Сизнинг юқоридаги постга муносабатингиз қандай?

9 май Сиз учун аслида қандай кун? Қуйида шу ҳақдаги фикрларингизни билдиришингиз мумкин.

Шунингдек, урушда қатнашган ота-боболарингиз бўлса, уларнинг хотиралари билан ўртоқлашишингиз ҳам мумкин.


👉 @xushnudbek 👈

916 comments

Show 100 more comments
Сизни аксарият фикрларингизни хурмат килган холда, юкоридаги постга фикрим куйидагича. Нима булганда хам умумий тарихга хурматни саклаганингизни сездим бу йил. Авваллари бироз кескинрок русофобча фикрлар билдирар эдингиз. Шахсий фикрим - бу утканлар хурмати учун хам буюк Галаба кунидир. Улуг Ватан уришидаги буюк Галаба куни. Тарихий фактлар, хужжатлар ва ходисалар билан танишиб чиккан инсон сифатидаги фикрим бу.
Дониёрбек Умаралиевич
Ҳозирги яхши ёмон кунимизда туришимизга кечаги ўтган кунимиз асос, яни пойдевор, кечаги кунни мазмунли мақсадли ўтказсак бугунги кунимиз порлоқ. Агар аксинча бўлса акси. 2- жахон урушни хеч ким инкор этмайди. У бугунги кунларимизга етиб келишда мухум мезон. Бу кунни қандай номлаш эмас қандай нишонлаш, ташкиллаштириш мухумдир. Бугунги кунинг учун кимлардир хиссасини қўшган бўлса уларни эзозла, оламдан ўтган бўлса хотирасига хурмат бажо келтир!
......💞 ......💞
G'alaba kuni
Urushda jon bergan vatsndoshlarni qadirlash kuni aslida lekin keyinchalik barcha o'tganlarni xotirlash ham boshlandi. G'alab kuni hamdir fashizim ustidan nafaqat bu kun Sobiq ittifoqda balki Italia va Germaniyada ham g'alaba kuni ekan. Mamlakatimiz Urushda juda ko'p narsa yo'qotgan va juda ham g'alabadan foyda ko'rgan davlatlardan biri. Umuman o'sha kezlarda qanday shoir, g'oya ostida, uzoq yurtlarda shaxid bo'lgan yurdoshlarimiz aslida nima uchun Jang qilganliklarini chuqur anglaganliklariga shubham bor.
Bu kunda urushda qatnashib halok bo'lganlar un Qur'on tilovat qilib ularni xotirlash kk va tinclikni qadriga yetib shukronalik keltiradigan kun bo'lish kk o'ylayman! Chunki vafot etgan bobolarimizga faqat bizning Qur'on tilovatlarimizdan hosil bo'lgan savobi yetib boradi! Lekin bu kunni o'lganlarni eslab mahzun kunday ham o'tkizmasligimiz kk, yod etaylik shukur qilaylik har kungidan ciroyliroq dasturxon yozib nishonlaylik! Bu faqat meni fikrim...
Бердиёр
Bu albatta xotira kuni...! Tarixda umuman urushlarda "g'oliblar ichida mag'lub" degan atama bor! Bu maqomda 1-jahon urushida Italiya olgan...ikkinchi jahon urushida SSSR dan loyiqroq davlat yo'q nazarimda bu maqomga...chunki urushda 65-67 mln odam halok bo'lgan bo'lsa shuning 27 mln SSSR xalqlari hisobiga to'g'ri keladi! Bu nimani anglatadi ... G'alabaga o'xshayaptimi bu...! Qaysi tomondan g'alaba deb qabul qilinadi! Urushda sotsialism omon qolishi deb baholanishi mumkin! Zero Stalin shu bilan g'ururlangan bo'lishi mumkin...aslida esa 27 mln xalqi qirilganidan yig'lashi kerak! Sotsializm qanday jirkanch tuzumligini esa tarixdan ham ma'lum ! Biz shundan g'ururlangan kerak ki...ota bobolarimiz ning porloq xotirasi uchun! Zero ular shu O'zbek xalqining keyingi tinch hayoti uchun ko'ksini qalqon qildi ! XOTIRA VA QADRLASH KUNI!
