Сизнинг юқоридаги постга муносабатингиз қандай?

9 май Сиз учун аслида қандай кун? Қуйида шу ҳақдаги фикрларингизни билдиришингиз мумкин.

Шунингдек, урушда қатнашган ота-боболарингиз бўлса, уларнинг хотиралари билан ўртоқлашишингиз ҳам мумкин.


👉 @xushnudbek 👈

916 comments

Show 100 more comments
Бу кун ҳақиқатдан биз учун хотира куни, лекин ўша даврда жанг қилган ота-боболаримиз учун ғалаба кунидир. Бу кунга шунчаки оддий кўз билан қарайдиганларга фикрим: агарда сиз бу кун ман учун унақа аҳамияти йўқ десангиз адашасиз. Чунки Ватан доим улуғланиб келади ота-боболаримиз эса ўша даврда собиқ иттифоқ таркибидаги Вананини ҳимоя қилишган. Ҳатто шундай урушнинг оғир дамларида ўзбек халқининг мардлиги, чидамийлиги, иноқлиги ва бағрикенлигини намоён этишган. Бу бўлса бутун дунёга ўзбек халқи қанақа мардоновор халқ экалигини кўрсата олган. Ҳозирда бутун дунё тан олди. Бугунги кунда уюшган халқимизнинг "Сардоба" воқеаси мисолида кўришингиз мумкин. БУ КУНГА БЕЭЪТИБОР БЎЛГАНЛАР учун - сиз ўзингизни ўша даврдаги ҳолатлардан бирига қўйиб кўринг. Қўя олишни билмасангиз БУ ҲАҚИДА УМУМАН ОҒИЗ ОЧМАНГ. Президентимиз омон бўлсин.
Bu kun men uchun g‘alaba kuni emas!! Bu kun sodda xalqim o‘zini talagan,millatining ziyolilarini qatl qildirgan,"paxta ishi", "o‘zbeklar ishi" deya necha ming oilalarni suyanchiqsiz qoldirgan.Qanchadan-qancha yurtdoshlarimni kafansiz,qabrsiz sovuq o‘lkalarda ko‘milishiga majbur qilgan,eng asosiysi millatimizni muqaddas dinimizdan ayro tarbiyalagan yurt uchun fido bo‘lgan kun!! Urushda g‘oliblar bo‘lmaydi!! Biz g‘alaba kuni deb nishonlayotgan bayram qancha ayollarni ersiz,bolalarni otasiz,ota-onalarni farzandsiz qoldirdi ekan!? Qanchadan qancha ota bobolarimiz tergov xonalarida kunlab och,suvsiz qoldirildi ekan,qanchasi ayolingni qizingni singlinni hozir opkelaman sharmanda bo‘lasan degan isnodga chiday olmay o‘z joniga qasd qildi ekan!! Urushda Germaniya yengildi ammo hozir olmon yurti bilan Rossiyaga nazar soling,iqtisodiy jihatdan taqqoslang aslidakim g‘olib?!
♻️Qiziq voqea
Jahon urushi paytida aholidan askarlar toplangan. Shu payt bobomning otasi yani katta bobom urushga kongilli bolib borish istagini bildirgan, lekn uni akasi urushga ozi borishini ukasi qolishini tushuntirsa hamki katta bobom bunga konmagan. Aka esa oz ukasi taqdirini oylab bir ish qilgan. Yani toplangan askar jonab ketishiga biroz vaqt qolganida, aka oz ukasini kartoshka olib chiq deb o'raga tushirgan (o'ra bu -qadmda muzlatgich vazifasini bajargan chuqur). Uka esa hech nimani bilmay tushgan payt. Aka orani ustini ogir temir bilan berkitib tosh bostirib qoygan. Bobomning baqirib chaqirishlariga qaramay akasi "meni katta bolsang tushunasan" deganu jonb ketgan. Shu bilan u urushda qaytmagan hat ham kelmagan.
Mr.0t@$hБek
Тирик қайтганлар учун бу кун байрам куни ку ахир. Дунёқарашни кенгайтиринг укам бир ёқлама ўйламанг.
Tirik qaytganlar kimning va nimaning evaziga tirik qoldi va qaytgandan so‘ng ular o‘zlarini qay darajada baxtli sezadi. Manimcha tirik qaytganlar ham nega shuncha inson nima un va kim uchun halok bo‘ldi degan savollarini berishsa kerak albatta.
