Сизнинг юқоридаги постга муносабатингиз қандай?

9 май Сиз учун аслида қандай кун? Қуйида шу ҳақдаги фикрларингизни билдиришингиз мумкин.

Шунингдек, урушда қатнашган ота-боболарингиз бўлса, уларнинг хотиралари билан ўртоқлашишингиз ҳам мумкин.


👉 @xushnudbek 👈

916 comments

Show 100 more comments
Omadoy ZAMUJEM
Nahotki! Albatta bayram albatta xotira albatta qadr kuni bu kun. Nahotki uruw tugadi endi uruw bulmaydi endi qoraxat kelmaydi ... deb yugurib hayqirib yurgan odamlarning xursandchiligiku bu kun. Wu kun odamlar xursand bolib bayram qiliwgan xursand buliwgan yiglawgan xotirlawgan va albatta hammaning hamma narsaning qadriga yetiwgan. Demakki bugun umumlawgan galaba,xotira,qadrlaw kuni! Tamom!
Bunday holatda bitta omilni inobatga olish kerak. Yaʼni agar Germaniya gʻalaba qozonsa nima boʻlardi-yu , Rossiya gʻalaba qozonsa nima boʻlardi. Agar Germaniya bosib olsa balki biz bundanda tez rivojlanardik.
Behruz
Ularni har kuni tilovat qilib eslawimiz kerak iloji bosa
👍
Фикрингиз тўғри, бироқ урушда ёки уруш ортида қатнашган буви ва бувалар билан шахсан шу масалада гаплашганмиз? Неча марта?
Институтга имтиҳон топширилгандан кейин халқ ўқишга кирганлар учун байрам қиладими ёки кирмаганлар учун мотам қиладими?
Оналар, опа сингиллар, ёрлар - аёллар биргина фарзанди қайтганини нишонласинми? Ўтганлари учун мотам маросими қилсинми?
Ғалаба ва хотирлаш куни бўлса яхшироқдир
Бу кун мен ва оилам учун Ғалаба куни бўлиб қолаверади!
Ochilov Lutfulloo
Бобом Берлинда ярадор булган.Хар доим хотирлаймиз
Хотира абадий.Узбекистон ,Ватан абадий.
Ura urani bas qilib hotira va qadrlashni davom ettirish kerak. Urush tarixda qoldi.
Фашизм устидан ҒАЛАБА бўлмаганида ХОТИРА ҳам бўлмас эди.
Menga qolsa xotira va qadrlash kunini boshqa kunga kuchirish kerak. 9-may eslashga arzimaydigan kun. Ruslar va rusparastlar g'oyasi.
Tarix yoʻnalishda oʻqiyman ,talabaman.Kecha juda ajoyib ish boʼldi.Oʻzimni bobom 2 jahon urushi qatnashchisi va ular haqida ,urush davrlari haqida deyarli hech narsa yoʻq edi.Pamyat naroda sayti ishga tushirilganini oʻqib qoldim va undan bobomni ismlarini qidirdim va ular haqida anchagina maʼlumot va arxiv maʼlumotlari joyini bilib oldim.Bobom bir nechta ordenlar sovrindori ekanlar.Shu saytni ishga tushirganlarga rahmat aytib qolaman.Bu mening tarixchi sifatida birinchi tadqiqotim desayam boʻlaveradi.
Ikrom
Германияни устидан галаба козонилган, лекн негадир улар хаммадан яхши яшаябди
Утган ишларга куп вакт сарфламасдан келажак хозирги кун хакида купрок уйлашади.
Динора Толипова
Urushda halok bòlgan, shahid ketgan shaxslarni yod etib, haqlariga duo qilb, shu kunlarimizga shukrona qilish maqsadga muvofiqdir
Gulnoza
Bugungi kun uchun shukrona keltirish, qadriga yetishda yosh avlod uchun o'sha mash'um kunlarning daxshatini tarixiy faktlar, holis yozilgan xujjatlar orqali his qildirish muhim. Lekin urushda qatnashgan va hozir hayot bo'lgan fidokor vatandoshlarimizga bugun TV, radiolarda tinmay aylanayotgan jahon urushi manzaralari, qonli to'qnashuvlardan iborat video lavha yoki bugun bot bot reklama qilinayotgan filmlar bilan o'sha mash'um kunlarni , rutubatli hotiralarni bot bot eslatishga hech hojat yo'q. Ishonch bilan aytaman, ular bu manzaralarni eslashni xohlamaydi. Sovet davrining harbiy salohiyatini ko'z ko'z qilishga qaratilgan harbiy ko'rgazmalar, paradlar ham urush mafkurasini olga surayotganday.
На мунча негативлар куп
Lobar Sobirovna
Bu kun albatta xotirlash, o'tganlarni yod etish kuni. Bizning oilamizda urush bilan bog'liq qiziq tarix bor. Katta bobomlar bilishimcha 5 yoki 6 aka uka bo'lganlar, bobomning akalari urushga ketib halok bo'lganlarida u kishining bitta qiz farzandi bilan qolgan bevasiga ya'ni o'z akasining xotiniga bobomni uylantirib qo'yishgan. Hammaga ma'lumki, o'sha paytlarda shunaqa odat bo'lgan. Bitta farzandli bo'lib, ikkinchi farzandi tug'ilishidan oldin bobom ham urushga ketadilar, ulardan ham qora xat keladi. Shunday qilib urush kasofati bilan yosh boshiga ketma ket ikki aka-ukaga xotin bo'lib, ulardan 3 farzandi bilan beva qolgan katta buvimning taqdirlari shunaqa ayanchli kechgan. Katta bobomning yana bir akalari haqiqiy ismlarini hechkimdan eshitmaganman ammo familiyalari Begimqulov bo'lib urushga ketib, Bakumov Aleksey bo'lib qaytadilar. Gap shundagi bu ism u kishining xizmatdosh do'stiniki bo'lgan. Ular jangdan oldin kelishib olishadi, kim halok bo'lsa tirik qolgan uning ismi sharifini oladi, shu tariqa ular nomlari izsiz ketishini oldini olmoqchi bolganlar balki. Katta amakimiz Bakumov Aleksey urushdan keyin yurtimizga qaytib ancha yillar mehnat qilganlar, uylanib bir etak farzandli bo'lganlar, ularning ayrimlarining ismi ham ruscha, ammamlar u kishini "o'ris bobo" deb chaqirishgan ekan.
👩‍🎓Dilshodjonovna👩‍🎓
Bugun erta tongda dadamning bugun g'alaba kuni,bugun kechga bir osh qiling onasi degan gaplarini eshitdim.Shu payt o'yladim tug'ilganimdan buyon bu kunni men Xotira va qadrlash kuni deb bilaman va bundan keyin ham men uchun shunday kun bo'lib qoladi.Bu kun uchun alohida dasturxon yozib,bayram qilish,ortiqcha isrofgarchilik shart emas menimcha.Faqatgina manashu ozod Vatan uchun fido bo'lganlarni yodga olib,haqlariga duo qilib qo'ysak yetarli.Shuning uchun biz oilaviy saharlik dasturxoni ustida bir narsaga kelishdik,Bugun osh qilib,non yopib mahallamizdagi nuroniylarga,yetim yesirlarga,kam ta'minlangan oilalarga tarqatamiz.Savobi esa Vatan uchun,O'zbek xalqi uchun fido bo'lganlarga borib yetsin Ilohim........
Анвармирзо
aReWoW
На мунча негативлар куп
qaysi fikir sizga negativ tuyuldi
Show next 100 comments