Сизнинг юқоридаги постга муносабатингиз қандай?

9 май Сиз учун аслида қандай кун? Қуйида шу ҳақдаги фикрларингизни билдиришингиз мумкин.

Шунингдек, урушда қатнашган ота-боболарингиз бўлса, уларнинг хотиралари билан ўртоқлашишингиз ҳам мумкин.


👉 @xushnudbek 👈

916 comments

Show 100 more comments
Mening bobom Odilov Nazar 1905 yil tug'ilganlar. Qashqadaryodan 2 jahon urushiga qatnashganlar lekin tug'ilgan joylarini biz bilmaymiz. Aytishlari bo'yicha buxorolik bo'lishgan asli. Bobom urush haqida umuman gapirmasdilar, aniqrog'i buni istamasdilar akalarimning aytishlari bo'yicha. Faqat pulemyot orqasida o'qchi bo'lganlarini aytarkanlar. Bir qancha medallar bilan taqdirlanganlar . Urish haqida dadam , akalarimga umuman gapirishni istamaganlar. 1989 yilda boshlaridagi urushdan qolgan kichik temir zarra ( askolka) natijasida vafot etdilar. Bobomni laqablari "Cho't" ekan. Hamma bizni cho't boboni nevarasimisan deyishadi. Ismlarini hechkim aytmaydi. Sababi judayam cho'rt kesar bo'lgan ekanlar. Hatto do'kon magazinlarda narsalar bobomni belgilagan narxlaridan ruhsatisiz boshqa narxda sotishmas ekan. Aks holda ayovsiz so'kish eshitarkan do'kondorlar. Xullas o'sha paytdagi bloger bo'lganlar desam bo'ladi. Bobomni ohiratlari obod, qabrlari nur bo'lsin. Bobom faxrim! Urush hechqachon bo'lmasin!
Хотира ва кадрлаш куни! Хар томонлама тугри булади шунда, тириклар бирла утганларни хам хотирлаш....
Umuman olganda meni bu g'alabaga tupurganim bor! Bu bizni g'alabamiz emas! Lekin urush paytida xalqlarning mehnatini va aziyatini hurmat qilaman! I.Karimov juda to'g'ri qilgan bu oddiy "Xotira va qadrlash kuni" bolib qolish kerak!
Bizning yangi tarixda bunday sitamli alamli millionlab jonlar evaziga kelgan g'alaba (tag'in o'zimizzzikimas)biz uchun kerak emas!!! "" Millat otasi"" qo'ygan nom menimcha hozirgidan ko'ra durusroq edi
Assalomu alaykum Xushnud aka yahshimisz, nega 9- may xotira va qadrlash kuniga rahmatli birinchi prezidentimiz Islom Karimovni hech kim eslamayapti,bu bobomiz Oʻzbekiston uchun nimalar qilmadi aka Alloh rahmatiga olgan boʻlsin Islom bobomizni..!!🙏
Фаррух Шокиров
Tomoq yirtib chiranishdan foyda yo‘q, shuncha aqlli o‘sha davrda qayerda edi. Bobolarimiz diktator yoki tuzum uchun emas, ozodlik deb atalgan tuyg‘u uchun jon olib jon bergan. Agar Gitler g‘olib bo‘lganida hozir tomoq yirtib aql berayotganlar nemischa gapirib fashizm xizmatkori bo‘lishardi. Farosat bo‘lsa bobolar ruhini norozi qilmaslik uchun G‘ALABA kuniga tegmanglar iltimos
Mr Hudja
Umuman olganda meni bu g'alabaga tupurganim bor! Bu bizni g'alabamiz emas! Lekin urush paytida xalqlarning mehnatini va aziyatini hurmat qilaman! I.Karimov juda to'g'ri qilgan bu oddiy "Xotira va qadrlash kuni" bolib qolish kerak! Bizning yangi tarixda bunday sitamli alamli millionlab jonlar evaziga kelgan g'alaba (tag'in o'zimizzzikimas)biz uchun kerak emas!!! "" Millat otasi"" qo'ygan nom menimcha hozirgidan ko'ra durusroq edi
Meni ham bobom uruwda bo'lganlar 2004 yili 103 yowida vafot etganlar! Lekin har chand qistovga olsakda uruw haqida umuman gapiriwni hohlamagan! O'wa paytlari men esimdi tanigan bola edim savolga tutardim ammo juda huwyor edilar srazi aravani quruq obqochib gapirmaslikni uddalardilar ! Oxiratlari obod bo'lsin!
Andijon viloyati Baliqchi tumani eskixaqqulobod MFY
Shokirov Mashrabxo'ja (1901-2004)
Равшан Бек
Галаба байрами булиши керак .
Одаева Р.🌹
Фарру Шокировни юкоридаги гапларига тулик кушиламан
Фаррух Шокиров
Umuman olganda tarixga ob‘ektiv yondashish kerak. Dod-voy yoki man-manlik bilan arzon obro‘ga intilish har doimgidek o‘z oyog‘imizga bolta urish degan gap
Фаррух Шокиров
Садокат
Tori etasz lekin Aliwer Navoiy bn hozirgi zamonniyam farqi borku
Alisher Navoiydek buyuk insonning ismi-sharifini to‘g‘ri yozib keyin xotira haqida bahs yuritaylik
Журамурод ☝️🌙
