Сизнинг юқоридаги постга муносабатингиз қандай?

9 май Сиз учун аслида қандай кун? Қуйида шу ҳақдаги фикрларингизни билдиришингиз мумкин.

Шунингдек, урушда қатнашган ота-боболарингиз бўлса, уларнинг хотиралари билан ўртоқлашишингиз ҳам мумкин.


👉 @xushnudbek 👈

916 comments

Show 100 more comments
Bobir
Raxmatullayev 51-16 guruh
G'alaba kuni, ota bobolarimiz bizni avlodlarimiz xotirlasin deb emas, ozodligimiz yo'lida g'alaba uchun jang qilishgan, g'alaba bolmasa xozir tinchgina o'tirvolib xotirlashga imkonimiz bo'larmidi? Menimcha Xotirlash kuni deb bir kunni belgilash bu g'alati, Naxotki aniq bir kunni belgilab qo'yishmasa XOTIRLAMAYMIZMI?
Yog'ee, xalqimiz usha kundan boshlab mustaqil bulib qolganmi? O'ylab gapiring. Hali siz shu xalqimizning minglab ziyololarini qirgan xuddi usha imperiyani zo'r ham dersiz. Ming lanat usha imperiyaga. Ota-bobolarimizning qonini to'kkan, keyin o'zlarining dishmanlari bilan janglarida xalqimizni qalqon qilgan.
Botir Toshmatov Asimjon O'g'li. 7.
Xotira va qadirlash kuni 9-may Islom Abdug'aniyevich Karimov shunday degan edi 2015-yil MDX yigilishida biz bobolarimizni xotirlaymiz
Ertalab "Singlim" deb nomlangan ajoyib film tomosha qildim. Rosti juda yig'latadigan saxnalar ko'p ekan. Filmdagi urush tugaganligi munosabati bn bayram qilinayaotganda maktab ichidagi bolaning yig'lab aytgan gaplaridan ta'sirlandim. Urush tugagani bn bayram qilsang sening otangni meni otamni qaytara oladimi.....? Shu murg'ak bolakayning so'zlarida qanchalik ma'no mijassam.
Gulruh♥️🌊
Ha,Xushnudbek aka sizning fikringizga toʻliq qoʻshilaman (bayram bilan tabriklash borasidagi). Juda qiziq holat boʻldi: telegramda kursdoshlarim guruhiga kirsam bir-birlarini 9-may bilan tabriklashibdi. Smslarni oʻqib kuldim. Bayram sizlarniki emas-ku, 9-may bilan ham tabriklaydimi deb yozdim-da, lekin joʻnatmay oʻchirib tashladim. Kimningdir ensasini qotirmay dedim. Keyin sizning kanalingizga XUSHNUDBEK.UZ ga kirib 9-may bilan tabriklash haqidagi postingizni oʻqib qoldim.😁 Haqiqatan ham ushbu bayram kuni urush faxriylariga, front ortida turib ulkan xizmatlar koʻrsatgan vatandoshlarimizga tabriklar yoʻllasak yarashadi deb oʻylayman. Bundan tashqari bobo-buvilarimizni yoʻqlash, oʻtganlar xotirasiga doui-fotixa qilishni hamda qabrlarini ziyorat qilishni ham unutmaylik.
ماهليو
👍🤲
Bu eskidan qolgan qolip, yani SSSR tuzumdan qolgan majburiy anana bo'lgan. Bugun bunday xavf yo'q, xavf xatar shakllari o'zgargan.
Ko'proq Rossiya bundan o'z manfaati yo'lida foydalanadi. Tinimsiz o'zini maqtaydi, o'zbek, tojik va boshqalar bilan teng g'alabamiz demaydi. Bu bizni g'alabamiz, qolganlar g'alabamizga sherik degan kayfiyati sezilib turadi.

