Сизнинг юқоридаги постга муносабатингиз қандай?

9 май Сиз учун аслида қандай кун? Қуйида шу ҳақдаги фикрларингизни билдиришингиз мумкин.

Шунингдек, урушда қатнашган ота-боболарингиз бўлса, уларнинг хотиралари билан ўртоқлашишингиз ҳам мумкин.


👉 @xushnudbek 👈

916 comments

Show 100 more comments
Бу кунда ғалабани нишонлагандан кўра, ўша ғалаба учун қанчалаб қийинчиликларга учраган инсонлар, ота-она; боболаримизни хотирлаб дуо қилишимиз, тирик бўлсалар қадрларига етишимиз керак.
Бу фақат уруш замонидаги эмас балки бошқа фидокор аждодларимизни хам куни.

ХОТИРА ва ҚАДРЛАШ КУНИ
Assalomu alaykum, fikrizga 100% qo'shilaman, Man uchun 9-may Xotira va qadrlash kuni!!!
Оchil Yoqubov
9-майни 2-Жаҳон урушида фашизм устидан ғалаба қозонилган кун сифатида нишонлаш керак. Ҳамма бу дунёдан ўтганларни эслаб хотирлайдиган Хотира кунини эса бошқа кунга ўтказиш керак, масалан март ойининг охирги якшанбасига. IMHO.
. .
Usiźxam Stalin o'lim mashinasi anchakimni qirgan
Tog‘ri, lekin Stalin va Gitlerdi taqqoslab bo‘lmaydi. Biri millati uchun o‘ldirgan, biri g‘oyasi uchun
xushnudbek uz telegramizni profil
Avvalo,G'alaba kuni,ajdodlarimizning qonli "galaba"si ekanligi,albatta,ogir.Ammo,bu or,nomus,tinchllik,qaram bulmaslik,qul bulmasliik uchun arziydi.Shuning uchun biz buni yilda bir marta bulsa ham eslab,yod etib,xotirlab qadriga yetishimiz kerakligiini vijdonimiizga esslatib turadigan ulug' kun.Va albatta BAYRAM
Xotira va qadrlash kuni
Assalomu alaykum Xushnud aka Ko'plab duolar qilish kerak men qo'shilaman fikirlaringizgaa
9 май Галаба куни, шунки 1941-1945 йиллардаги урушдаги галабада, фронт ва фронтдан ташкарисида канчадан-канча одамларимизнинг жасорати, мехнати, бирдамлиги турибди.
Бу байрам буюк галабани нишонлаш менимча душман мамлакат сархади хатлаб утган чогда хар кандай ватанини севган инсон урушга ватанини химоя килишга отланади. галаба байрами булса адолатирок буларди
Gap yoq G'ayrat qilingg
G‘alaba kuni. Menimcha o‘tganlarni 1 yilda 1 kunni ajratib xotirlash noto‘gri. Lekin g‘alaba kunini nishonlash kerak albatta. Xotirlash har kun, har doim bo‘lgani ma'qul.
Barchangizga hayrli kun! Albatta bugungi kun uchun Oʻzbekiston qahramonlariga, vatani uchun jonini tavakkal qilgan vatan qahramonlariga chuqur minnatdorchilik bildiraman, oxiratlari obod bo'lsin, bizning bu g'alabamizning sababchilari ular.
Ulug'larni xotiralashimiz ularni nomlariga duo qilishimiz joizdir.
Yurtimiz bundanda tinch va obod bo'lsin, xalqimizga ko'z tegmasin!
Bugungi kun ham gʻalaba ham xotira kuni!
🌸رَهِماَْ
Assalomu alaykum 9-may odatiy bayramlardek nishonlash emas balki Vatani ,Xalqi uchun jon bergan qahramon ota-bobolarimizni xotirlash va qadrlash kuni. Qadrlash deganda hamma har xil tushunsa kerak . Ularni qadrlash deganda "Xotira va qadrlash maydoni"ga borib gul qo'yib kelish emas. Ularning haqlariga duo qilib ,Qur'on tilovat qilinshi kerak deb hisoblayman. Urushda mardlarcha halok bo'lgan ota-bobolarimga kelsak , bobomning o'n ikki aka-ukalari bo'lgan. Ulardan faqat bobom va bir ukalari qolganlar. Ular mard va jasur Tangirovlar edi. Alloh rozi bo'lsin. Ota bobolarimizning joylari jannatdan bo'lsin . Ularning fidkorligini vatanparvrligini hech kim unutmaydi va unitishga haqqi ham yo'q.
Rossiyalik bir deputat bor o'zi asli CHECHEN MILLATI O'SHA INSON BIR YIG'ILISHDA AYTDI URUSH DAVRIDA SHUNCHA MILLATLARNI ESHITDIM KO'RDIM LEKIN "O'ZBEK" MILLATIDAQASINI KORMADIM DEDI. RAMAZON OYI EDI RO'ZA TUTUSHGAN BIR QANCHA O'ZBEKLAR YEYISHGA ATIGA QORA XLEB QOLGAN OCHARCHILIK LEKIN SHUNAQA VAQTDA HAM ULAR QO'LLARIDAN QUROLLARINI TASHLASHMADI VINTOVKALARDA LELINGRADNI XIMOYA QILDI MUSULMONCHILIGI HAM YO'QOTMADI DEB GAPIRDI. BIZ KIMNI ROSSIYGA DO'ST QILISHIMIZ KERAK EKANLIGINI MANASHU URUSH VAQTIDA KIM QANDAY BOLSA SHUNGA QARAB MUNOSABAT QILISH KERAK DEDI. DEPUTAT.
Xotira va qadrlash kuni. Eng yaxshi va oqilona yo'l, shu o'ylashimcha.
Урушда катнашган аждодларимиз учун бу Галаба куни!
Мен учун ахамиятли. Рахматли дадамни кабрларини зиёрат килиш учун сабаб. Чунки хар доим кабрни зиёрат килиш учун вакт ажратолмайман. Дадам афгонда хизмат килиб, хатто оналари вафот этганда келолмаганлар. Оналари тушларига кириб, "сен тирик экансан мен бу ерларда улдириб кетишди дебман" дейдилар. 2 кундан сунг хизматдан кайтсалар оналари оламдан утган. Жуда куп шу вокеани айтардилар. Узлари эса инсультдан 53 ёшда вафот этдилар. 3 марта инсульт олдилар. Даволаётган врач бу афгоннинг асорати деган эди. 5 нафар фарзандни уйли жойли килиб оламдан утдилар дадам рахматли
Show next 100 comments