Сизнинг юқоридаги постга муносабатингиз қандай?

9 май Сиз учун аслида қандай кун? Қуйида шу ҳақдаги фикрларингизни билдиришингиз мумкин.

Шунингдек, урушда қатнашган ота-боболарингиз бўлса, уларнинг хотиралари билан ўртоқлашишингиз ҳам мумкин.


👉 @xushnudbek 👈

916 comments

Show 100 more comments
Алмат
Хаммаям улиб колмаслик учун юргани йукда
Insofni odamlani öziga bersin. Davlat chiqma deganda chiqdimi shunaqala kasal böladi. Bunaqa ahmola faqat özimas yon atrofdgilariyam zarar köradi. Davlat 30-35 million pul sarflaydi shuni öziga
Shaxboz Ibadov
НИМА КИЛАМИЗ УЗИМИЗНИ АЛДАБ?!

ОЗГИНА МУЛОХАЗА КИЛАЙЛИК АХИР!!!

КИМНИНГ ГАЛАБАСИ БУ?
сссрНИНГ!

сссрГА КАНДАЙ КИРГАНДИК ВА КЕЙИН НИМА БУЛДИ?
БИЗНИ БОСИБ ОЛИБ УЗЛАРИГА КУШИШГАНДИ, КУЛ КИЛИШГАНДИ!
ДИНИМИЗДАН АЙРИШДИ, МИНГЛАБ ЗИЙОЛИ ВА ВАТАНПАРВАРЛАРИМИЗНИ ОТИШДИ, БОЙЛИКЛАРИМИЗНИ ТАЛАШДИ...!!!

БИЗНИ КУЛ КИЛГАНЛАР МАНФААТИ УЧУН УРУШГАНМИЗ, ХУП, АСЛ ГОЛИБ КИМ?
АСЛ ГОЛИБ УША - БИЗГНИ КУЛ КИЛГАНЛАР!

БУНИ ГАЛАБА ДЕБ НИШОНЛАШДАН ФАКАТ УЯЛИШ КЕРАК! НАКАДАР ЖИРКАНЧ ГАЛАБА...!

ТАГИН ГАЛАБА БОГИ БАРПО ЭТИЛИПТИ... ТАНТАНАЛИ ОЧИЛИПТИ...

ГИТЛЕР ТИРИК БУЛГАН 1941-1945 ЙИЛЛАРДА УНДАН "КИМ БИЛАН УРУШ ОЛИБ БОРЯПСАН" ДЕБ СУРАСАНГИЗ "РУСЛАР" БИЛАН ДЕРДИ!

БУГУН УЗБЕК ТЕЛЕКНАЛЛАРИДА КУРСАТИЛАЙОТГАН УША УРУШ ХАКИДАГИ КИНОЛАРДА ХАМ НЕМИСЛАР ФАКАТ "РУСЛАР" ДЕЯПТИ ВА БУНИ УЗБЕК КАНАЛЛАРИ УЯЛМАСДАН КУРСАТАЯПТИ. КАХРАМОНЛАР КИМЛИГИНИ БИЛАСИЗМИ? "ПАВЛИК", "АЛЙОША", "СЕМЙОНИЧ", "САША"......

БУ УРУШДА МИЛЛИОНДАН ОШИК УЗБЕК ВА УЗБЕКИСТОНЛИКЛАР ХАМ КАТНАШГАНДИКУ!
УЛАРНИНГ КАНЧАСИ ХАЛОК БУЛИБ, ЯНА КАНЧАСИ НОГИРОН БУЛГАНДИКУ!
БУ ФИЛЬМЛАРДА КАНИ УРУШДА КАТНАШГАН БИЗНИКИЛАРНИНГ НОМИ?!

МАНА НИМА УЧУН "ХОТИРА ВА КАДРЛАШ КУНИ" КЕРАК БИЗГА!!!

сссрНИ КУМСАЙДИГАНЛАР, ГАЛАБАНИ НИШОНЛАЙДИГАНЛАР, ПУТИННИ САЛКАМ ХУДО ДЕБ (АСТАГФИРУЛЛОХ), РАМЗАННИ САЛКАМ ПАЙГАМБАР ДЕБ (АСТАХФИРУЛЛОХ) БИЛАДИГАНЛАР, КАРИМОВГА ТОШ ОТАЙОТГАН ХАМЕЛИОНЛАР ФИКР ЮРИТСИН!

