Сизнинг юқоридаги постга муносабатингиз қандай?

9 май Сиз учун аслида қандай кун? Қуйида шу ҳақдаги фикрларингизни билдиришингиз мумкин.

Шунингдек, урушда қатнашган ота-боболарингиз бўлса, уларнинг хотиралари билан ўртоқлашишингиз ҳам мумкин.


👉 @xushnudbek 👈

916 comments

Show 100 more comments
Bu g‘alaba kuni emas. Xotira va qadrlash kunidir. Bizning bobolarimiz bolsheviklar davlatini himoya qilish uchun begona yurtlarda qon to‘kishgan va qonlari to‘kilgan. Bu urush oddiy qilib aytganda bir diktator zolimning ikkinchi diktator zolimning ustidan g‘alabasi xolos. 70 mln inson shu ikki diktatorning manfaatlar to‘qnashuvi sababli urush olovida o‘tin bo‘lib yondi. Hech qaysi urush keyinchalik bayram qilish uchun asos bo‘la olmaydi. Faqat undan xulosa chiqarish kerak va unda halok bo‘lganlar haqiga duo qilib eslanishi kerak.
100% "G'alaba kuni" so'ziga qo'shilmayman desam, 2 asrning ham choragini va SSSR (la'natlar bo'lsin shu nomga)mentalitetini his qilgan yoshi ulug'larimiz balki meni jerkir!!! Lekin bu haqiqat, nima 50mln.odamdan ayrilganimizni bayram qilamizmi???
Hilpirayotgan"o'roq va bolg'a"ning urush basharasini ko'rsatib bera oladigan alvon matodagi ko'rinishi shunchaki dahshatli!!!

‼️Men deyarli 30 yoshdagi va mendan yoshi katta bo'lgan mustaqil davlat farzandiman.
O'tmishdaqolgan chirkin xotiralarni(balki achchiq haqiqiatdir)qabul qilishga hech narsa meni majburlay olmaydi!!!


O'TGANLAR RUHI HALOVATI UCHUN DUO QILISHGINA QO'LIMDAN KELADI...

#Mening_fikrim...
Men uchun bugun oddiy kun
Bu ham g'alaba ham Xotira kuni lekin xotirash uchun shu kunni kutish yaxshi emas manimcha har kuni har on bizning tinchligimiz yolida halok bolganlarni xotirashimiz kerak. G'alaba kuni mosroq. Butun Jahon g'alaba kuni!!!
Дилрабо Тагаймуратовна. Полванова
Барча у́тганларни хотирлаш, ёнимиздагиларни кадрлаш куни.
Бугунги кун ҳақида кўп негатив фикрлар бўляпти. кўпи рост. Лекин совет халқи дунёни Гитлер балосидан қутқаришди. бу айни ҳақиқат. Ота буваларимиз содда, фидоий, садоқатли бўлишган. ўз ватанимни ҳимоя қиляпман деб жон берганлар. ўзбек халқи фронт ортида туриб фронтдагилар билан теппа тенг жасорат кўрсатишган. уларни номини хотирлаш, меҳнатларини қадрлаш менимча ҳаммамизни бурчимиз.
Sssr payti zor bolgan bosa kerak
BOBUR TILLABAYEV
Hotira va qadr kuni albatta faqat shu kunda emas boshqa kunlarda ham hotirlash, ziyorat qilish kerak. Bu kunda mani opoqam otgan kun
Bu kun ahamiyati katta. Nima bo'lganda ham bu urushda oto bobolarimiz qatnashgan va tinchlik uchun jon berganlar. Biz bu kunni qanday nomlash emas, balki undagi qatnashganlarni yodda tutishimiz kerak. Bu tinchlik qimmatga tushib, yer aholisiga 70 million odamni o'limiga sabab bo'ldi.
Bugun meni bobomni tavallud topgan va olamdan o'tkan kunlari. Men uchun xaqiqiy "Xotira va qadirlash" kuni
Said
Yutqazdi degani hamma aholini qirib tashlaydi degani emas
Fashistlardi ideologiyasi boshqa millatlarni qirish bo‘lganligini inobatga oling
Xilola Burxanjonovna
Assalomu alaykum Xushnutbek. Men ham sizni fikringizga qo'shilaman. Aslida ham bu kunni o'tganlarni xaqqiga duo qilib o'tkazish kk. O'yin kulgu qilib emas.
A.B.O
Ёши катталар хафа бумаса
Мен бу байрамни хич кандай номламасдим.
Галаба булмаган узбек Халки учун. Кирилиб кетган.
Зарар булган. Охирида яна мустамлака холида колган.
Уруш катнашчиларига имтиёзлар беришни эса куллаб кувввалайман
Биз институт талабалари ва устозлар билан байрамга масофадан туриб тадбир тайёрлагандик. Уруш катнашчиларига, халок булганлар хотираси ва тирикларга багишлаймиз.
https://youtu.be/WpeKAfMjM5Y
Men ham xotira va qadrlash kuni deb hisoblayman
ИНАМЖАН
Ғалаба бизга насиб этган экан уни байрам сифатида нишонлаш айб эмас. Чунки бизнинг аждодларимиз она Ватанни деб қон тўкканлар. Шу билан бирга хотира қа қадрлаш куни бўлгани ҳам дуруст.
Isfandiyor Baxoviddinov
Butun millatimizni qirib tashlashgan bo‘lardi
Usiźxam Stalin o'lim mashinasi anchakimni qirgan
Show next 100 comments