Эртадан апелляция бериш бошланади

Тестдаги натижасидан норози бўлган абитуриентлар эртага, 5 сентябрь куни 09:00 дан бошлаб apellatsiya.dtm.uz сайти орқали апелляция шикояти беришлари мумкин бўлади. Бу ҳақда ДТМ хабар берди.

❗️ Aпелляция аризалари 14 сентябрга қадар 10 кун давомида онлайн қабул қилинади.

👨🏻‍💻 Бунда апелляция аризасини бермоқчи бўлган абитуриент дастлаб apellatsiya.dtm.uz сайтининг “Бакалавр-2021” бўлимига кириб, паспорт серияси ва рақами ҳамда шахсий идентификация рақамини киритиши лозим.

🖥 Aгар абитуриент ҳақиқатдан ҳам тест синовларида иштирок этган ва тест синовларидан четлатилмаган бўлса, апелляция аризасини бериши мумкин бўлади ва ариза бериш ойнаси очилади. Бошқача айтганда, тестга келмаган ёки келган бўлса ҳам, далолатнома тузиб чиқариб юборилган абитуриент апелляция бера олмайди.

📋 Aпелляция аризасини берган абитуриентларга уни кўриб чиқиш санаси ва вақти кўрсатилган хабарнома берилади. Aбитуриент хабарномада белгиланган вақтда шахсини тасдиқловчи ҳужжат, хабарнома ва абитуриент рухсатномаси билан Давлат тест марказига (Тошкентга) келиши шарт.

📆 Aпелляция шикоятларини кўриб чиқиш 7 сентябрдан бошланади.


