Yosh kimyogarlar olimpiadasi 2-bosqichining o’tkazilish tartibi to’g’risida (2)
•Qolgan 4 ta guruh ishtirokchilariga 3 ta masala taqdim etiladi. Masalalarni yechishingiz uchun ixtiyoringizga 4.5 astronomik soat vaqt berilgan. Qo’shimcha 30 minut esa yechimlaringizni skanerlab tashkiliy qo’mitaga uzatishingiz uchun: olimpiadaga jami 5 soat vaqt ajratilgan.
•Olimpiada 2021-yil 16-may kuni soat 09:00 da boshlanadi. Ayni shu vaqtda savollar olimpiadaning rasmiy telegram kanalida (
@ykouz) e’lon qilinadi. Shu vaqtdan boshlab 5 soat ichida berilgan topshiriqlarni yechib, skanerlab, .pdf formatda telegramdagi
@ykouz_bot manziliga uzatishingiz lozim! Yechimlarni qabul qilishning oxirgi vaqti 16-may soat 14:00.
•Yechimlar oq A4 qog’ozda yoki toza, boshqa yozuvlardan holi bo’lgan odatdagi katak daftarlarga yozilgan bo’lishi kerak.
•1-betga to’liq ism-sharifingiz, viloyat, tuman va tegishli ta’lim muassasi (maktab, litsey, universitet va hokazo), bosqich (sinf, kurs), telefon raqamingiz, pochta manzilingiz yozilgan bo’lishi kerak. 1-betni qolgan qismini ochiq qoldirib yechimlarni 2-betdan boshlang.
•Muhim: 1-betda yozadigan shaxsiy ma’lumotlaringiz (ism familya, telefon raqami, pochta manzili, viloyat ha boshqalar) 1-bosqichda yozganingiz bilan bir xil bo’lishi kerak. Siz yozadigan ma’lumotlaringizni biz 1-bosqich ishtirokchilari ma’lumotlari bilan solishtiramiz va faqatgina 1-bosqichdan o’tganlargina o’rin olib tegishli diplom va sovg’alarga ega bo‘lishlari mumkin. Aks holda olimpiadada o’rin berilmaydi.
•2-betdan boshlab har bir varoq (bet) ning yuqori qismida safiha raqami va ishtirokchi ism-familyasi yozilgan bo’lishi kerak.
•Har bir masala hamda uning shartlari raqamlari javoblar varaqasida keltirilgan bo’lishi kerak.