Эртадан апелляция бериш бошланади

Тестдаги натижасидан норози бўлган абитуриентлар эртага, 5 сентябрь куни 09:00 дан бошлаб apellatsiya.dtm.uz сайти орқали апелляция шикояти беришлари мумкин бўлади. Бу ҳақда ДТМ хабар берди.

❗️ Aпелляция аризалари 14 сентябрга қадар 10 кун давомида онлайн қабул қилинади.

👨🏻‍💻 Бунда апелляция аризасини бермоқчи бўлган абитуриент дастлаб apellatsiya.dtm.uz сайтининг “Бакалавр-2021” бўлимига кириб, паспорт серияси ва рақами ҳамда шахсий идентификация рақамини киритиши лозим.

🖥 Aгар абитуриент ҳақиқатдан ҳам тест синовларида иштирок этган ва тест синовларидан четлатилмаган бўлса, апелляция аризасини бериши мумкин бўлади ва ариза бериш ойнаси очилади. Бошқача айтганда, тестга келмаган ёки келган бўлса ҳам, далолатнома тузиб чиқариб юборилган абитуриент апелляция бера олмайди.

📋 Aпелляция аризасини берган абитуриентларга уни кўриб чиқиш санаси ва вақти кўрсатилган хабарнома берилади. Aбитуриент хабарномада белгиланган вақтда шахсини тасдиқловчи ҳужжат, хабарнома ва абитуриент рухсатномаси билан Давлат тест марказига (Тошкентга) келиши шарт.

📆 Aпелляция шикоятларини кўриб чиқиш 7 сентябрдан бошланади.


👉 @xushnudbek 👈

618 comments

Show 100 more comments
Hamdambek
assalomu aleykum Hushnudbek aka ko‘pchilik abituriyentlarning apilyatsiya berish uchun toshkentga borishi biroz qiyinchilik tug‘diradi shuning uchun har kim o‘z hududida apilyatsiyaga bersa yahshi bo‘lardi sizdan iltimos shu masalani ko‘rib chiqsangiz
Ertadanmi yoki 7 sentyabrdanmi apelyatsiaga beriladi.Mana sizga tushuntiray men topwirgan testda harita buyicha xatolik borda agar wuni isbotlab 3.15 balni kiritsam ustuvorlik buyicha hozirgi kirgan institutdan oldingisiga uta olamanmi.Chirchiqqa hozir grantdaman.lekin men iqtisodiyot turizmiga ilinmopqpchiman
💫👑💫
Menga 4,2bal yetmebdi demak qanca tóleman yani nechi baravar
Shahlo
Бу йил спипендиясиз кантракт нархи канча
Shahlo
1.05 бал етмади. Супур тулов канча булади
Assalomu alaykum hammaga. Barcha talaba bòlga abutirentlarni tabriklayman. Menda bir qancha savol va takliflar bor edi kontrak va super kontrak borasida. Deylik pedagogika sohasida gapirsam. Pedagogikada òtgan yilgi kontrak 5 771 000 sòm edi. Bu yil esa 7 770 000 bòldi. Yani MHTEKM 822 000 sòm deb belgilandi. Orasidagi farq 2 000 000 sòm bòlyapdi. Endi bevosida oshirilgan tòlov shartnomasini hisoblasak òtgan yili pandemiya sabab kontrakni 8 barobari edi 46 172 000 sòm. Bu yil esa manashuni hisoblasak
7 770 000×8=62 160 000 sòm bòladi agar òtgan yilgidek 8 barobari bòlib qolsa 16 000 000 farq qiladi 10 barobar qilsa esa 30 000 000 farq bòlib ketadi bunday farqni hamma ham kòtarolmaydi. Chekka chekka qishloq aholisiga bu narx oģirlik qiladi.
Bu yilgi narxlarni hisoblashda mutasaddilardan saylov yilida yoshlarga bir imkoniyat tariqasida kontrak va super kontrak narxlarida ayrim chegirmalar qilinsa juda yaxshi bòlardi abutirentlarga(oliy ta'limga esa aksincha). Lekin saylov yiliga yengillaahtirilsa juda zòr sovģa bòlar edida.
Manashu fikrim kimnidir qiziqtirsa iltimos rasmiy gruppa va kanal adkinlariga yuborizlar. Mutasaddilarga yetib borsa biz bundan hursandmiz. Hammaga rahmat oldindan
Assalomu alaykum hamma hammaga hayrli kech. Magistratura qachon chiqadi ekan
Sirtqi ta'lim uchun ham ma'lumot bering iltimos!!!!!!!
ISLOM
Asalommu aleykum aka 110 bal toplabman yonaliwim siyosatshunoslik warqwunoslik institutida super kantirak qancha boladi
Inomjon
Assalomu alaykum Xushnudbek aka Bu yilgi Superkontrakt narxlari tasdiqlandimi??? Shu haqda ma'lumot berolasmi?
Magistraturani mandati qachon chiqadi
Javohir
Xushnudbek aka bir savolim bor edi.
Men 170 bal bn grant kirdim oxirgi oʻrinda. Mendan keyingi talaba 168 bal bn kontrakt agar oʻsha oʻquvchi apelatsiya berib bal qoʻshtirsa 171 boʻladi va mendan baland boʻlib ketadi. Shunda u grand boʻlib men kontraktda tushib qolamanmi
Iltimos javob bering
Hamma o‘zini olgan balini biladi. Yana eng yaxshi tarafi bitta joyga imtixon topshirganmiz. Shuni ketma ketlikda taxlash shunchaga cho‘ziladimi🤔🤔
Xidirov Baxtiyor
Magistlarni ham natijasi chiqarmikan bu abuturentlikdan ham og'ir bo'ldiku portlab ketamiz yaqinda shu masalani ham ko'rib chiqingizlare
Assalawma aliykum bitta savolim bor edi hozirda med texnikumga topshrip kirgannan song va 2 kurs yaxshi o'qisang 3 kursni med instetutta davosh etsa bo'ladi degan gaplar bor bu rostmi shunga aniq javob bersangiz iltimos
Otam davlatim Onam jannatim ❤❤❤❤
Salom Xushnud aka 75.6bal oganman zavushne nechi barovarini tuleyman ey qayerga borish kerak
Show next 100 comments