Сизнинг юқоридаги постга муносабатингиз қандай?

9 май Сиз учун аслида қандай кун? Қуйида шу ҳақдаги фикрларингизни билдиришингиз мумкин.

Шунингдек, урушда қатнашган ота-боболарингиз бўлса, уларнинг хотиралари билан ўртоқлашишингиз ҳам мумкин.


👉 @xushnudbek 👈

916 comments

Show 100 more comments
Elbek Umarov
G'alaba bayrami deyishlik, manimcha, ahmoqona...
Husniddin Ibadullayev Ibadulla öğli🌍⚽️🌍⚽️🌍✨🧿✨🧿✨
Assalomu alaykum barcha kanal a'zolariga bu kun ota bobolarimiz mehnatini mevasi jonlari evaziga tinchlik shukuhi fashistlar ustidan qozanilgan ğalaba kuni.
Buyuk bobolarimizni qöygan xissalari tufayli vatanımız shunday uluğ kunlarni erkin, ozod va mehriqaynoq insonlar bilan yonma yon yashayapmiz, bunday millat, mehmondöst, ochiqqöl, insonlar faqat va faqat bizni ÖZBEKISTONIMIZDA bor. Tinchlikimizga köz tegmasin döstlar Özbek millati insonlaridek inson hech qayda yòq.
Albatta ayrimlari bor millatini dinini insofini sotganlar bor lekin bu yuqori körsatgichga chiqa olmaydi va chiqa olmasın ham.
Bayram barchaga muborak bulsin!!!
Uluğbek
Bir kofirni boshqa kofirdan ximoya qilib õlib ketishgan millionlab uzbeklar.shuni nishonlash kerakmi.aksincha õsha paytda ruslarga qarshi urushganlarida balki ertaroq mustaqil bularmidik.bir tomondan nemislar bir tomondan uzbeklar.rossiya digan nom qomasdi extimol
Gʻalaba bayrami muborak
Qani kim ishonadi xonlik davridagi armiyaga, shuni aytinglar kim, 0 bo‘lgan tarixdagi hamma hodisa bizni bugungi ko‘rinishimizga ta'sir o‘tkazgan yaxshimi yomonmi
حمزة
Agar bizlardan tortib olingan tillolarimiz, yer usti, yer osti boyliklarimiz va asosiysi qirğin qilingan ziyoli ota bobolarimiz bõlsa edi hozir eng rivojlangan davlatlardan bõlarmidik
Хуллас СССР мустамлакаси даврида, ўлдирилган, сотилган, қулоқ қилинган, босмачи деб мустамлакачилар томонидан туҳмат қилинган, ГУЛАГ, МАГАДАН, СИБИР каби жойларга юборилган, мажбуран урушга юборилган аждодларимиз, ота боболаримизни ҳеч қачон унутмаймиз.
Assalomu alaykum.Gʻalaba kunida 2-jahon urushida qatnashgan barcha ota-bobolarimiz xotirlanadi, hayot boʻlganlariga davlat tomonidan rahmatlar yogʻdiriladi, sovgʻalar beriladi. Bularning barchasi yaxshi, albatta. Lekin meni bir narsa hayron qoldiradi nega Afgʻon urushi qatnashchilari yodga olinmaydi, 2-jahon urushi qatnashchilari urishga borishgan-u, Afgʻon urushi qatnashchilari dam olishga borib kelishganmi? Ularni hurmati yoʻqmi? Ha balki davlat tomonidan oyliklariga 100000 soʻm pul qoʻshib berilayotgandir, yoki boshqa narsalar qilinayotgandir. Lekin men har doim 2-jahon urushi qatnashchilarini koʻklarga koʻtarishganini koʻramanu, lekin Afgʻon urushi qatnashchilarini eslashdimi yoʻqmi deb oʻylab qolaman. Ha 2-jahon urushi qatnashchilaring gʻalaba bayrami 9-may deyiladi. A, Afgʻon urushi qatnashchilari qadrlanadigan, yoki xotirlanadigan kun qaysi Oʻzbekistonda? Ular ham oʻsha urushda yaralanishgan, qancha mashaqqatlar chekishgan lekin ular bugun eslanayapdimi? Kimdir ularni shu bayramlar bilan qutlab, bugun sizni ham bayramingiz chunki siz ham vatanimiz tinchligi sababchilaridan birisiz deyapdimikan? Boshqalarni bilmadimu men koʻrmayapman! 😔🤔 Davlatimizdan ularni hech boʻlmasa bir ogʻiz xotirlab qoʻyishlarini soʻrardim. Bir ogʻiz tabrik, yoki shirin soʻz kimni oʻldiribdi! Bu gaplarimga eʼtirozlar boʻlsa beʼmalol. Bu mening fikrim.

Malika Soliyeva.
Albatta xotira va qadrlash kuni bulishi kk.
1. Kuplab ota bobolarimiz jon fido qilishgan.
2. Qadrlashimizga sabab ularning fidokorliklaridadir. Meni bobom ham jangda qatnashib sog' omon qaytganlar ammo bir qullaridan uq eganlari sabab barmoqlari qiyshayib qolganlar. Urushda biologik qurollar ham ishlatilgan shekil kuchli zaharlanish oqibatida tanalariga oq tushib qoldi. Ln ular urush haqida kup gapirib bermasdilar chunki buni daxshatli ekani va bizni qurqishimizni xohlamasdilar shekilli. Bobom bundan 6 yil avval7 mayda vafot etdilar. Qadri baland qadrlilar avlodimiz va bu menda faxr tuyg'usini uyg'otadi
Davlatda tarqoqlik bo‘lsa yer osting to‘la tillo bo‘lgani bir pul. U paytda tillani qanday qazib olish ham muammo bo‘lgan qadimgi xonlik odami uchun
Ассалому алайкум хаммага,
9 май санасини нишонламок яхши булар эди.
Ушбу санани нишонлаб хам утганларни эсга олиб, хотирлаб, кадрлаб, уларнинг хаккига дуолар килса булади, Лекин хотира кунида галаба байрамни нишонлаш тугри келмаса керак.
Байрам оркали аждодларимиз курсатган мардликларини кахрамонликларни курсатиш билан уларни хотирлаш асносида фахрланиш мумкин.
Shohjahon Shuxratovich
G'ayridin
Тугри, лекин кофир дейилиши тугрими? Сураганим сабаби куп кураман колган хамма дин вакилларини кофир дейишади.
Ассало алейкум. Ўзи Ўзбекистон бўйича 2-жаҳон уруши қатнашчилари кам қолган. Баъзи бир туманларда йўқ ҳам. Шу уруш қатнашчиларимизга совға саломлар берилаябди. Лекин ушбу совға саломларни ўша туман ҳокимларининг шахсан ўзлари топширса мақсадга мувофиқ буларди. Айрим туман ҳокимлари топшираётгандир,лекин кўпчилик туманларда мудофа бўлимларининг ўзларига топшириб қўйилган. Туман ҳокимлари фаолроқ бўлсин!
Xullas o‘tganlarni ruhi shod bo‘lsin, ular Rossiya yoki boshqa davlat uchun emas, biz uchun kurashishgan. Tarix xatolardan iborat. Quvonarlisi, biz tarixdagi xatolardan xulosa chiqarganimiz
Show next 100 comments