⚡️Ўн учинчи ўлим: коронавирус юқтирган самарқандлик бемор вафот этди

Самарқандлик фуқаро И. (эркак) шу йилнинг 14 май куни оғир аҳволда Республика шошилинч тиббий ёрдам илмий марказига ётқизилади. Ўтказилган диагностик таҳлиллардан сўнг беморда “COVID-19” инфекцияси ҳам аниқланган.

Шундан кейин беморга ихтисослашган тиббий ёрдам кўрсатиш мақсадида Вирусология илмий текшириш институти клиникасига ўтказилган. Бемор узоқ вақт давомида жигар циррози ташхиси билан даволаниб келган. Бундан ташқари, унда семизлик, анемиянинг оғир даражаси каби қатор ҳамроҳ касалликлар ҳам мавжуд бўлган.

Кўрсатилган реанимацион муолажаларга қарамасдан, бемор юрак қон-томир ва ўткир нафас етишмовчилигидан вафот этган.

Юртдошимизни Аллоҳ ўз раҳматига олган бўлсин. Қолган беморларга ўзи шифо берсин.


👉 @xushnudbek 👈

104 comments

Show 39 more comments
Joylari jannatta bòlsu qudo òz fanohida asrasin yaqinlariga hamdardlik tilayman wu kunlarimiz ham òtib osmonimiz yoruq qalblarimiz quvonichga tòla kunlarga yetkarsin qudoning òzi bizga madatkor bòlib hammamizni soģ salomot bòlaylik
Sitora Qurbonova
Ilohim joylari jannatda bo’lsin, Qolgan bemorlarga ham Ollohning ozi shifo bersin, vafot etgan bemorlarning yaqinlariga sabr tilayman. Biz karantin qachon tugashinj kutmay, karantindagilarga shifo so’rashimiz kerak, chunki ular ham kimningdir yaqini, jondan suygan kishisi, inson hayotidan muhimroq narsa yoq.!
₩₩
Bu odam yaxshi tiniyman yaxinda ichagidan apiratsiya buldi apiratsiyadan sung istmasi kutarildi virusga test qilishdi kasalig chxmagan edi keyin axvoli ogirlashib ichagidan qon ochilib tuxtamadi shundan vafot etdi nmaga koronadan uldi deb yozishopti odam xayron
Joylari jannatda bo‘lsin🤲 qolgan bemorlarni Olloh o‘zi shifosini bersin🙏
Joylari jannatda bolsin
Bazi odamlani ozlari davolanmoqchi bolishadi lekin bu notogri ekanligini tushinishmaydi
₩₩
Qarindoshlarini ham test qip kurishdi hechkimda chxmagandi virus
𝓫𝓪𝓫𝓮_𝓬𝓱𝓪𝓻𝓸𝓼𝓲𝓴🦄
Olloh rahmatiga olsin, u deymiz bu deymiz ajali kelgan barbir
Alloh rahmatiga olgan boʼlsin qolgan bemorlarimizga shifo tilaymiz
Ee barbir o'lim haq joylari jannatdan bolsin
Inshaolloh bu dardlar yurtimizni tark etsin
₩₩
Shakhbozbek
Siz tanismi
Qushnim buladi bita mahalada turamiz
Show next 44 comments