КАРИМОВ НЕГА ГАЛАБА КУНИНИ БЕКОР КИЛИБ, "ХОТИРА ВА КАДРЛАШ" КУНИГА УЗГАРТИРГАНИ ХАКИДА ФИКР ЮРИТСИН!

ЧУНКИ, АСЛИДА БИЗНИ КУЛ КИЛГАН, ВАКТИ-ВАКТИ БИЛАН КАТАГОНЛАР КИЛИБ, ИТ КУНИНИ БОШИМИЗГА СОЛГАНЛАРНИНГ ГАЛАБАСИНИ НИШОНЛАШДАН КУРА, "ХАМ ШУ УРУШДА, ХАМ УША ссср КАТАГОНЛАРИДА ХАЛОК БУЛГАН АЙНАН УЗИМИЗНИКИЛАРНИ ХОТИРЛАБ, МУСУЛМОНОНА, УЗБЕКОНА ТАРТИБДА КУРЬОН ТИЛОВАТ КИЛИШ, ЯШАБ КОЛГАНЛАРНИ КАДРЛАШ, КАДРИГА ЕТИШ КЕРАКЛИГИ"НИ ИЛГАРИ СУРГАНДИ. ВА БУ МУТЛОК ТУГРИ ИШ ЭДИ!

НИМАГА?

ЧУНКИ КАРИМОВ ссср УЛГАНИ БИЛАН, ГОЯСИ ТИРИК ЭКАНЛИГИНИ ЯХШИ БИЛАРДИ. БУ ВАКТ МАСАЛАСИ ЭКАНИНИ, РОССИЯДА КУЧЛИ РАХБАР ПАЙДО БУЛСА, БУ ГОЯ ЯНА БОШ КУТАРИШИНИ ЯХШИ БИЛАРДИ.

АФСУСКИ, ШУНДАЙ БУЛДИ ХАМ...

ПУТИН КУЧЛИ ИМПЕРИАЛИСТИК ГОЯЛАР АСОСИДА СИЙОСАТ ЮРИТМОКДА. ЕОИИ, КХШТ (ОДКБ), БОЖХОНА ИТТИФОКИ КАБИ ЛОЙИХАЛАР, МЕХНАТ МУХОЖИРЛАРИ, АЭС КАБИ НОЗИК НУКТАЛАР ОРКАЛИ ЯНА УША ЛАЬНАТИ сссрНИ ЗАМОНАВИЙ КУРИНИШДА ТИКЛАМОКЧИ БУЛЯПТИ

БУНИ ЕВРОПА ИТТИФОКИ ШАКЛИДА БУЛАДИ ДЕБ УЙЛАЙДИГАНЛАР АХМОКДИРЛАР!

ЕОИИДАН КЕЙИН БОЖХОНА ИТТИФОКИГА КИРИШ ТАЛАБИНИ КУЙИШАДИ, УНДАН КЕЙИН КХШТ (ОДКБ)ГА КИРИШНИ ТАЛАБ КИЛИШАДИ!

АГАР БУ ЛОЙИХАЛАР АМАЛГА ОШСА, БОШКАРУВ МОСКВАДА, КРЕМЛДА БУЛАДИ ЯНА!!! БИЗ ЭСА ЯНА КУЛ БУЛАМИЗ!!!

ЧУНКИ, ЕОИИГА, БОЖХОНА ИТТИФОКИГА КИРИШ - ИКТИСОДИЙОТНИ ШУ ТАШКИЛОТЛАР КОИДАЛАРИ АСОСИДА ЮРИТИШ МАЖБУРИЯТИНИ, КХШТ (ОДКБ)ГА КИРИШ - ХАРБИЙ СИЙОСАТНИ ШУ ТАШКИЛОТ КОИДАРИ АСОСИДА ЮРИТИШ МАЖБУРИЯТИНИ ЮКЛАЙДИ.