Бугун менгинг тугилган куним
Rus separatizmini har qanday ko'rinishini qoralayman va lan'atlayman! Bayram bo'lsa faqat xotiralaylik, SSSR urushi uchun quriladigan har qanday haykallar, binolar, xotira majmualariga mutlaqo qarshiman!
. .
Sizga shunday uqtirishgan yutqizganimizda palon bub ketardek piston bub ketardek deb. Yutqizgan nemiz palon piston bub ketmadiku
Nafaqat manga sizgayam hammamizga shunaqa uqturishgan. Man uzimni fikrimni bildirdim boshqa gap yuq. Sizga bir savol ertaga sizni nima kutyapti?
Бу кун оддий кун.Утмиш хеч нарса киб бермийди.Иккита ахмокни манфиати у.н курбон булган ватандошларимиз бизлар у.н улмаган диб тасаввур килиш бугунги эпидемик вазиятда осонрок.Хозир,бугун б.н яшаш керак ва шу куринмас душман йиббанавирус тезрок даф булиши у.н дуо килиш керак тамом.
BIZNESMEN Mr.D
Хотира ва кадрлаш утган кераксиз урушда шахид булганларни хотирлаш борларини кадрлаш факат шу маънода бошкачаси булиши керак Эмас охирги йилларда собик СССР белгиларидан фойдалинилмокда умуман нотугри нарса Россия пропагандаси зотан СССР Нинг УЗИ фашистлардан куп бало келтирган миллатимизга
. .
Ikki davlat xam charchab qolgandi. Qaysi biri yutgan taqdirda xam ikkinchisini qatliom qila oladigan kuchi qolmagani
Stalinning repressiyasi 1953 yilgacha davom etganligini hisobga olsak, qirib tashlash fashistlar uchun ham hech narsa emas, yuta olishmaganholos
Desert_Rose
Huddi Hayitdagiday ziyoratga qabristonga boriladigan kun. Hayitda ham tabriklaymizku bayram bilan. Bunisi ham shundaydir
ELEGANCE .
Ushbu kunni g'alaba kuni emas xotira va qadrlash kuni sifatida eslash, ushbu g'alabadan muhimroq bu, urushda jon bergan ajdodlarimiz yodini ezozlashimiz zarur! Zero ular bo'lmasa g'alaba ham bo'lmas edi!!!
Mening bobom ham urushda ishtirok etgan , koʻksi medallar bilan toʻla edi,lekin qalbida butun umr yovuz urush qoldirgan jarohatlar oʻchmadi ,chunki qattol janglarda yaqinlaridan , doʻstlaridan judo boʻldi...Tinchligimiz uchun qon toʻkkan,jonini fido qilgan ,yaqinlari,farzandlari uchun jangga kirgan azizlarimizni hech qachon unutmaymiz ...
Kamoliddin
Aytolme yurgan gaplarimizdi yozibsz
* ¥¥° E°L°Z°A °¥¥ *
Assalomu aleykum Bugungi kunni men ayovsiz urushda qatnashgan va biz hozirda yashayotgan mustaqil Oʻzbekiston uchun jonini fido qilgan bobolarimizni xotirlash kuni hamda shu urushda qatnashgan va hozir hayot bo'lgan qahramon larni qadrlash kuni deb hisoblayman.Mana shu urushlarda halok bo'lgan va hozir ham hayot bo'lgan ota-bobolarimiz chinakam QAHRAMONLARDIR.
xotira va qadrlash kuni bilan
Зухриддин Хасанов
G‘alaba kuni. Menimcha o‘tganlarni 1 yilda 1 kunni ajratib xotirlash noto‘gri. Lekin g‘alaba kunini nishonlash kerak albatta. Xotirlash har kun, har doim bo‘lgani ma'qul.
Фикрингиз 100 % тугри. Лекин давлатимиз шу кунни атайин дам олиш куни килган. Сананинг мухимлиги сабаб. Албатта, якинларимиз, кариндошлар, айникса, ота-онани хар куни эслаймиз. Дуоларимизда жаннатлпрни сураб ёлворамиз. Утганларнинг хаммаларини жойлари жаннатларда булсин!
Show next 100 comments