#abituriyent

⚡️Жорий йилда қуйидаги тоифадаги абитуриентлар учун алоҳида давлат гранти асосида квота ажратилади:

Ногиронлиги бўлган шахслар учун - 2799 ўрин;

Ҳарбий қўмондонлик тавсияномаси бўлган шахслар - 1175 ўрин;

Ҳарбийларнинг фарзандлари учун - 1175 ўрин;

Ички ишлар органлари ходимларининг фарзандлари учун - 705 ўрин;

Меҳрибонлик уйи тарбияланувчилари учун - 1400 ўрин;

Ижтимоий кам таъминланган тоифадаги хотин-қизлар учун - 940 ўрин;

Сўх туманида яшовчи битирувчилар - 500 ўрин.

Имтиёзли шартларда давлат гранти асосида жами 8694та ўрин ажратилмоқда (ўтган йили қарийб 5 мингта эди).


👉 @xushnudbek 👈

577 comments

Show 100 more comments
Rakhmonov
bu xarbiylarni ota onasi bemalol bolasini oqitib olishga qurbi yetadiku 3 ta yonalishda xarbiylar qatnashgan faqat xarbiylar keregmi bu davlatga kadrlar yetishmmasligi kop bolgan chekka qishloq vakillariga berish kere o'zlariga qaytib ishlashlik shartlari blan va yana kadrlar yetishmovchiligini xududlarda organib shunga nisbatan individual xududiy yon bosish keregidi xarbiy oilalarga berilgan buncha imtiyoz manimcha notogri
Dehqonlar,shafyorlar, doktorlar, o'quvchilar yurishuradi bu ketishdi savodsiz,pulsiz bo'lib o'zi shundoq ham ularni oyligi ham puli kam, tovba mana adolat.
Harbiylar va ichki ishlar organlari maoshi yaxshi.Bemalol bolasi yaxshi yeb-ichadi,yaxshi repetitorlarga boradi.Yana imtiyoz ham ularga.Qiynalib hatto ikkita repetitorga borishga sharoiti yetmagan oddiy xalq farzandi kontrakt...Og'zi qiyshiq bo'lsa ham boyning bolasi gapirsin.Fikrim:hamma teng bo'lishi kerak.Faqat bilimlilar kirsin.
Ravshan Bek
So'x tumaniga imtiyoz berilishiga qarshi bo'lganlar, So'xda yashab ko'rganingizda bilardingiz...
Yurtimizda So'xdan ham ahvol og'ir bo'lgan hududlar bor. Uning ustiga So'x Respublikamizda yagona anklava emas
Бобур Абдурахмонов
Ernazarov Sardor
Sardobaliklarga ham qanaqadir bonus boganda yaxshi edi ular ham ancha qiynalib qolishgandi tabiy ofatdan keyin
Toming ketganmi sanlani hamma qiynalganlani grantga uqitursek mutaxasis emas yong'oq bolib chiqadi bular bitirib. O'qimoqchi bosa bilimi bilan kirsin. Kim bosayam.
O'tgan yili 4008 ta edi qo'mondonlikdan tavsiyanomasi borlar uchun. Bu yil nimaga boryo'g'i 900?
Elbek Hudayqulov
Mr.Sobirov
Qaysi kanalda bervotti o'zi
Менимча узрепорт ёки узбекистон 24 да булса кк
Nodir Pulatov
CEFR B1 darajali setifikat taqdiri haqida biror fikr eshitaylik.
Miracle
Men kam taminlanganman. Menga tavsiyanoma beriladimi
Ota-onasining obro-etibori, mansabiga qarab, farzandlariga grant yaratib berish bu bemanilik. Oqiydigan ota-ona emas farzand-ku! Ex, nima ham derdik, hozircha borimiz chu ...
Show next 100 comments