Тўлиқроқ маълумот: Диққат, интернетдаги фирибгарлардан эҳтиёт бўлинг!

Сўнгги йилларда кибержиноятлар сони кескин ошиб кетди. Афсуски кўпчилик юртдошларимизнинг молиявий ва ахборот хавфсизлиги бўйича саводхонлиги бироз етишмаслиги сабабли, қаллоблар қўлига тушиб қолишмоқда. Шу сабабли виртуал фирибгарлар ҳақида туркум видеолар тайёрлашга қарор қилдик.

✅ Барчага мурожаат: SMS ОРҚАЛИ КЕЛГАН КОДНИ ҲЕЧ КИМГА АЙТМАНГ!!!

1-ҳолат: Click ёки банк ходимиман деб алдашмоқда

Ҳозирда кўп учраётган ҳолатлардан бирида фирибгарлар ўзини Click компанияси ёки банк ходими деб таништиради.

"Кимдир пластик картангизни ишлатмоқда, бу бизга шубҳали кўринди, пулларингизни ечиб олишлари мумкин, мен сизга ёрдам бермоқчиман", дейди. Бу гаплардан саросимага тушганлар ғойибдан келган халоскорга тўлиқ ишониб қолади.

"Ҳозир сизга СМС орқали код боради, шу кодни айтинг, мен пластигингизни хавфсиз қилиб бераман", дейди халоскор. Шу билан тамом! Кодни айтасиз, улар эса пластикдаги бор пулларни ечиб олишади.

Агар пластикда пулингиз камроқ бўлса, номингиздан банк орқали онлайн қарз олиб, кейин ечиб олишмоқда. Пулларни пластикдан тўғри электрон ҳамёнларга ўтказишаётганлиги учун, уларнинг изини топишни деярли имкони йўқ. Фақат биргина кириш қўнғироқлари орқали топиш мумкиндир (агар интернет ёки хорижий рақам орқали қилишмаган бўлса). Юқоридаги видеода тилга олган танишим ички ишлар органларига ариза билан мурожаат қилган, ҳозирча ҳеч қандай янгилик йўқ.

Албатта, айтишингиз мумкин, нега одамлар бунчалар содда, тўсатдан кимдир телефон қилса ишонаверадими, деб. Аммо фирибгарлар тўсатдан телефон қилишмайди. Улар айнан яқиндагина пластиги орқали тўлов қилган одамларга қўнғироқ қилишади. Масалан, танишим Evos орқали овқат буюртма берган ва Click орқали тўлов қилган. Орадан ярим соатлар ўтиб, фирибгарлар телефон қилишган ва "яқиндагина тўлов қилган экансиз, шундайми?" деб сўрашган. Айнан шунинг учун танишим ҳам фирибгарларга ишониб қолган.

‼️Аммо фирибгарлар яқиндагина пластикдан тўлов қилган одамларнинг телефон рақамларини қаердан олишмоқда? Юқоридаги мисолда айтилганидек, ёки Click, ёки Evos тизимларида бўшлиқ бор. Фирибгарлар уларнинг базасидан фойдаланиб, одамларни алдашмоқда. Компаниялар гарчи буни тан олмаса ҳам, лекин ўз тизимини жиддий текширувдан ўтказишлари керак. "Биз оппоқмиз, бизда ҳаммаси чики-чики" деган баёнотлар билан вазият ўзгармайди. Баёнот ўз йўлига, асосийси реал хавф бор, одамлар ҳақиқатдан алданишмоқда, фирибгарлар қўлига маълумотлар қандайдир қилиб чиқиб кетаётгани ҳам рост. Демак, шу бўйича аниқ амалий ишлар қилиш керак. Токи бошқа инсонлар алданиб қолмасин.

