Сизнинг юқоридаги постга муносабатингиз қандай?

9 май Сиз учун аслида қандай кун? Қуйида шу ҳақдаги фикрларингизни билдиришингиз мумкин.

Шунингдек, урушда қатнашган ота-боболарингиз бўлса, уларнинг хотиралари билан ўртоқлашишингиз ҳам мумкин.


👉 @xushnudbek 👈

916 comments

Show 100 more comments
Xushnudbek aka Xotira va qadirlash kuni dedilarku

https://t.me/xushnudbek/5587
9-may rasman urush
tugagan kun demak
bu Ģalaba kuni.
Unda qurbon bòlganlar
insoniyatni ertangi
osoyishta xayoti uchun,
yovuzlikni yengish uchun,
Ģalaba uchun jon berdi.
Òtganlarni xotirlash uchun
aloxida bir kunni belgilab
olishimiz kerakmi ?
Biz nafaqat urushda
xalok bòlganlarni balki
barcha òtgan yaqinlarimiz
ota-bobolarimizni xar kuni
xotirlaymiz,qadrlaymiz va
xaqqiga duo qilamiz.
Камина
Бу точни хотира ва кадирлаш куни Уни устига давлатимиз расман хотира ва кадирлаш куни деб Элон килиб куйибди, бу учун президентга катта рахмат
Мени бобом катнашганлар урушда. Сог-саломат кайтганлар. Ундан ташкари жуда куп юртдошларимиз халок булган урушда. Болалар етим колган. Аёллар тул колган. Халок булганлар оилам, юртим учун деб жанг килган. Нима учун уларни кахрамонликларини унутишимиз керак. Бу манкуртликка кирмайди. Мен хам СССР ни ёмон кураман, лекин халок булган боболаримизни, узи емай фронтга озик-овкат жунатган халкимизни унутмайман. Хар байрамда уларни хотирлайман.
Someone You should admire more than yourself
Fashizm dushman bo'lishi mumkin, lekin bu degani jonizni birovlar uchun qurbon qilishiz kerak degani emas. Urushdan chetda turgan davlatlar ham bo'lgan.
Zamon shunday boʻlgan. Nima siz mahallani suv bossa uyizga kegincha hech narsa qilmay oʻtiraverasizmi?Qachon uyizni suv bossa keyin harakatni boshlaysizakanda unda. Chuqurroq oʻylab koʻring fashizm faqat SSSRni dushmani boʻlmagan. U butun insoniyatni dushmani boʻlgan. Buning yaqqol misoli konslagerlardagi insonlarning taqdiri...
Inobat Yuldashbayevna
9 may Xotira va qadrlash kuni demak òtganlarni xotirlash va bizning kelajakimiz uchun jonini ham ayamay kurashib ģalaba bn qaytgan va hozirgacha hayot Qahramonlarni qadrlashimiz lozim.
Inobat Yuldashbayevna
Bobom 2 jahon urushi qatnashchisi bòlgan. Urushda 2 joyidan òq tekkan. Urushdan keyin 2 yildan keyin oilasiga qaytgan. 1990 yil vafot qilgan. Kòkraki tòla medallar bilan tushgan rasmlari doim kòz òngimda. Buvimizni oldilariga har yili 9 mayda nabiralari yiģilardik. Òtgan yil buvim ham rahmatli omonatini topshirdi. Buviimdan urush davri haqida dildagi gaplarni eshitganmiz. Hech qachon urush bòlmasin.
Одаева Р.🌹
Бу фикрингизга кушиламан
Fikrimcha bu g'alaba kuni, chunki urushga borib vatanini himoya qilishni o'zi uchun faxr etgan shaxid ketgan ota bobolarimiz ham albatta urushda g'alaba bilan uyga, vataniga qaytishni orzu qilishgan ! Bugun ana o'sha shaxid ketgan buyuk insonlarning orzulari ro'yobga chiqqan kun!
Dilxush
Jangda xalok bõlgan minglab ota bobolarimizni xotirlash, qadrlash va xurmat kõrsatish kuni. Jang kim uchun bõlgan bõlsa xam u jangda bizning ajdodlarimiz, front ortidagi farzandidan qoraxat kelgan onalarimiz, yetim qolgan qiz õğillar, beva qolgan ayollarimizning jasorati. Õtkir Xoshimovning Ikki eshik orasi kitobini õqigansiz. Urush daxshatini xis qilgansiz. Shu ota bobolarimizni xotirlash kuni.
Islomov
9 майни байрам сифатида нишонлаш, нишонламаслик хакида бахслар авж олган уша пайтда - ушбу сана Хотира ва Кадрлаш куни сифатида нишонланиши эьлон килинганда, масалага энг окилона ечим топилиб, бу хаммага маькул булганди. Энди унга буюк Галаба сузлари тиркалди.

ВВП тахтга чикканидан буён Великая победа деб канчалик чираниб келаётганига карамай, масаланинг мохияти узгармайди 30 млн фукароси урушда улган давлат учун бу катта мусибатдан бошка нарса эмас.
Bir narsani anglashimiz kerak yurtimiz o'sha vaqtda Rossiya(SSSR)ning mustamlakasi bo'lgan. Rossiya(SSSR) xalqimizdan o'z maqsadlari yo'lida foydalangan Ikkinchi jahon urushida ishtirokimiz ham shunday bo'lgan. Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan g'alabaga kelsak "fashizimni" kommunizmdan hech qanday farqi yo'q. Germaniyani ikkinchi jahon urushidagi mag'lubiyatidan bizga hech qanday foyda bo'lmagan xalqimiz SSSR tarkibidagi boshqa mazlum xalqlar kabi zulm va qashshoqlik girdobida qolavergan. Ikkinchi jahon urushidagi Germaniyaning mag'lubiyatini tarixchi olim Mark Solonin juda yaxshi tariflagan"Osvensim ustidan Kolimaning g'alabasi". Osvensim Gitlerchilar Germaniyasining eng daxshatli konslageri bo'lsa Kolima Stalin tuzumining eng daxshatli konslageri edi. Hurmat bilan Hojiakbar Qosimov
Эслаш керак, ҳотирлаш керак. Аммо ҳайкал қуриш, пойига гуллар қӯйиш бу хато деб ӯйлайман. Ғойибдан дуо қилиб, ӯтганларни ҳақларига тиловот Қуръон қилиб, тирикларимизни йӯқлаб, қадрлашимиз керак
Show next 100 comments