Сизнинг юқоридаги постга муносабатингиз қандай?

9 май Сиз учун аслида қандай кун? Қуйида шу ҳақдаги фикрларингизни билдиришингиз мумкин.

Шунингдек, урушда қатнашган ота-боболарингиз бўлса, уларнинг хотиралари билан ўртоқлашишингиз ҳам мумкин.


👉 @xushnudbek 👈

916 comments

Show 100 more comments
ОМИР
1945
9-may 8-maydan keyingi kun
HAMID
Бугунги замонга хотира ва кадрлаш куни десак тугри булади чунки иккинчи жахон уруши тарихга айланиб булди, шу пайтда одамларни бирлаштирган мамлакат хам йук Уруш катнашувчилариям якин орада колмайди улар ва утганлар хакида факат тарих ва хотирамиз колади
Men uchun ham xotira va qadrlash kuni hisoblanadi. Bu kunda duolar qilib urushda ishtirok etgan bobolarimni xotirlaymiz va tinchlik qadriga yetamiz. G'alaba kuni nishonlashni esa xayolimga ham keltirmaganman
Islomjon Imomaliyevich
Bu kun men uchun koproq dadamning tugilgan kuni sifatida qadrliroq
Албатта бу кун Хотира ва кадрлаш куни Хамда g‘алаба куни. Бу кунда ветеранларни тегишли тартибда табриклашимиз зарур
Duo qilish yoki eslash un bron bir kun belgilanmidi xozram bekorci koment yozb otirgandan kora 2 rakat nafl nomoz oqb xaqilariga bagiwlavorilaaaa eee 1000 xil qarawlaa
Fotima ❤ Zuhra
Бобом 16ёшида 43 йилда урушга кетган екан .берлингача борган лекин уйга кайтганида онаси казо килган екан. уруш дахшатини уша вактларни хатто еслагиси хам келмас еди .хатто фарзандларига уруш хакидаги киноларни хам куришини хохламас еди урушни мен курдим сенлар курма деганидир балки шу сабаб бобомиз олдида уруш хакида гапириш хам такикланган еди Оллох рахматига олсин
Bu kunni nafaqat urushga balki shu vatan uchun xizmat qilganlarni xotirlab qolganlarini esa xolidan xabar olib qadrlanadigan bayram
Ikkita katta tarixiy jinoyatchilarning qarama-qarshiligi uchun jon bergan millionlab askarlar, avval birinchi tomonda keyin ikkinchi tomonda zo'rlangan ayollar, binolarning ostida qolgan bolalar - bunda hech qanday g'alaba yo'q.
Mening katta bobom 1939-yil SSSR armiyasiga harbiy xizmatga yo‘l olgan. Harbiy xizmat muddati tugay deb turganda 1941-yil SSSR ga Germaniya hujum qildi. Bobom frontning old qatorlarida fashistlarga qarshi jang qildilar va Berlingacha bordilar. Urush tugagach faqatgina 1946-yildagina uyga qaytganlar. Ko‘ksi to‘la medal bilan uyga qaytganlarida 2 ta akalari urushga ketib halok bo‘lganini, ota-onalari ham dunyodan o‘tganini bildilar. Uylari esa eshik oynalari tambalab tashlangan qarovsiz bir xaroba edi. Hayotni butunlay yangidan boshlashga majbur bo‘ldilar. Urushda olgan jarohatlari sabab bu kunlargacha yetib kelolmadilar. Oxiratlari obod bo‘lsin.
Bobir
Raxmatullayev 51-16 guruh
G'alaba kuni, ota bobolarimiz bizni avlodlarimiz xotirlasin deb emas, ozodligimiz yo'lida g'alaba uchun jang qilishgan, g'alaba bolmasa xozir tinchgina o'tirvolib xotirlashga imkonimiz bo'larmidi? Menimcha Xotirlash kuni deb bir kunni belgilash bu g'alati, Naxotki aniq bir kunni belgilab qo'yishmasa XOTIRLAMAYMIZMI?