❓Сиз виртуал фирибгарлардан азият чекканмисиз? Унда бизга ўша воқеани сўзлаб беринг, токи қолганлар ҳам бундан тўғри хулоса чиқаришсин ва алданиб қолишмасин. Кейинги видеоларда балки айнан сизнинг ҳолатингизни сўзлаб берармиз.

👉@xushnudbek👈

212 comments

Show 100 more comments
Salom yurtdoshlar. Mana shunday online pul yechib olish bizning oilada bo‘ldi yil boshida. Ular yechib olayotgan pullar asosan Ipoteka kartalardan. Bank xodimlarini ham qo‘li borda bu ishda.
Zagruzka bo‘lgan 4 daqiqa ochida esa pul yechib olingan. Internet orqali
777777
Буни аниклаш учун Банк пластик тизимини, Клик, Эвос ва ИИВ хамкорлигида иш олиб борилмаса фойда си йук барибир.... Масъуллар узини олиб кочиб юраверади
Zoirova Marhabo
Bu to'g'ri
Assalomu alaykum Xushnudbek yaxshimisiz, Hozirda internet orqali oson pul topish haqida e'lonlar to'lib ketdi , Bular Ganoshifo, G'aznaviylar loyihasi, Goldavtotech va hokazolar . Bular va bu kabilar hammasi sodda aholi vakillarini ish bilan ta'minlaymiz deb ularning pullarini shilmoqdalar. Bularni nazorat qiladigan biror davlat organi bormi o'zi .Yana 1xbet ,Mostbet va shu kabilar qanchadan qancha yoshlarning gul umrini xazon qilayotgani barchamizga sir emas. Yoki shahar bedarvozami ???!!!
Ana shu mavzular yuzasidan ham gapirsangiz juda foydali bo'lardi . Zora ana shularga ishonib pul ishlamoqchi bo'lganlar sal bo'lsada sergak tortishsa , ogoh bo'lishsa ...!

Menga ham payme operatoriman dep roossa tel qilishgan, lekin )))
Assalomu alaykum.
Men elektro setda ishlayman xizmat vazifam tufayli bir maxallaga yangi zamonaviy kabel o'rnatdik. Shu vaqtda smartfonim vhontagimdan tushib qolgan ekan. Keyin qidirdim topa olmadim. Telefonim paroli yoq edi. Unda click ilovasi bor edi. Kimdir topib olib barcha pullarni kartasiga o'tkazib olgan ekan. Click kompaniyasiga habar berdim hat jonatdim 20kunda korib chiqisharkan. Darvoqe telefonim yoqolganini ichki ishlar xodimlariga habar berdim foydasi bolmadi afsuski.
Rahmat ishlarizga omad
Sodda odamlardan foydalanadi nolnsoflar
Horijiy raqamdan telefon qilib uzr adashibman deb ochirib qoydi
Buni hech qanday zarari bolmaydimi
!!!!!!!!!!!!!
Assalamu alaykum
2 yil oldin bir dugonamda shunday vaziyat bo'lgan edi. Telegramda shuncha odam qo'shsez shuncha pul beriladi degan kanalga kirib odam qo'shib adminga murojaat qilgan. U bo'lsa parol boradi aytasiz degan va dugonam ayasini plastik karta raqamini bergan kodni aytgan. Plastik kartadan 1000000 so'mni yechib olgandi. Keyin prokoraturaga bankka ko'p joylarga murojaat qilganmiz unga borsak bunga bor bunga borsak unga bor deb tayinli ish chiqmagan. Keyin bir kuchli haker topib bergandi. O'zini ushladi pulni qaytardi
Gulnoza
Menga xorijiy raqamdan 3marta telefon boldi ,keyin owa kodni qayernikiligi b n qiziqip korsam,Avstraliyani kodi ekan,chetdan telfon bolsa,firibgarlar boladi dep ewitganm u n kotarmadim,birpasdan song sizning kodingiz dep raqamlar keldi,sms ni ochirp tawladim
апелсин иловаси яхши менимча ....
Show next 74 comments