Сизнинг юқоридаги постга муносабатингиз қандай?

9 май Сиз учун аслида қандай кун? Қуйида шу ҳақдаги фикрларингизни билдиришингиз мумкин.

Шунингдек, урушда қатнашган ота-боболарингиз бўлса, уларнинг хотиралари билан ўртоқлашишингиз ҳам мумкин.


👉 @xushnudbek 👈

916 comments

Show 100 more comments
Saidazizxon Saidahmadov
Faqat va faqat xotira va qadrlash kuni! Hech qanday g'alab kuni emas!!!!!!!
Xotira va qadrlash kuni deb qarash yaxshiroq menimcha
Odamlarning o'limi g'alaba bo'larmidi?
Xamdamova Zebo
O'tganlarni ohiratlari obod bo'lsin!!! Nima bo'lgan taqdirda ham ushbu kun barcha o'tganlarni xotirlash kuni!!!
Xamdamova Zebo
Bekorga xotira va qadrlash kuni deyilmagan!!!
Boburjon Rixsiboyev (dariy ingliz).jahon siyosati
Xotira va qadirlash kuni bugun!!!
Muzaffar Eshankulov
Hotira abadiy qolishi kerak! Bunga qoshilaman. Lekin bayram qilishga kelsak bu menimcha notogri, urush yillari tarixda qoldi. Hozir urushda maglub bolgan davlatlar iqtisodiy jihatdan ham, madaniy jihatdan ham galaba qozongan davlatlardan ancha ilgarilab ketishgan. Endi aytingchi kim golibu kim maglub?
Nishonlash deganda diskoteka qilishmas ular xaqqiga duo qilib, faxriylarni yoʻqlashni nazarda tutyapman. Bu gʻalabaga osonlikcha erishilmagan, gʻalaba boʻlmasligi ham mumkin edi. Gʻalaba kunini xotira kuniga aylantirish faxriylarga nisbatan xurmatsizlik. Huddiki shunday boʻlishi kerak edi shunday boʻldi degandek. Urushga yongʻoq chaqqani borishibdimi otalarimiz. Urushni hamma qoralaydi.Lekin tayyor turish kerak hamma narsaga.
Bugun ham bayram, ham xotira kuni, bu qadrlash faqat urushdagilar uchun emas balki, oramizda yòqlarni yòqlash uchun hamdir. Sardoba suv omboridagi hodisada halok bòlganlarni ham xotirlashdir. Islom Karimov bobomni ham ayniqsa
Esanova H
Bu kunni tantanali qilib nishonlash kimlar uchun to'g'ri fikrdir amma Xotira muqaddas Qadrlash esa savobdir.Vatan uchun o'z jonini fido qilgan har bir yurtdoshimizni nafaqat shu ulug' kunda xotirlashimiz balki ular uchun doimo duoda bo'lishimiz kerak.
Gulnora To'raboyeva
Хакикатни тан олиш керак, нега Галаба куни эмас экан, фашизм устидан козонилган кунку, нега буни Россия учун деб бошкача томонга бураяпсизлар, минг- минглаб турли миллат инсонлар вафот этди, уларни хизмати туфайли ФАШИЗМ устидан галаба козонилди. Байрам киласанми йукми лекин шахид кетган ота- бобаларимиз, момоларимиз учун тиловат килинг, гап чукаламай
Бир нарса аник-ки, боболаримиз 75 йил аввал мана шу куни жуда хурсанд булишган. Ха... 4 йиллик уруш тугаган бу кун. Шунинг учун хам (кам сонли) ветеранларимизни хурсанд килишни истасак бу галабани унутиб булмайди. Хозир сиз 75 йиллик масофадан бу урушни, бу галабани канака тасаввур килишингиздан катъий назар уша пайтда боболаримиз Ватан учун жон беряпмиз деб уйлаган. Ва сиз бугун уларга "сароб учун жон бергансизлар" десангиз хурсанд булишмайди. Ишонинг ветеранлар билан сухбатлашганман.
bugun ulug‘ vatan urushida shahid ketganlarni bedarak yo‘qolganlarni hatto frond ortida fashizim bn kurashganlarni xotirlash kuni
С днем победы
Shahnoza Anvarxanovna
Ikkinchi jahon urushi Rossiya va Gitler urushi deganla o'rganvosin oldin tarixi
