Сизнинг юқоридаги постга муносабатингиз қандай?

9 май Сиз учун аслида қандай кун? Қуйида шу ҳақдаги фикрларингизни билдиришингиз мумкин.

Шунингдек, урушда қатнашган ота-боболарингиз бўлса, уларнинг хотиралари билан ўртоқлашишингиз ҳам мумкин.


👉 @xushnudbek 👈

916 comments

Show 67 more comments
Xotira va qadrlash kuni. Aslo g'alaba kuni emas. Sabab, sabab, nemislar ustidan g'alaba qozonilgani bilan Rossiyaga qaramligimizcha qoganmiz. Agar yutqizganimizda Germaniyaga qaram bolardik.
G‘alaba qozonilganini bilgan holda, bu Xotira va qadrlash kuni. Ko‘pchilik biz g‘alaba qozonmaganmiz deydi. Unda minglab o‘zbekistonliklar bekordan halok bo‘lganmi? Ular g‘alaba uchun kurashishgan va qozonishgan. 9-may - tarix jihatdan G‘alaba kuni, biz shu g‘alaba uchun jang qilganmiz, tarixini qadrlaydiganlar uchun Xotirava qadrlash kuni, G‘alabani narxini bilganlar uchun ham
9-may men uchun osoyishta yurtda yqshayotganimizga yana bir bor shukr qilish va mana shu kunlarni ko'rishimiz uchun shaxid ketgan ajdodlarimizni xotirlash, ular ruhiga salovat aytish kuni
G'alaba kuni deyotganlar. Bu qanaqasiga G'alaba kunu buladi. Bu bizning urush emasdi. Shuncha ota-onani qaqshatib bolasidan ayirib majburlab urushga olib ketgan SSR ning g'alaba kuni. Shaxsan man uchun Xotira va qadrlasi kuni
Эркинбой Эркиной
Галаба,хотира ва кадрлаш куни.
Shakhlo
Hech qanday ahamiyatga ega bolmagan kun meni 2 ta dodam ham uruwdan nogiron asabiy bolib keliwgan ekan uruwdan kn oilalari juda qiynaliwgan buvilarimmi etib beriwi boyicha
Bu kunni istagan inson g'alaba db bayram qisin istagan inson o'tganlarni hotiralasin
1991 yilgacha G’alaba kuni desak haqqimiz bor edi. Shu kunlarda Putinparastlar kuni
Manashu juda qiyin Janglarda jonini ayamasdan ishtorok etib yurtimizni va bizni kelajagimizni himoya qilgan Bobilarimizni joylari jannatdan bo'lsin! Alloh ruhlarini shod aylasin va qabirlarini JANNAT bag'chalaridan biriga aylantirsin 🤲
Alibek
Yutqazganda hozir kanslagerda bo'lardiz
Nimaga nemislar konslagerda emas xozir. Ular yutqizganku. Stalinning konslageriga urushda yutgan bizning bobolarimiz tiqilgan
Muhammad alayhissalom hamda sahobai ikromlar ko'plab janglarda ishtirok etishgan va ancha hududlarni fath etishgan, lekin hech birini bayram sifatida nishonlashmagan(imxo)
Олдинги одамла учун галаба куни , ман учун еса йоши улуг инсонларни зийорат килиш куни.
Zulayho Rahmatova
Хотира куни
Xa chindan tabriklash g'alati
9-май ман учун дам олиш куни, мезза
Bu kun bayram emas xotira kuni. Bayram qilib nishonlash oʻrniga xotirlasak, xulosa qilsak yaxshi boʻlardi, manimcha.....
#personal

Bugun 9-may – mamlakatimizda Xotira va qadrlash kuni sifatida keng nishonlanadi. Ushbu sana munosabati bilan xalqimizning munosib farzandlari xotirasi yodga olinadi, ular haqiga duo qilinadi, oilasi, xonadonidan xabar olinib, xotiralari qarshisida hurmat bajo keltiriladi.

