek aka yaxshimisiz xorijdan oʻqishni koʻchiruvchilar uchun mandat qachon chiqadi roʻyxat boʻlib chiqadimi
Vazira
TDYU magistraturasining javoblari qachon chiqadi? Ularga ham diplom ball qo‘shiladimi?Iltimos, bilganlar javob beringlar.
𝑫𝒊𝒍𝒏𝒖𝒓𝒂 𝑱𝒐𝒗𝒍𝒊𝒆𝒗𝒂
Assalomu alaykum @xushnudbek aka apelatsiya uchun Toshkentga borish shartmi ilojimiz bo‘lmasligi mumkin o‘zimizni viloyatimizga apelatsiya berse bo‘lmedimi
Show next 100 comments