#yurtposbonlari

2020 – yilning 27 – iyun kuni Ichki ishlar vazirligi va Xalq ta’limi vazirligi hamkorlikda “Yurt posbonlari” onlayn olimpiada oʻtkaziladi.

Oʻzbekiston Respublikasining 2017 – yil 25 – avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasi yoshlari kunini belgilash toʻgʻrisida” gi qonuniga muvofiq 30 – iyun – Oʻzbekiston Respublikasi yoshlari kuni etib belgilangan. “Yoshlar kuni” ning mamlakatimizda keng nishonlanishi oʻsib kelayotgan avlodni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalovchi va ularni yuksak marralarga chorlovchi beqiyos ragʻbat boʻlib xizmat qilmoqda. Joriy yilning iyun oyi respublikamizning barcha hududlarida “Yoshlar oyligi” deb e’lon qilinib, ushbu oylik doirasida koʻplab samarali ishlar tashkillashtirilmoqda. Jumladan Ichki ishlar vazirligi va Xalq ta’limi vazirligi hamkorlikda mamlakatimizning barcha yoshlari oʻrtasida yoshlarning huquqiy bilimlarini yanada oshirish hamda ularni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash maqsadida joriy yilning 27 – iyun kuni soat 16:00 dan 17:00 gacha boʻlgan vaqt oraligʻida “Yurt posbonlari” onlayn olimpiadasi oʻtkazilmoqda. Mazkur olimpiada yurtimizda olib borilayotgan odilona siyosat va fuqarolarning kundalik maishiy hayotida uchraydigan huquqiy masalalar, shu jumladan qonun ustuvorligini ta’minlash va sud – huquq tizimini yanada isloh qilish, demokratik jamiyatni barpo etish va karantin qoidalari bilan bogʻliq masalalar yuzasidan tayyorlangan test savollari asosida mamlakatimizning barcha yoshlari oʻrtasida o'tkaziladi. Olimpiada gʻoliblari Ichki ishlar vazirligi va Xalq ta’limi vazirligining I, II va III darajali diplomlari va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlanadilar. Shuningdek, qolgan barcha olimpiada ishtirokchilari Ichki ishlar vazirligi va Xalq ta’limi vazirligining sertifikati bilan taqdirlanadi.

👉 @bazarbaevs

132 comments

Judayam to‘g‘ri qilibsizlar, nechi yoshlilar o‘rtasida bo‘ladi
Ro'yxatdan o'tish shartmi yoki kerak emasmi
Test qay tartibda topshiriladi
Nechanchi sinflarga
Munavvar
Assalom-u alaykum menimcha bu to‘g‘ri qaror. Shu o‘rinda yana bir narsani aytmoqchiman o‘quvchi yoshlarga huquqiy ta‘lim berishni yana ham yaxshilash kerak deb o‘ylayman. Huquqiy ta‘lim yaxshi o‘zlashtirilsa kelajak ham ancha yaxshilansa kerak.
Shu kanalda bo'ladimi, yoki boshqasidami ssilkasini tashlang, ro'yxatdan o'tish qanday bo'ladi
Muborak Belyalovna
Assalomu alaykum. Qatnashchilar yoshi haqida, qanday qatnashish to‘g‘risida to‘liqroq ma‘lumot beringlar
yaxshi o'ylabsizlar yaxshi bo'lardi
Elbek Ikromov
Assalomu alaykum qanday qilib rõyxatdan õtsa bõladi shu haqida tõliqroq ma'lumot bersangiz
🌺🌼🌸Л@ЙЛО Р@Ж@БОВН@🌸🌼🌺
Assalomu alaykum. Olimpiada nechanchi sinf òquvchilari uchun. Savollar qaysi kanalga joylanadi.
Qaysi kanalda boʻladi,aytvorilar
Show next 100 comments