Assalomu alaykum va rahmatillohu va barakatux!

Jamoamiz bilan katta xarajatlar va katta mehnatlar bilan KUNTESTI mobil ilovasini yaratib, bepul ishlashini yoʻlga qoʻydik.

Ilovada har kuni yangi savollar beriladi hamda bu uchun testologlarga, tarjimonlarga va savol kirituvchilarga mehnat haqi toʻlanadi. Zararga boʻlsa ham 3 oydan buyon ishlashda davom etyapmiz. Undan tashqari oʻquvchilarga yanada ishtiyoq berish maqsadida respublika (medal) va viloyat (diplom) gʻoliblarini taqdirlashni yoʻlga qoʻydik, garchi bu ham katta xarajat va mehnat talab qilsa ham.

Shu oʻrinda playmarketga kirib, “oʻzicha zoʻr” boʻlgan ba’zi “aqllilar” past baho berib negativ izoh yozganiga achinasan. Hayotda oʻzing nimanidir qoyillatganmisanki, boshqani mehnatiga baho berasan.

Agar siz ham “oʻzbek oʻzini obroʻyini oʻzi toʻkadi” qabilida ish qilsangiz negativ yozavering, aksincha boshqani mehnatini hurmat qilsangiz quyidagi link orqali kirib 5⭐️ va pozitiv izoh qoldiring:

👉 https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.kunTesti

24 comments

Show 13 more comments
Kamola Muxtorovna
Ҳурматли Сардорбек ва унинг жамоадошлари! Шу халқимиз фарзандлари учун қилаётган меҳнатларингизга Аллоҳ рози бўлсин.Асло чарчаманглар.Янада янги иловалар кутиб қоламиз.
G‘AYRAT MAMATQULOV
Sizlarga olloh madadkor bo‘lsin! Hech qachon charchamanglar! Negativchilarga e‘tibor bermang, ular bunga arzishmaydi...
🅢🅞🅑🅘🅡
Ишларингизга омад. Фарзандим хар кунги саволларни интиқлик билан кутади.
Dilnoza Adizova
Tashkilotchilarga katta rahmat.O'g'lim har kuni testlarni intiqlik va katta ishtiyoq bilan kutadi.Ayrim kunlari shaxmat musobaqalariga ketsa,ya'ni bizdan uzoqda bo'lsa o'ziga -o'zi afsuslanib qoladi.Qolgan kunlari diyarli har kun qatnashadi.Rahmat barcha tashkilotchilarga mehnatlariz tahsinga loyiq
Nafisa Xodjayeva
Assalom alaykum kun testi menga va bolalarimga juda ma'qul.Har kuni 5 ta savol bolani charvhatmaydi.Hattoki reytingni kuzatib borish odamni zavqlantirib bolani qiziqishini oshiradi.Raqobat yuzaga keladi.Ishlaringizga omad tilayman.Jamoaga gap yo'q.
Assalomu alaykum hurmatli Sardor Bazarboyev va kun testi jamoasi! Kamingizni olloh to‘ldirsin farzandlarimiz uchun qilinayotgan barcha ezgu ishlarizning barakasini ollohim sizlarga va oila a‘zolaringizga o‘n barobar qilib qaytarsin. Ijodingiz gullayversin aslo ortga chekinmanglar. Sizlar buyuk ajdodlarimizga xos shogirdlarni dunyoga tanitmoqdasiz. Omad! Omad! Omad!
Баймуродова Каромат
Ишингизга омад.Иловага гап йўқ зўр зўр. Сардорбек ва жамоадошларига раҳмат. Фарзандим ҳар кунги тестни интизорлик билан кутади.
Juda zoʻr ilova 👍 👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍
Gap yoʻq.Ishlaringizga omad.
Ishlaringizga omad .Zo'r ilova bo'libdi.Shaxsan menga yoqdi
Test pulli bulgan silaga ham shundaymi