Сизнинг юқоридаги постга муносабатингиз қандай?

9 май Сиз учун аслида қандай кун? Қуйида шу ҳақдаги фикрларингизни билдиришингиз мумкин.

Шунингдек, урушда қатнашган ота-боболарингиз бўлса, уларнинг хотиралари билан ўртоқлашишингиз ҳам мумкин.


👉 @xushnudbek 👈

916 comments

Show 100 more comments
Rossiyalik bir deputat bor o'zi asli CHECHEN MILLATI O'SHA INSON BIR YIG'ILISHDA AYTDI URUSH DAVRIDA SHUNCHA MILLATLARNI ESHITDIM KO'RDIM LEKIN "O'ZBEK" MILLATIDAQASINI KORMADIM DEDI. RAMAZON OYI EDI RO'ZA TUTUSHGAN BIR QANCHA O'ZBEKLAR YEYISHGA ATIGA QORA XLEB QOLGAN OCHARCHILIK LEKIN SHUNAQA VAQTDA HAM ULAR QO'LLARIDAN QUROLLARINI TASHLASHMADI VINTOVKALARDA LELINGRADNI XIMOYA QILDI MUSULMONCHILIGI HAM YO'QOTMADI DEB GAPIRDI. BIZ KIMNI ROSSIYGA DO'ST QILISHIMIZ KERAK EKANLIGINI MANASHU URUSH VAQTIDA KIM QANDAY BOLSA SHUNGA QARAB MUNOSABAT QILISH KERAK DEDI. DEPUTAT.
Xotira va qadrlash kuni. Eng yaxshi va oqilona yo'l, shu o'ylashimcha.
Урушда катнашган аждодларимиз учун бу Галаба куни!
Мен учун ахамиятли. Рахматли дадамни кабрларини зиёрат килиш учун сабаб. Чунки хар доим кабрни зиёрат килиш учун вакт ажратолмайман. Дадам афгонда хизмат килиб, хатто оналари вафот этганда келолмаганлар. Оналари тушларига кириб, "сен тирик экансан мен бу ерларда улдириб кетишди дебман" дейдилар. 2 кундан сунг хизматдан кайтсалар оналари оламдан утган. Жуда куп шу вокеани айтардилар. Узлари эса инсультдан 53 ёшда вафот этдилар. 3 марта инсульт олдилар. Даволаётган врач бу афгоннинг асорати деган эди. 5 нафар фарзандни уйли жойли килиб оламдан утдилар дадам рахматли
Bobur @ Bilol
Bekorga dam olish kuni dib belgilanmidiku
Isfandiyor Baxoviddinov
Tog‘ri, lekin Stalin va Gitlerdi taqqoslab bo‘lmaydi. Biri millati uchun o‘ldirgan, biri g‘oyasi uchun
Ikki davlat xam charchab qolgandi. Qaysi biri yutgan taqdirda xam ikkinchisini qatliom qila oladigan kuchi qolmagani
Sodiq
Бугун хотира ва кадирлаш куни бугун утганларни хотирлаб колганларни кадирлаш куни.
Piknik
Xotirlash kuni
To'g'ri tabriklash biroz g'alatiroq ammo urush qatnashchilarini ziyorat etish, ularning holidan habar olish kerak bo'lsa ko'mak berish uchun arzigulik yildagi 365kundan biri
AZAMAT MUZROPOV
Galaba kun muborak
ISKANDAR
Хозир ушбу кун тўгри тадбиқ қилиняпти, хотира ва қадрлаш куни хамда Урушда қозонилган галабанинг 75йиллиги деб, мен 100% қўшиламан ушбу фикрга.
Сизни аксарият фикрларингизни хурмат килган холда, юкоридаги постга фикрим куйидагича. Нима булганда хам умумий тарихга хурматни саклаганингизни сездим бу йил. Авваллари бироз кескинрок русофобча фикрлар билдирар эдингиз. Шахсий фикрим - бу утканлар хурмати учун хам буюк Галаба кунидир. Улуг Ватан уришидаги буюк Галаба куни. Тарихий фактлар, хужжатлар ва ходисалар билан танишиб чиккан инсон сифатидаги фикрим бу.
Дониёрбек Умаралиевич
Ҳозирги яхши ёмон кунимизда туришимизга кечаги ўтган кунимиз асос, яни пойдевор, кечаги кунни мазмунли мақсадли ўтказсак бугунги кунимиз порлоқ. Агар аксинча бўлса акси. 2- жахон урушни хеч ким инкор этмайди. У бугунги кунларимизга етиб келишда мухум мезон. Бу кунни қандай номлаш эмас қандай нишонлаш, ташкиллаштириш мухумдир. Бугунги кунинг учун кимлардир хиссасини қўшган бўлса уларни эзозла, оламдан ўтган бўлса хотирасига хурмат бажо келтир!
......💞 ......💞
G'alaba kuni
Urushda jon bergan vatsndoshlarni qadirlash kuni aslida lekin keyinchalik barcha o'tganlarni xotirlash ham boshlandi. G'alab kuni hamdir fashizim ustidan nafaqat bu kun Sobiq ittifoqda balki Italia va Germaniyada ham g'alaba kuni ekan. Mamlakatimiz Urushda juda ko'p narsa yo'qotgan va juda ham g'alabadan foyda ko'rgan davlatlardan biri. Umuman o'sha kezlarda qanday shoir, g'oya ostida, uzoq yurtlarda shaxid bo'lgan yurdoshlarimiz aslida nima uchun Jang qilganliklarini chuqur anglaganliklariga shubham bor.
Bu kunda urushda qatnashib halok bo'lganlar un Qur'on tilovat qilib ularni xotirlash kk va tinclikni qadriga yetib shukronalik keltiradigan kun bo'lish kk o'ylayman! Chunki vafot etgan bobolarimizga faqat bizning Qur'on tilovatlarimizdan hosil bo'lgan savobi yetib boradi! Lekin bu kunni o'lganlarni eslab mahzun kunday ham o'tkizmasligimiz kk, yod etaylik shukur qilaylik har kungidan ciroyliroq dasturxon yozib nishonlaylik! Bu faqat meni fikrim...
Бердиёр
Bu albatta xotira kuni...! Tarixda umuman urushlarda "g'oliblar ichida mag'lub" degan atama bor! Bu maqomda 1-jahon urushida Italiya olgan...ikkinchi jahon urushida SSSR dan loyiqroq davlat yo'q nazarimda bu maqomga...chunki urushda 65-67 mln odam halok bo'lgan bo'lsa shuning 27 mln SSSR xalqlari hisobiga to'g'ri keladi! Bu nimani anglatadi ... G'alabaga o'xshayaptimi bu...! Qaysi tomondan g'alaba deb qabul qilinadi! Urushda sotsialism omon qolishi deb baholanishi mumkin! Zero Stalin shu bilan g'ururlangan bo'lishi mumkin...aslida esa 27 mln xalqi qirilganidan yig'lashi kerak! Sotsializm qanday jirkanch tuzumligini esa tarixdan ham ma'lum ! Biz shundan g'ururlangan kerak ki...ota bobolarimiz ning porloq xotirasi uchun! Zero ular shu O'zbek xalqining keyingi tinch hayoti uchun ko'ksini qalqon qildi ! XOTIRA VA QADRLASH KUNI!
Бугун менгинг тугилган куним
Rus separatizmini har qanday ko'rinishini qoralayman va lan'atlayman! Bayram bo'lsa faqat xotiralaylik, SSSR urushi uchun quriladigan har qanday haykallar, binolar, xotira majmualariga mutlaqo qarshiman!
Show next 100 comments