II jahon urushi butun dunyo ahliga kulfat keltirganini unutmaslik lozim. U faqatgina Sobiq Ittifoq yoki Oʻzbekiston uchun ayanchli oqibatlar keltirib chiqarmagan, undan aziyat chekkan millionlab kishilar dunyoning istalgan burchagida topiladi. Biroq aynan 9-may sanasi shartli ravishda, asosan, sobiq sotsialistik lager mamlakatlarida bayram sifatida nishonlanadi xolos (Isroildan tashqari birorta davlat bu kunni muayyan sababga koʻra alohida nishonlashiga guvoh boʻlmadim).

Esingizdami, I jahon urushi yakunlangach, Gʻarb davlatlari Germaniyani yakkalab qoʻyishga, undan imkon boricha alamlarini olishga intildilar. Turli geosiyosiy instrumentlarni ishga solgan holda (Millatlar Ligasi, uning mustamlakalar boʻyicha Mandat komissiyasi) Germaniyani tahqirlashga, undan urushda yetkazilgan yoʻqotishlar uchun oʻch olishga harakat qildilar. I jahon urushi arafasida ham Angliya va Fransiya oʻzlariga nihoyatda yuqori baho berganlar, II jahon urushi boshlangunga qadar ham shunday boʻlib qoldi, natijasiga esa tarix guvoh.

Shu jihatlarni inobatga olgan holda, II jahon urushida birgina Germaniyani ayblab, qolganlarni oppoqqa chiqarib qoʻyish oʻzini hurmat qiladigan kishilarga yarashadigan ish emas. Nemis natsistlari ustidan qozonilgan gʻalabani “fashizm ustidan qozonilgan gʻalaba” deb gupirib yurish ham mantiqan notoʻgʻri, faktga asoslanmagan. Fashizmning ildizi Italiyada. Italiya 1943-yildayoq taqdirga tan berib boʻlgan edi. Agarda fashizm ustidan qozonilgan gʻalabani nishonlash kerak boʻlsa, u 9-may sanasi boʻlmagani maʼqul.

Sobiq Sovet Ittifoqi ham urushning kelib chiqishida birdek aybdor hisoblanadi. Buni tushunish qiyin emas. Germaniya bilan til biriktirib, oʻzining “orqasi”ni oʻylagan sovet dohiylarining aybi bilan sodir boʻlgan 1941-1945-yillardagi II Ulugʻ Vatan urushida qozonilgan gʻalaba qanchalik shirin, qanchalik mashaqqatli boʻlmasin, u allaqaysi xudbin, olchoq siyosatchilarning, ahamiyatlisi, “oʻzimizning” (Oʻzbekiston ham SSRI tarkibida boʻlgani inkor etilmaydi) siyosatchilarning aybi bilan sodir boʻlganini unutmaslik kerak.

Shunday ekan, nemis natsistlarining ekspansiyani qoʻllab-quvvatlovchi gʻoyalariga bosh qoʻshib, keyin pand yeb, oxirida amallab balodan qutulib qolganimizga emas, urushda juvonmarg ketgan, xalqi, oilasi, millati, Vatani uchun jonini bergan bobolarimiz xotirasiga, millionlab kishilarga uyining toʻridan, qalbining qoʻridan joy bergan bagʻrikeng xalqimiz irodasiga hurmat bajo keltiraylik. Oʻshanda hukmron doiralarning xatosi bilan xalq oʻzi yemagan somsaga pul toʻladi, ortiq bunday xatolar takrorlanmasligi uchun oʻtmishdan saboq chiqaraylik. Turli balolardan, oʻshanday “olchoq va xudbin” yoʻlboshchilarning mamlakat va xalqqa bosh boʻlib qolishidan saqlashini Yaratgandan birgalashib soʻraylik.

Tarix – bu qurol, undan boshqalarga nafrat bilan oʻqtalish maqsadida foydalanishdan voz kechgan maʼqul. Chunki Gitlerning nomaqbul gʻoyalari ortida ham yolgʻon-yashiqlarga burkangan “tarix” yotgan edi. Shunday ekan, urushning kelib chiqishida, u keltirgan mudhish oqibatlarda kimnidir ayblash lozim boʻlsa, (XX asrning I yarmida jahon siyosatida oʻz soʻziga ega mamlakatlar nazarda tutilmoqda) har bir davlat aybni oʻzidan qidirgani maʼqul. Bularning barchasi, odatdagidek, IMHO.

#stayathome #stayoptimistic #karantindazerikmaymiz
Show next 100 comments