👉 @xushnudbek 👈

618 comments

Show 100 more comments
Super kantakt narxlarini bilib bering
Assalomu alaykum! Qanday hollarda apellyatsiya berish mumkin. Faqatgina savollar notoʻgʻri boʻlsami.
Ботиржон
Ногиронга ииб ходимини углига харбийни углига аелларга канакадир имтиёз 80,бал б.н укишга киришти лекин олтин медаль олган бола колди четда таълимни шундай рагбатлантирамизда биз шу болларни хам куллаш керекмиди улар хакикий мактаб укквчилари эди эссиз таълим улиб бораверади
Sirojbek Abdullayev
Assalomu alaykum men XORAZM danman appelatsya yetib borolmiymsn chunki ishliman bolalar goqchasida Toshkentga borishim iloji yuq chunki oilaliman appelatsya javobimni shaxsiy kabinetimga junatishsa bòmiydimi iltimos aniqlik kiritib bersangiz
Мехригиё
Мени набирамга. Хотин -кизлар кумитаси томонидан. Имтиёз берилган эди. Инобатга олинмади . Кимга учраб кандай хал килиш мумкин. Илтимос аникласа буладими
Xushnudbek aka jismoniy madaniytdan ham aplatsiya bersa buladim iltimos aka shunga ham aniqlik kiritib bering iltimos
Islomjon Baxramov
Ассалому алайкум Хушнудбек. Углим Козогистондан Узбекистонга укишини кучирганди. Утиш бали 66,1 булган имтихондан 65.7 бал туплабди. Сиздан илтимос биз канча котракт тулов килишимиз мумкин шуни аниклаб беринг. Жавоб учун одиндан рахмат!
Assalomu alaykum o'qishga kirishdagi anglashilmovchililar bo'yicha kimga murojaat qilsam bo'ladi. Men bilan bir xil ball olgan odam grantta men esa kantrakt ekanman. Shuni qayerdan bilsam bo'ladi
Assalomu aleykum men Biyologiya Kimyodan test topshirgandim Ormonchlikga lekin Majburiy fanlardan matematika 10 ta savoli yechilmaydi deyishdi man savollar varaqasiga belgilab bolgandim test javoblar varaqasiga kochirmoqchi edim yechilmaydi deyishdi nima boladi endi DTM ga men ariza yozdim 7 kuni chaqiriwdi 16 00 ga nima boladi endi
Oqishga kirib turibxam apelyatsiyaga javoblarini qayta tekshirtirgani bersa boladimi
Man musiqa talimi yo‘nalishiga topshirdim ijodiy imtihon ballarimdan noroziman apelatsiya bersam bo‘ladimi. Bu yerda faqat test sinoviga kirganlar haqida malumot bor amaliy topshirganlar nima qilaylik iltimos javob berilar kvota bo‘yicha o‘qiahga kirganman ammo 56.7dan past balim chunki juda past baholab ketishdi 52.4 ball bo‘ldi umumiy shu bosi ijodiy ballarimdan noroziman qayerga murojat qilay
Ассалому алайкум,мени ку́шним 3 Карра У́збекистон чимпиони,Жисмоний тарбия факультетига топширган,аммо балл ку́шиб бермади 80 балл олган,каерга мурожаат килсин,амалийдан юкори натижа ку́рсатган
Assalomu alaykum yaxshimisiz Xushnutbek yaxshiyam siz borsiz. Ilojsizlikdan siz orqali chiqmoqchi bolganlar baxtiga sog boling, sizdan bir iltimosim bor uka bu sizni qolizdan keladi Olloh hohlasa. Bizni maktabimizda bir ota kam taminlangan qiz bor, bechora o'zi oqib amallab oliy taʼlim ga gid hamkorligi tarjimonlikka oqishga kirgandi sharoiti ogirligi un tashlab ketamanmi deb juda ogir ahvolda iltimos siz shunday talabalarga yordam berar edi zu shu qizga ham yordam Bering iltimos, agar yordam berishga imkoniz bo'lsa men nomerimni qoldiryapman 97 990 24 01
Щарофова М. 107
Ботиржон
Ногиронга ииб ходимини углига харбийни углига аелларга канакадир имтиёз 80,бал б.н укишга киришти лекин олтин медаль олган бола колди четда таълимни шундай рагбатлантирамизда биз шу болларни хам куллаш керекмиди улар хакикий мактаб укквчилари эди эссиз таълим улиб бораверади
To'g'ri aytasiz. Man ham oltin medal bilan bitirdim. O'zbekistondagi hamma tadbirlarda qatnashdim. Maktabda 9 11 shahodatnomalarim qizil 1. 11 sinfdan buyon baholarim faqat 5. Respublika tanlovida qatnashganman. 3 yildan buyon Zulfiya mukofoti uchun harakat qilaman 123.90 ball bilan madaniyatdan yiqildim aparat xatosi bilan dugonam (u belgilamagan javobni aparat to'g'ri hisoblagan) 130.20 ball bilan o'qishga qabul qilindi. Qo'liga kitob olmagan sinfdoshim tahmin yechib 70 ball bilan Milliy universitetda o'qiyapti. 11 yillik mehnatim tirishqoqligim uchun shaxsan Prezidentimiz dasxati qo'yilgan guvohnomaga ega bo'lgan ko'krak nishon bilan taqdirlandim. Mana adolat qani endi. Chetda o'qiyman keyingi yil perevod qilaman deyapman. Tunlari uxlamayman ahvolimni onam ko'rib superkontrakt qilib beraman deydilar man super bilan o'qedigan qiz emasman. XUSHNUDBEK aka iltimos men bilan bog'laning sizni kutaman. Sizning maslahatez kerak.😔😔
Men bu yil albatta talaba bo'lishim kerak. Iltimos maslahat berela nima qilay. Dugonamni tetulini apellatsiyaga berib , meni ham balimni uniki bilan tenglashtirib meni ham Madaniyat instetutiga qabul qilinishimni so'ramoqchiman. Nima qilay maslahat berela😫😫😫😫
Bu yil talaba bo'lishim kerak.
XUSHNUDBEK aka iltimos men bilan bog'laning. Nahotki 179 532 ta odamni qabul qilgan OTM lar birgina meni qabul qila olmasa.....
😔😔😔😔😔
Ассалому алейкум Яхшимисиз Хушнуд апеляция сайти нега ишламяпти
Koʻzboʻyamachilik. Oʻqituvchiga ruhsat yoʻq . Yozib olish mumkin emas. Kitob telefon shfargalka taqiqlangan . Nima oʻzi bu xatoni topish uchunmi yoki yiqilgan Abituriyentni haqiqat yoʻqligiga ishontirish mi
🔹🔹🔹🔹Дилфуза
Ассалому алейкум.аппеляция сайти нега ишламаяпти
Щарофова М. 107
Ana adolat yo'q hech joyda nima bunaqaya ey xudo. Emdi sayt ishlamedi😐
Assalom alekum men apelatsiya bergandm bilmasdan 4ta xato savolni belgilapman endi faqat 4ta xato belgilangan savol beriladimi yo qolgan xato variant javoblari ham beriladimi ağar bölmasa toshkentga boralmay qolsam mening balimga taşıri yoqmi
BUNYODDIYOROV
Assalomu alaykum. Savolim shuki men oʻqishga hujjat topshirganimda imtiyoz olishga imkonim boʻlmadi. Imtiyozni endi olib appelatsiya topshirsam boʻladimi. Savol yuzasidan emas mana shunday shikoyatlar ham appelatsiya deb qabul qilinadimi.
Show next 7 comments