Rossiya o'z mustamlaka yerlarini himoya qilish uchun jang qilgan, Germaniya esa hududni kengaytirish uchun jang qilgan. Aslida Rossiya fashizimligini Germaniyadan oldin qilib bo'lgan. Tarihni to'g'ri bilganizda birinchi jahon urishi ham ikkinchi jahon urishi ham europadan boshlangan. Asil maqsad esa o'z hududni kattaytirish bo'lgan.
Ватан учун улмаган узбеклар. Ссср биз учун ватан булмаган хеч качон. Бекорга кирилиб кетган узбеклар. Кераксиз урушда, кераксиз одамлар учун жонини фидо килган. Бугун мотам куни. Уни байрам килиш керакмас. Утганларни хаккига дуо килинса бас.
Хотира куни урушда ҳалок бўлганларни хотирлаймиз, қора уруш келтирган мусибатдан кейин келган ғалабани ҳам тан олмасдан бўлмайди. Ахир уруш қанчадан қанча азоб уқубатларни келтирди! Ота боболаримиз биз учун, ўз яқинлари учун курашдиларку! Шахсан мен бу кунни хотира куни дейиш билан бирга ғалаба куни дейилишига ҳам қарши эмасман, чунки бу ғалабада ўзбек халқининг ҳиссаси катта.
Urush naqadar daxshat bolganini his qilish uchun 'Alvido qurol' va ' Ikki eahik orasi' kabi kitoblarni oqishni tavsiya qilaman oqimaganlar bolsa. Shaxsan men shu asarlarni oqib hech kim urushdan ĝolib yoki manfaatdor bola olmasligini tushunganman. Menimcha kitoblar kinolardan kora ancha kengroq angladhga yordam beradi.
.. Egamberdiyev...
men bir narsa o‘ylanaman bu mening fikrim yoqmasa oldindan uzr
-g‘alaba uchun 500.000 Ota-bobolarimiz shaxid ketgan yana qanchasi bedarak ketishgan joylari jannatdan bo‘lsin qanchadan qancha insonlar otasiz, farzandsiz, turmush o‘rtog‘isiz qolgan bu urushdan keyin bizni bundanda battarroq ,,URUSH" oldinda kutib turgan bu o‘sha ,,QATOG‘ON" degan tinch aholi uchun ochilgan urush qanchadan-qancha olimu fozillar ulamolar shoir va yozuvchilar yostig‘i qurigan SOVUQ YILLAR. Shuning uchun ham bizda hozirgacha o‘sha yillarning ta‘siri bor mana sizga o‘sha gaplardan misol ,,u paytlar hammayoq arzongarchilik edi" ,,u paytda oziq-ovqat mo‘l edi"...... va hakozo hullas <qorin to‘q quloq tinch> yuraverishgan.Lekin hech o‘ylab ko‘rishmaganki dekabr oyigacha ko‘sak chaqib paxta planini to‘ldirganini, namozlarni yashirinib uy yerto‘lalarida o‘qiganini,halol puliga birorta moshina olib minsa ,,poraxo‘r" deb qamalib ketganini eeee hullas bunga misollar juda ko‘p
Endi asosiy gapga o‘tsak urushdan keyingi davrda SSSR faqat qurol-yarog‘lar,texnikalar va armiyani kuchaytirish bilan ovvora bo‘ldi.Germaniya esa bu hatosini tushunib yetib fan-texnika taraqqiyotini kuchaytirdi butun dunyo tan olgan brentlar paydo bo‘ldi bilasiz bizda bitta gap bor nemistiskiy raschot -degan
Endi o‘zlaring o‘ylab ko‘ringlar Aziz yurtdoshlar balki hozir biz ham dunyo tanigan olimlar yetishib chiqqan davlat bo‘larmidik balki yana bilmadim.....
Assalomu alaykum. Bu kunni Bayram sifatida, bugungi tinchligimiz uchun kurashib ketgan ota-bobolarizni yodi sifatida ularni eslash, Qadrlash, muhim albatta. Bayram deganda musiqani baland qo‘yib, turli xil ichimliklar emas. Shunchaki oila davrasida, Samimiy va o‘zimizdan ketmagan holda nishonlash maqsadga muvofiq menimcha. G‘alabaga yoshu, qarining hizmati singan. O‘sha paytda biz bo‘lmaganmiz. Lekin hozir bormizku, ularga munosib izdosh bo‘lishimiz kerak, menimcha.
XULLAS, Barchangizga Xotira va Qadrlash kuni muborak bo‘lsin.
Show next 100 comments