МАСАЛАН, КХШТ (ОДКБ)НИНГ ШАРТЛАРИДАН БИРИ - УШБУ ТАШКИЛОТГА АЬЗО ДАВЛАТЛАРДАН БИРИГА (МАСАЛАН РОССИЯГА) УШБУ ТАШКИЛОТГА АЬЗО БУЛМАГАН БИРОР ДАВЛАТ (МАСАЛАН АМЕРИКА) ХУЖУМ КИЛСА, УШБУ ТАШКИЛОТГА АЬЗО БУЛГАН БАРЧА ДАВЛАТЛАР УРУШГА КИРИШГА МАЖБУР!!!

ТУШУНЯПСИЗМИ?! сссрНИНГ ХИДИНИ СЕЗЯПСИЗМ?!

МАСАЛАН ПУТИН ВА ПУТИН РОССИЯСИ, МИЛЛАТИ ВА АСЛ ВАТАНИДАН КАТЬИЙ НАЗАР, УША УРУШДА ХАЛОК БУЛГАНЛАРГА ТУПУРИБ КУЙГАН. У ФАКАТ сссрНИНГ ЮК БУЛИБ КЕТГАНИГА АЧИНАДИ ВА ЯНА УНИ ТИКЛАШНИ УЙЛАЙДИ ХОЛОС.

ШУНДАЙ ЭКАН, "ГАЛАБА КУНИ" ЙОКИ "ХОТИРА ВА КАДРЛАШ КУНИ" МАСАЛАСИ - ШУ ИМПЕРИЯНИ ЯНА ТИКЛАШ ЮЛИДАГИ ГОЯВИЙ УРУШДАН БОШКА НАРСА ЭМАС.