Фаррух Шокиров
Tomoq yirtib chiranishdan foyda yo‘q, shuncha aqlli o‘sha davrda qayerda edi. Bobolarimiz diktator yoki tuzum uchun emas, ozodlik deb atalgan tuyg‘u uchun jon olib jon bergan. Agar Gitler g‘olib bo‘lganida hozir tomoq yirtib aql berayotganlar nemischa gapirib fashizm xizmatkori bo‘lishardi. Farosat bo‘lsa bobolar ruhini norozi qilmaslik uchun G‘ALABA kuniga tegmanglar iltimos
Hozirgi aqllilar hali tugilishmagandi,qayda bolishardi,nemischa gapirib xizmatkor bolishiga kelsakStalin davrida ham jaa mazza qilishmagan...Minglab bobo momolarimizni sibirga badarga qilishgan,qancha qanchasini otib tashlagan osha himoya qilgan "vatani",9 may kimga qanaqa,men uchun galaba kuni emas...
Hayot
Xotira va qadrlash kunida òtganlarni xotirlab qabrlarini ziyorat qilsak ut-ulanlardan tozalasak yaqinlarimizni qadriga yetib bir dasturxon atrofiga yiģilsak dildan suxbat qilsak yaxshiku men hozir yurtimda emasman lekin har yil biz turt farzand 9 may sanasida tuģilib òsgan ota uyimizga yiģilardik hammamiz farzandlarimiz bilan borardik otamni hovlisi nevaralar shovqiniga tulardi katta qozonda osh damlab utganlarni haqiga duo uqib dildan suxbat qilardik ya'ni 9-may dam olish kuni bulgani uchun hammamizni bir dasturxon atrofiga yiģilishimizga ota onamizni, bir birimizni qadrlash uchun bir sababchi kun hozir olisdaman ota onamni farzandlarimni yaqinlarimni akamni singlimni ukamni jiyanlarimni ummuman yurtimni soģinib diyodorlashish kunini kutib yashayapman tòģri bular uchun 9-mayni kutish shartmas ammo bu ham diyodorlashish uchun bir bahona biz uchun
Mr Hudja
Meni ham bobom uruwda bo'lganlar 2004 yili 103 yowida vafot etganlar! Lekin har chand qistovga olsakda uruw haqida umuman gapiriwni hohlamagan! O'wa paytlari men esimdi tanigan bola edim savolga tutardim ammo juda huwyor edilar srazi aravani quruq obqochib gapirmaslikni uddalardilar ! Oxiratlari obod bo'lsin! Andijon viloyati Baliqchi tumani eskixaqqulobod MFY Shokirov Mashrabxo'ja (1901-2004)
Mening bobom ham Haqqulobodlik edilar, Parpiev Abdurahmon, 2007 yili 86 yoshda olamdan o'tganlar. Bolalikda men ham ko'p so'rardim urush haqida, har yili 9 mayga bag'ishlangan bayramga maktabimizga taklif etardik, kostyum ko'kragida to'la nishonlar esimda, juda extiyotkorlik bilan taqadilar, chap qo'li fashist o'qidan lat egan va uni dala gospitalida amputasiya qilishgan, narkozsiz... 22 yoshda... Og'ir jangda oyoqlaridan ham o'q o'tgan. Qolgan umrlarini oqsaqlab yurganlar. Tushlarida urushdagi manzaralarni ko'p ko'rardilar... Xushnudbek, 9 may men va yaqinlarim uchun abadiy va muqaddas xotira!!!
9-mayni gʻalaba kuni sifatida nishonlash ziddiyatli masala. Chunki Germaniya tarkibida kurashib vatanini sovetlardan ozod qilishni maqsad qilgan Turkiston legioni tarkibida ham yuz minglab vatandoshlarimiz boʻlgan. Xotira va qadrlash kuni sifatida qolgani ma'qul.
Одаева Р.🌹
Факат Алишер Навоийда эмас , " то'ri etasz" сузларида хам хато бор. Хулосани узингиз килаверингда Фаррух Шокиров
СССР пайтида март ойини охирги хафтаси хотира куни эди, 9 май ғалаба кунини ўзгартириб хотира куни килиб қўйишди, 9 майни СССРда туғилиб вояга етганлар учун ғалаба куни деб байрам қилиш мақулроқ, агарда янги Ўзбекларга 9 майни ғалаба куни деб байрам сифатида нишонлашни хохиш бўлмаса , байрам қилманг, хеч ким Сизларга мажбурлаётгани йўқ , фақат шундай мақолалар билан байрам куни бизни кўнглимизни ранжитяпсизлар холос, бизни хам бу дунёда яшашимизга хуқуқимиз борми ? Хукуматни эгаллаб олиб бизни хуқуқимизни чеклаб қўйдингиз, бир кун келиб Сизларни хам хуқуқларингизни чеклаб қўйишади. (бу дунё қайтар дунё ).
Бизни яшашдан мақсадимиз бор эди, яъни коммунизимни кўрамиз деб яшар эдик, агар коммунизмга эришсак хамма нарса бепул бўлади деб такидлашар эди Бизларга.
Янги Ўзбекларнинг яшашдан бирор бир мақсади борми?
Show next 100 comments