#yurtposbonlari

2020 – yilning 27 – iyun kuni Ichki ishlar vazirligi va Xalq ta’limi vazirligi hamkorlikda “Yurt posbonlari” onlayn olimpiada oʻtkaziladi.

Oʻzbekiston Respublikasining 2017 – yil 25 – avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasi yoshlari kunini belgilash toʻgʻrisida” gi qonuniga muvofiq 30 – iyun – Oʻzbekiston Respublikasi yoshlari kuni etib belgilangan. “Yoshlar kuni” ning mamlakatimizda keng nishonlanishi oʻsib kelayotgan avlodni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalovchi va ularni yuksak marralarga chorlovchi beqiyos ragʻbat boʻlib xizmat qilmoqda. Joriy yilning iyun oyi respublikamizning barcha hududlarida “Yoshlar oyligi” deb e’lon qilinib, ushbu oylik doirasida koʻplab samarali ishlar tashkillashtirilmoqda. Jumladan Ichki ishlar vazirligi va Xalq ta’limi vazirligi hamkorlikda mamlakatimizning barcha yoshlari oʻrtasida yoshlarning huquqiy bilimlarini yanada oshirish hamda ularni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash maqsadida joriy yilning 27 – iyun kuni soat 16:00 dan 17:00 gacha boʻlgan vaqt oraligʻida “Yurt posbonlari” onlayn olimpiadasi oʻtkazilmoqda. Mazkur olimpiada yurtimizda olib borilayotgan odilona siyosat va fuqarolarning kundalik maishiy hayotida uchraydigan huquqiy masalalar, shu jumladan qonun ustuvorligini ta’minlash va sud – huquq tizimini yanada isloh qilish, demokratik jamiyatni barpo etish va karantin qoidalari bilan bogʻliq masalalar yuzasidan tayyorlangan test savollari asosida mamlakatimizning barcha yoshlari oʻrtasida o'tkaziladi. Olimpiada gʻoliblari Ichki ishlar vazirligi va Xalq ta’limi vazirligining I, II va III darajali diplomlari va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlanadilar. Shuningdek, qolgan barcha olimpiada ishtirokchilari Ichki ishlar vazirligi va Xalq ta’limi vazirligining sertifikati bilan taqdirlanadi.

👉 @bazarbaevs

132 comments

Show 29 more comments
👍👍👍👍👍👏👏👏
Baxtigul Normamatova
Qaysi saytda buladi
Алишер Кадиров
Гап йук
Qanday ròyxatdan òtsak bòladi.? Alimpiadaga qatnashmoqchi edik iltimos.
31 yoshliglar ham ishtirok etsabo'ladimi? Agar bo'lsa registratsiya qanday bo'ladi?
tezroq kelsa shu kun.O'zimni sinab ko'rardim.😉😆😀
Qanday qilib ro‘yxatdan o‘tishni yozmagan
Mo‘minova Barchinoy
Ro'yxatdan o'tish haqida ma‘lumot berilmaganku
Saytini ham ayting
Jabborova N
Ro‘yxatdan o‘tish saytini soat 16 da yuvoresizmi?
Jabborova N
O‘g‘limni qatnashtirardim
Royxatdan otish qay tartibda amolga oshiriladi
Шохжахон Акбаршох Манзурахон Шукронахон Рафиковлар
yoshi haqida aytilmadiku
Firdavsbek G'afforov
Qanday qatnashamiz? Ro'yxatdsn o'tish kerakmi?
Assalomualaykum bugun 27 iyun olimpiada bo'ladigan kun.Qanday qilib qatnashamiz?,ro'yhat shakillatirildimi?,yoki har kim o'zi saytiga kirib qatnashaveradimi? Iltimos shu savollarga javob bersangiz!
Умурзакова Мухаббат Юлдашевна 5 школа
Мавхум кандайдир. Каердан кирилади олимпиадага аниклик киритиш керак.
Aytilgan saytlarda xam xech qanday u haqida malumot yuq. Bu haqida nimadir bilsangiz aytib yuboring Sardorbek!! Yoki surishririb elon qilib yuboring kanalizda muhlislariz uchun iltimos !!!!
⭐D.S.Jumayev⭐
Hello
Z_U_L_F_I_Y_A
Salom qanday qatnashish kerak qanday ròyxatdan òtish kerak malumot bering
DONIYOROVA /GULJAXON JOBIR
Doniyorova Guljahon
Show next 82 comments