МУСТАКИЛ УЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ ФУКАРОЛАРИ, ЭНДИ УЙЛАБ КУРИНГ ВА ХУЛОСА КИЛИНГ - "ГАЛАБА КУНИ"НИ НИШОНЛАЙСИЗМИ ЙОКИ "ХОТИРА ВА КАДРЛАШ КУНИ"НИМИ.....?????!!!!!
Assalomu alaykum. Xushnudbek aka sizga kattakon raxmat! O'zingizni shaxsiy botingizniyam biz fuqarolarga ayting biz ham sizga u bu masalada huquqiy maslahat so'rab turamiz aka. Hecham topolmayman botizni murojaat qilish uchun!
Oybek
Yusupova.O.Q
Assalomu alaykum.Gʻalaba kunida 2-jahon urushida qatnashgan barcha ota-bobolarimiz xotirlanadi, hayot boʻlganlariga davlat tomonidan rahmatlar yogʻdiriladi, sovgʻalar beriladi. Bularning barchasi yaxshi, albatta. Lekin meni bir narsa hayron qoldiradi nega Afgʻon urushi qatnashchilari yodga olinmaydi, 2-jahon urushi qatnashchilari urishga borishgan-u, Afgʻon urushi qatnashchilari dam olishga borib kelishganmi? Ularni hurmati yoʻqmi? Ha balki davlat tomonidan oyliklariga 100000 soʻm pul qoʻshib berilayotgandir, yoki boshqa narsalar qilinayotgandir. Lekin men har doim 2-jahon urushi qatnashchilarini koʻklarga koʻtarishganini koʻramanu, lekin Afgʻon urushi qatnashchilarini eslashdimi yoʻqmi deb oʻylab qolaman. Ha 2-jahon urushi qatnashchilaring gʻalaba bayrami 9-may deyiladi. A, Afgʻon urushi qatnashchilari qadrlanadigan, yoki xotirlanadigan kun qaysi Oʻzbekistonda? Ular ham oʻsha urushda yaralanishgan, qancha mashaqqatlar chekishgan lekin ular bugun eslanayapdimi? Kimdir ularni shu bayramlar bilan qutlab, bugun sizni ham bayramingiz chunki siz ham vatanimiz tinchligi sababchilaridan birisiz deyapdimikan? Boshqalarni bilmadimu men koʻrmayapman! 😔🤔 Davlatimizdan ularni hech boʻlmasa bir ogʻiz xotirlab qoʻyishlarini soʻrardim. Bir ogʻiz tabrik, yoki shirin soʻz kimni oʻldiribdi! Bu gaplarimga eʼtirozlar boʻlsa beʼmalol. Bu mening fikrim. Malika Soliyeva.
Afg'on urushi haqiqiy bosqinchilik urushi edi. Shuning uchun ham u haqda eslanmaydi. Mana shu urushni aytsa bo'ladi, majburlab olib ketilgan deb.
Зокир
БОБОЛАРИ КАМАЛГАНЛАР УЧУН ХОТИРА КУНИ., БОБОЛАРИ ЖАНГ КИЛГАНЛАР УЧУН ГАЛАБА БАЙРАМИ!!!
Urushda qatnashgan tiriklar uchun bayram, halok bölganlar uchun xotira dse toriro boladi
Аслида хаммани уз шахсий фикри бор бу холат инсонни хурсанд килади 9май бу галаба куни чунки бу тарихий вокея айнан шу куни элон килинган демак хам хотирлаб хам байрам килишга арзигулик сабаб
Фарходжон
Хар бир давлат кандайдир тарихий йулни босиб утади! 9 май мен учун Галаба байрами! Дунеда шу кун фашизм ер тишлаган, бунга эса сабабчилар, уз кахрамонлари бор-бу уларнинг Галабаси! Мен бугун Бакиро фикрларига чидаб туролмадим, нафратландим! Уни фикрларини уша уруш катнашчилари эшитмасин! Дуоибадда колади. Канали ман учун фашистик гоя канали деб билдим ва тарк этдим!
Бошка уруш ва саналарни кушиш тугри иш эмас манимча
Алмат
9 май галаба куни бутун ер юзини фашизм устидан козонилган галабаси учун, Коронавирус устидан галаба килинган кундек бу хам у хам ер юзига келаётган бало эди
Xurshidbek Shomurodov ☑
Kommentlarda ancha bir biriga zid keskin fikrlar bo'layapdi ekan. Mening fikrimcha esa tarixda bo'lgan urushlarni o'rganishda millatlar va davlatlar o'rtasida adovat, qasos hissini uyg'otish emas balki, urushni qanchalar yomonligini tasavvur qilish va his qilish hamda kerakli xulosalar chiqarib kelajakni qurish bo'lishi kerak.!!! Bunaqa u yoki bu millatni ayblab adovat qilish kerak emas. Masalan, usha SSR gacha bo'lgan davrda Ruslarni bosib olishiga kim aybdor ? agarda o'zimiznikilar bir birini talon taroj qilib urushmay birlashganda edi kerak bo'lsa usha ruslarni o'zini ham bosib olar edi. Bundan xulosa qilish kerakki birlashsak har qanday dushmanni yengish mumkinligini. Xuddi shunday 2 jahon urushida ruslarning o'zi getler armiyasiga bardosh berolmasligi mumkin edi. Tabiiyki ruslarni bosib olgandan kn bizgacha ham kelishi mumkin edi. Buni hammamiz bilamiz. Shunday ekan bu g'alaba faqat ruslarni emas bizning ham g'alaba. Endi asosiy mavzuga qaytsak 9- mayni "g'alaba kuni" emas baki g'alaba ruhiyatida "Xotira va qadrlash kuni" sifatida nishonlashimiz kerak.