Biz vatanimizni mustaqilligi uchun kurashgan haqiqiy vatanparvarlarni chuqur tanitizhimiz kerak. Qancha pul sarflab kino olyapsan o'shalar haqida ol, yoz, millat birlashsin, milliy ruh kuchaysin. SSSR davrida ku gapirsang kommunistlar o'zlarini katta og'a deb Beshikdan singdirgani millatchi bo'lmasdi da ammo sen ajdodingni bir eslab qolsang millatchi der edi.
Endi kim bizga xalaqit beryapti ???
Vatan yo'lida shahid ketganlar bundaylar soyasida qolib ketmasin, ular eslashga va xotirlashga eng ko'p haqli.
9 may men uchun shunchaki o‘zbek o‘g‘lonlari halok bo‘lgan kun. Chunki bu urush bizning urush emas edi. Bu stalinning urishi edi. Biz ozod yurt bo‘lganimizda 9 may biz uchun hech qanday ahamiyatga ega bo‘lmas edi. Bu urushga ruslar bizni aldab opkirishgan. Amir temurni ham bunga bahona qilib ko‘rsatishgan.
Dr. Anvar
Xotira kuni
Boʻlayotgan ishlardan soʻng Karimov ming marta yaxshi edi degan xulosaga yanada amin boʻlyapman.
Телба инсоннинг ахмок одамнинг устидан галаба килган куни. Лекин уша телбалар ва ахмоклар ватан химоячилари хисобланади. (Танганинг иккинчи томони хам бор.)
P.S: Нега уруш? Ахир хаммамиз ватанимиз Ер саййораси, миллатимиз эса инсоният.
Zahriddin Xudoyorov
ôzbekka bir kun dam desa darov bayram qiladi😁😁😁ozrodan keyin Lelini bobom uzbekistoni asoschisi u chegaralarini bôlib bergan deb chiqmasak bôldi meni katta bobom uruwda qatnawgan va biz uchun xotira kuni urush bizga nima berdi oldin shuni anglab yetaylik
Tinchlikni qadriga yetadigan kun.
Сизни постингизни куп укийман.. ба'зан ссылка киламан! Менинг фикрим бу улуг ватан урушини фашизм устидан галабаси куни (1941-45)! 2 жахон уруши галабаси эмас (1939-45) Сиз буни яхши биласиз. Хотиралаш куни деб рахматли президентимиз Каримов И.А кайта номлаган.. мени 2 бобом хам уруш катнашчиси эди. Бири оёксиз.. бири ошкозонсиз кайтган эди. Шулар бутун уруш дахшатни айтиб йигларди. Бобомни бири мустакиллик даврида 12 йил яшади. Шу саволни бергандим: жавоби- утган кетганларни кадрлаш яхши ва савоб.. намоз вакти уларни шанига дуо укимиз.. аммо фашизм галаба козонганда эди Гитлерни Осиё учун алохида режаси бор эди.. интернетдан топ канакалигини деганди.. ушанда биласан нимани хисобига нимага эришганимизни деганди. Гитлер режаси ссылкада
https://anhor.uz/columnists/ww2-ili-velikaya-otechestvennaya?print
Bugun oʻchmas kun paytdagi gʻalabani eslab bobom koʻzlariga yosh oladilar qancha qiyinchilik larni aytadilar ammo oʻylashimcha koʻpini yashiradilar chunki bu koʻz yoshlar iztirobdan alamdan paydo boʻladi. Bugun ham shu haqda soʻzlasharkanmiz gʻoliblikning sovgʻasini koʻrsatdilar oʻsha paytda quloqlari eshitmay qolgan ekan yosh shijoatli edim olloh menga shundey kuch berdiki doʻstlarim yonimda edi gʻalabadan keyin ham 2-3yil asirda yurganmiz mana nasib qilib sizlar bn birgamiz deydilar. Urushdan keyingi yillar ham rosa ogʻir kechganini koʻp esladilar.
Xotira va qadrlash kuni man uchun
Б. Жамалов
Кимдир узбеклар Ватан учун улган эмас дебди. Уша кун, уша давр учун ВАТАН СССР булган. Сиз ва биз ота-боболаримиз танловини танкид килишга хаккимиз йук. Эртанги авлод учун бугунги танловимиз мухокамаси сизнинг фикрингиз билан устма уст тушмаслиги мумкин. Хеч ким бобоси курган уйда яшамайди, канчалик мустахкам булса хам. Узининг хохишига, замонга карайди. Хисса шуки, аввалги авлод учун бу Буюк ГАЛАБА КУНИ булган. Уни биз амалга оширмаганмиз. Шунинг учун уларни танловини хурмат килайлик. Ахир дуне бу куни фашизм деган балодан кутилган.
Bizga umuman keraksiz va foydasiz bo'lgan urushda o'zbek o'g'lonlari nobud bolgan urushda aniq biz g'alab qozonmaganmiz
Гайрат Юлдашев
Факат хотира, ґалабани байрам килиш хато, бу бизни урушмасиди, бизни ґалабаяммас. Нега русоар Марказий Осиёни босиб олган даврдаги, у́збек хонларини парчалаган даврла эсланмаябди ?
Бизнинг уруш эмасди деган гапингизга урушдан кайтган ва кайтмаган миллионлаб аскарлар, колаверса фронт ортида Галаба учун мехнат килган халкимиз нима деб жавоб берарди? Фашист Германияси бутун жахон ахолиси мавжудлигига тахдид булган. Менинг урушим эмас деб четда колиш мумкин эди деган фикр нотугри. Барча Совет иттифоки халкларининг Галабаси бу! Ёки немис армияси русларни енгиб булгандан кейин бизга хужум килмасмиди? Билиб куйинг фашизм мафкурасида арий иркидан ташкари булган хамма халк паст халк хисобланиб йук килишга ёки кул булишга махкум килинган. Охирги йиллардаги бутун ССРИ халклари галабасини кадрсизлантиришга ва тарихни кайта ёзишга булаётган уринишлар самара бераётганини куриш ачинарли. Тугри бу байрам бир вактни узида кайгули кун, Куз ёшлар билан карши олинадиган байрам. Мен учун бу Галаба, уни Кадрлаш ва Хотирлаш куни. Якинлардан хабар олиш учун йилнинг колган 364 куни хам бор!
Дилмурод Умедов
Уруш курбонларсиз бу́лмайди албатта хайкалга сигингандан ку́ра байрам килган макул. Албатта урушда вафот этганларни эслаш керак. Аза тутиб у́тирганинг билан у́лганлар кайтиб келмайди!
Show next 100 comments