Assalomu alaykum va rahmatillohu va barakatux!

Jamoamiz bilan katta xarajatlar va katta mehnatlar bilan KUNTESTI mobil ilovasini yaratib, bepul ishlashini yoʻlga qoʻydik.

Ilovada har kuni yangi savollar beriladi hamda bu uchun testologlarga, tarjimonlarga va savol kirituvchilarga mehnat haqi toʻlanadi. Zararga boʻlsa ham 3 oydan buyon ishlashda davom etyapmiz. Undan tashqari oʻquvchilarga yanada ishtiyoq berish maqsadida respublika (medal) va viloyat (diplom) gʻoliblarini taqdirlashni yoʻlga qoʻydik, garchi bu ham katta xarajat va mehnat talab qilsa ham.

Shu oʻrinda playmarketga kirib, “oʻzicha zoʻr” boʻlgan ba’zi “aqllilar” past baho berib negativ izoh yozganiga achinasan. Hayotda oʻzing nimanidir qoyillatganmisanki, boshqani mehnatiga baho berasan.

Agar siz ham “oʻzbek oʻzini obroʻyini oʻzi toʻkadi” qabilida ish qilsangiz negativ yozavering, aksincha boshqani mehnatini hurmat qilsangiz quyidagi link orqali kirib 5⭐️ va pozitiv izoh qoldiring:

👉 https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.kunTesti

24 comments

Muborak Faxriddinovna
5
Marg'uba
5
Zulfiya Qurbonova
+5. Hurmatli Adminlar! Mehnatingiz tahsinga loyiq.
Biz Sizlardan minnatdormiz.
Charchamanglar!
Zulfiya Qurbonova
It hurar karvon o'tar" - degan fikr bor. SIZLAR to'g'ri yo'ldasizlar.
Bizlar doimo Sizlarni qo'llab quvvatlaymiz. Ota-onalarimiz bila hamkorlikda. Faqat OLG'A !!!
Zulfiya Qurbonova
It hurar karvon o'tar" - degan fikr bor. SIZLAR to'g'ri yo'ldasizlar. Bizlar doimo Sizlarni qo'llab quvvatlaymiz. Ota-onalarimiz bila hamkorlikda. Faqat OLG'A !!!
E’tiboringiz uchun rahmat. Iloji boʻlsa postda berilgan linkka kirib baho bering va ushbu ijobiy fikrlaringizni shu yoqda ham qoldiring.
Zaxro
Ассалому алайкум. Сизнинг мехнатингиз тахсинга лойик. Ишингизга ривож. 🤲🤲🤲
Qodirova Dilnoza Saparboyevna
Ajjoyib
R I T @
Omadingizni bersin. Biz doimo siz tarafdamiz👍
Shukurullo Xudayqulov
Assalom aleykum Sardor Bazarboyiv va kun testini ijodkorlari sizlarga katta rahmat shunchalik qulizdan kelgancha xarakat qilib farzandlarimiz bilimini oshishiga xizzalarizni qo'shib ketyapsizlar buning uchun sizlarda uta minnatdormiz .
Negativchilarga keladigan bo'lsak ular doim bo'lgan bundan kegin xam bo'ladi.
Ularga e'tibor qilmaslikga harakat qiling chunki ular e'tiborga arzimaydigan odamlar!!!!!
Sizlarga katta rahmat doim sog' salomat bòling ishlarizga omad !
Gap yo‘q bunday ilovalar kam dan kam alloh ishlaringizga rivoj berib hech qachon baraka arimasin
Kamola Muxtorovna
Ҳурматли Сардорбек ва унинг жамоадошлари! Шу халқимиз фарзандлари учун қилаётган меҳнатларингизга Аллоҳ рози бўлсин.Асло чарчаманглар.Янада янги иловалар кутиб қоламиз.
G‘AYRAT MAMATQULOV
Sizlarga olloh madadkor bo‘lsin! Hech qachon charchamanglar! Negativchilarga e‘tibor bermang, ular bunga arzishmaydi...
Show next 9 comments