Bugun shunchaki xotira va qadrlash kuni....
SSSR parastlikka obdon erkinlik beriladigan kun.
Ko'pchilik SSSR 15 ta teng huquqli respublikalardan iborat edi, bizning davlatimiz ham shu davlatlar qatorida edi deyishi mumkin, ammo, SSSRda Rus "millati" va ularga qaram boshqa xalqlar bo'lgan. Buni deyarli barcha tarixiy kinolar-u asarlardan bilib olish mumkin. Qaysidir mamlakat o'z milliy qahramonlarini olib chiqmoqchi bo'lsa, Moskavadan ruxsat berilmagan, sabab, Millatchilik....
Bugun Xotira va qadrlash kuni! Mard va jasur ajdodlarimizning, o'z avlodlarini yana yangi bir mustamlakachilar iskanjasidan asrab qolgan kuni...
Shaxsan man ushbu kun bizga aloqasi bo'lmagan urushda jonini qurbon qilgan ajdodlarimiz,la'nati SSSR davrida barcha qatag'on qilinganlarni xotirlab motam kunidek o'tishi kerak deb hisoblayman
G'alaba deb chopib yurganlarni lanatlayman va qoralayman
Rossiyaga qo'shilib g'alaba deyayotganingizda o'sha siz mag'lub etganlar 100 baravar yaxshi va erkin yashayotganingni unutmang.
Bu kunda tahorat olib, ular ruhiga tilovat qilib sukut saqlab, shahidlarni duo qilgan holda ótqazsak maqbul ish bolardi. Óyin kulgu qilmasdan. Bu óyin kulguni vafot etganlarga bir tiyinli foydasi yuq. Faqat duoda bolaylik dóstlar
Тарихдан уялиш керак эмас. Уни кайта ёзишхам
Nimaga Andijon qo'zg'oloni Dagi dukchi eshon va uning tarafdorlarini shahidligini hotirlamaymiz. Nima uchun vatan uchun kurashgan va otuvga hukum qilinganlarni hotirlamaymiz. Aslida o'sha kunlarni hotira va qadrlash kuni qilish kerak
Мен учун ГАЛАБА КУНИ.
Хотира ва кадирлаш куни
Assalomu alaykum ishlarizga omad tilayman. Mening bobom Tojiboyev Mallaboy u ham boshqa yurtdoshlarimiz kabi jonini Vatan uchun tikkan inson insonlarni xotirlash uchun tòģri 9-mayni kutish shart emas lekin, shu sana qalbga yanada tasir qiladigan bòlib xizmat qiladi. Chunki bu kunda kuchliroq eslanadi. Bunday muxim yaxshi sanalar kòp bòlgani yaxshida. Ajdodlar jasorati mangu barhayot. Ular qalbimizda, yonimizda, uyimizning har bir burchagida, kòchada, har yerda yashaydi. Mustaqilligimiz abadiy bòlsin axir, bu juda qimmatga tushgan qurbonlar evaziga. Barchamizga muborak bòlsin bu kun.
Muzaffarbek Madazimov
Ĝalaba kuni emas xotira kuni deb nomlangani juda tõgri deb õylayman. Bu kun chin ma'noda vatan uchun kurashgan otalarimiz xotirasine eslash kunidir. Bu yerda ĝalaba kuni deb e'lon qilinishi juda natõĝri xulosa bõlgan bŏlar edi. Chunki vatanni ximoya qilishganligi rost lekin biz xozirgiday mustaqil Õzbekiston uchun emas sobiq SSSR uchun bõlgan jang edi. Shu munosabat bilan xozirgi nom juda yahshi.
Bu kunni bo‘lgani yaxshi. Bu kun xotira va qadrlash kuni deb qoyilibtiki insonlar ajdodlarini yodga oladi. Qariyalardan xabar olib keladi. Shunday insonlar borki shu kun bolmasa ajdodlarini qabrini obod qilish ularni yod olib haqqiga duo qilish esiga kelmaydi. Qarindoshlaridan xabar olish ham esiga tushmaydi
Sizdan(Xushnudbek) bir iltimos. Populistik harakat bilan odamlarni bir-biriga qayramang!
ХушнудбекАка, иложи бўлса постингиз тагига овоз бериш ташкил қилсангиз. Кўрардик қанча овоз йиғилишини. Постларни ўқишга улгурмаяпмиз😀
Show next 100 comments