Nima uchun g"alaba ruhiyatida deyayapman chunki, shundoq ham urushda halok bo'lganlarni yaqinlari va tanishlari ularni halok bo'lgan kunlarini chuqur g'am qayg'u bilan xotirlashadi. A 9 mayda esa urushda halok bo'lganlarni ruhiyat bilan, shukronalik ruhiyati bilan xotirlashsa halok bo'lganlarning ham ruhlari shod bo'lsa kerak menimcha. Yana shuni ham esdan chiqarmaslik kerakki urushdan uyiga tirik qaytganlar uchun bu kun qanchalik xursadchilik kuni bo'lganini, shuning uchun ular uchun ham ruhiyat bilan o'tkazish kerak bu kunni!
9-mayni kutib olishda yoshlarda urush haqida tasavvur va urushni his qilgan holda tegishli xulosa chiqarishi hozizlrgi kunlarni, ozodlikni, tinchlikni qadrlash shukur qilishni o'rganishlari uchun turli xil rasmiy tadbirlar va filmlar ochiq oydin ko'rsatilsa menimcha yaxshi bo'ladi.
Алмат
Агар галаба килинмаганда яна канча одамларни хотирлаб юрардик худди вирус каби
Mening bobom Odilov Nazar 1905 yil tug'ilganlar. Qashqadaryodan 2 jahon urushiga qatnashganlar lekin tug'ilgan joylarini biz bilmaymiz. Aytishlari bo'yicha buxorolik bo'lishgan asli. Bobom urush haqida umuman gapirmasdilar, aniqrog'i buni istamasdilar akalarimning aytishlari bo'yicha. Faqat pulemyot orqasida o'qchi bo'lganlarini aytarkanlar. Bir qancha medallar bilan taqdirlanganlar . Urish haqida dadam , akalarimga umuman gapirishni istamaganlar. 1989 yilda boshlaridagi urushdan qolgan kichik temir zarra ( askolka) natijasida vafot etdilar. Bobomni laqablari "Cho't" ekan. Hamma bizni cho't boboni nevarasimisan deyishadi. Ismlarini hechkim aytmaydi. Sababi judayam cho'rt kesar bo'lgan ekanlar. Hatto do'kon magazinlarda narsalar bobomni belgilagan narxlaridan ruhsatisiz boshqa narxda sotishmas ekan. Aks holda ayovsiz so'kish eshitarkan do'kondorlar. Xullas o'sha paytdagi bloger bo'lganlar desam bo'ladi. Bobomni ohiratlari obod, qabrlari nur bo'lsin. Bobom faxrim! Urush hechqachon bo'lmasin!
Хотира ва кадрлаш куни! Хар томонлама тугри булади шунда, тириклар бирла утганларни хам хотирлаш....
Umuman olganda meni bu g'alabaga tupurganim bor! Bu bizni g'alabamiz emas! Lekin urush paytida xalqlarning mehnatini va aziyatini hurmat qilaman! I.Karimov juda to'g'ri qilgan bu oddiy "Xotira va qadrlash kuni" bolib qolish kerak!
Bizning yangi tarixda bunday sitamli alamli millionlab jonlar evaziga kelgan g'alaba (tag'in o'zimizzzikimas)biz uchun kerak emas!!! "" Millat otasi"" qo'ygan nom menimcha hozirgidan ko'ra durusroq edi
Assalomu alaykum Xushnud aka yahshimisz, nega 9- may xotira va qadrlash kuniga rahmatli birinchi prezidentimiz Islom Karimovni hech kim eslamayapti,bu bobomiz Oʻzbekiston uchun nimalar qilmadi aka Alloh rahmatiga olgan boʻlsin Islom bobomizni..!!🙏
Фаррух Шокиров
Tomoq yirtib chiranishdan foyda yo‘q, shuncha aqlli o‘sha davrda qayerda edi. Bobolarimiz diktator yoki tuzum uchun emas, ozodlik deb atalgan tuyg‘u uchun jon olib jon bergan. Agar Gitler g‘olib bo‘lganida hozir tomoq yirtib aql berayotganlar nemischa gapirib fashizm xizmatkori bo‘lishardi. Farosat bo‘lsa bobolar ruhini norozi qilmaslik uchun G‘ALABA kuniga tegmanglar iltimos
Mr Hudja
Umuman olganda meni bu g'alabaga tupurganim bor! Bu bizni g'alabamiz emas! Lekin urush paytida xalqlarning mehnatini va aziyatini hurmat qilaman! I.Karimov juda to'g'ri qilgan bu oddiy "Xotira va qadrlash kuni" bolib qolish kerak! Bizning yangi tarixda bunday sitamli alamli millionlab jonlar evaziga kelgan g'alaba (tag'in o'zimizzzikimas)biz uchun kerak emas!!! "" Millat otasi"" qo'ygan nom menimcha hozirgidan ko'ra durusroq edi
Meni ham bobom uruwda bo'lganlar 2004 yili 103 yowida vafot etganlar! Lekin har chand qistovga olsakda uruw haqida umuman gapiriwni hohlamagan! O'wa paytlari men esimdi tanigan bola edim savolga tutardim ammo juda huwyor edilar srazi aravani quruq obqochib gapirmaslikni uddalardilar ! Oxiratlari obod bo'lsin!
Andijon viloyati Baliqchi tumani eskixaqqulobod MFY
Shokirov Mashrabxo'ja (1901-2004)
Равшан Бек
Галаба байрами булиши керак .
Одаева Р.🌹
Фарру Шокировни юкоридаги гапларига тулик кушиламан
Show next 100 comments