Yog'ee, xalqimiz usha kundan boshlab mustaqil bulib qolganmi? O'ylab gapiring. Hali siz shu xalqimizning minglab ziyololarini qirgan xuddi usha imperiyani zo'r ham dersiz. Ming lanat usha imperiyaga. Ota-bobolarimizning qonini to'kkan, keyin o'zlarining dishmanlari bilan janglarida xalqimizni qalqon qilgan.
Botir Toshmatov Asimjon O'g'li. 7.
Xotira va qadirlash kuni 9-may Islom Abdug'aniyevich Karimov shunday degan edi 2015-yil MDX yigilishida biz bobolarimizni xotirlaymiz
Ertalab "Singlim" deb nomlangan ajoyib film tomosha qildim. Rosti juda yig'latadigan saxnalar ko'p ekan. Filmdagi urush tugaganligi munosabati bn bayram qilinayaotganda maktab ichidagi bolaning yig'lab aytgan gaplaridan ta'sirlandim. Urush tugagani bn bayram qilsang sening otangni meni otamni qaytara oladimi.....? Shu murg'ak bolakayning so'zlarida qanchalik ma'no mijassam.
Gulruh♥️🌊
Ha,Xushnudbek aka sizning fikringizga toʻliq qoʻshilaman (bayram bilan tabriklash borasidagi). Juda qiziq holat boʻldi: telegramda kursdoshlarim guruhiga kirsam bir-birlarini 9-may bilan tabriklashibdi. Smslarni oʻqib kuldim. Bayram sizlarniki emas-ku, 9-may bilan ham tabriklaydimi deb yozdim-da, lekin joʻnatmay oʻchirib tashladim. Kimningdir ensasini qotirmay dedim. Keyin sizning kanalingizga XUSHNUDBEK.UZ ga kirib 9-may bilan tabriklash haqidagi postingizni oʻqib qoldim.😁 Haqiqatan ham ushbu bayram kuni urush faxriylariga, front ortida turib ulkan xizmatlar koʻrsatgan vatandoshlarimizga tabriklar yoʻllasak yarashadi deb oʻylayman. Bundan tashqari bobo-buvilarimizni yoʻqlash, oʻtganlar xotirasiga doui-fotixa qilishni hamda qabrlarini ziyorat qilishni ham unutmaylik.
ماهليو
👍🤲
Bu eskidan qolgan qolip, yani SSSR tuzumdan qolgan majburiy anana bo'lgan. Bugun bunday xavf yo'q, xavf xatar shakllari o'zgargan.
Ko'proq Rossiya bundan o'z manfaati yo'lida foydalanadi. Tinimsiz o'zini maqtaydi, o'zbek, tojik va boshqalar bilan teng g'alabamiz demaydi. Bu bizni g'alabamiz, qolganlar g'alabamizga sherik degan kayfiyati sezilib turadi.

Biz vatanimizni mustaqilligi uchun kurashgan haqiqiy vatanparvarlarni chuqur tanitizhimiz kerak. Qancha pul sarflab kino olyapsan o'shalar haqida ol, yoz, millat birlashsin, milliy ruh kuchaysin. SSSR davrida ku gapirsang kommunistlar o'zlarini katta og'a deb Beshikdan singdirgani millatchi bo'lmasdi da ammo sen ajdodingni bir eslab qolsang millatchi der edi.
Endi kim bizga xalaqit beryapti ???
Vatan yo'lida shahid ketganlar bundaylar soyasida qolib ketmasin, ular eslashga va xotirlashga eng ko'p haqli.
9 may men uchun shunchaki o‘zbek o‘g‘lonlari halok bo‘lgan kun. Chunki bu urush bizning urush emas edi. Bu stalinning urishi edi. Biz ozod yurt bo‘lganimizda 9 may biz uchun hech qanday ahamiyatga ega bo‘lmas edi. Bu urushga ruslar bizni aldab opkirishgan. Amir temurni ham bunga bahona qilib ko‘rsatishgan.
Show next 100 comments