Тўлиқроқ маълумот: Диққат, интернетдаги фирибгарлардан эҳтиёт бўлинг!

Сўнгги йилларда кибержиноятлар сони кескин ошиб кетди. Афсуски кўпчилик юртдошларимизнинг молиявий ва ахборот хавфсизлиги бўйича саводхонлиги бироз етишмаслиги сабабли, қаллоблар қўлига тушиб қолишмоқда. Шу сабабли виртуал фирибгарлар ҳақида туркум видеолар тайёрлашга қарор қилдик.

✅ Барчага мурожаат: SMS ОРҚАЛИ КЕЛГАН КОДНИ ҲЕЧ КИМГА АЙТМАНГ!!!

1-ҳолат: Click ёки банк ходимиман деб алдашмоқда

Ҳозирда кўп учраётган ҳолатлардан бирида фирибгарлар ўзини Click компанияси ёки банк ходими деб таништиради.

"Кимдир пластик картангизни ишлатмоқда, бу бизга шубҳали кўринди, пулларингизни ечиб олишлари мумкин, мен сизга ёрдам бермоқчиман", дейди. Бу гаплардан саросимага тушганлар ғойибдан келган халоскорга тўлиқ ишониб қолади.

"Ҳозир сизга СМС орқали код боради, шу кодни айтинг, мен пластигингизни хавфсиз қилиб бераман", дейди халоскор. Шу билан тамом! Кодни айтасиз, улар эса пластикдаги бор пулларни ечиб олишади.

Агар пластикда пулингиз камроқ бўлса, номингиздан банк орқали онлайн қарз олиб, кейин ечиб олишмоқда. Пулларни пластикдан тўғри электрон ҳамёнларга ўтказишаётганлиги учун, уларнинг изини топишни деярли имкони йўқ. Фақат биргина кириш қўнғироқлари орқали топиш мумкиндир (агар интернет ёки хорижий рақам орқали қилишмаган бўлса). Юқоридаги видеода тилга олган танишим ички ишлар органларига ариза билан мурожаат қилган, ҳозирча ҳеч қандай янгилик йўқ.

Албатта, айтишингиз мумкин, нега одамлар бунчалар содда, тўсатдан кимдир телефон қилса ишонаверадими, деб. Аммо фирибгарлар тўсатдан телефон қилишмайди. Улар айнан яқиндагина пластиги орқали тўлов қилган одамларга қўнғироқ қилишади. Масалан, танишим Evos орқали овқат буюртма берган ва Click орқали тўлов қилган. Орадан ярим соатлар ўтиб, фирибгарлар телефон қилишган ва "яқиндагина тўлов қилган экансиз, шундайми?" деб сўрашган. Айнан шунинг учун танишим ҳам фирибгарларга ишониб қолган.

‼️Аммо фирибгарлар яқиндагина пластикдан тўлов қилган одамларнинг телефон рақамларини қаердан олишмоқда? Юқоридаги мисолда айтилганидек, ёки Click, ёки Evos тизимларида бўшлиқ бор. Фирибгарлар уларнинг базасидан фойдаланиб, одамларни алдашмоқда. Компаниялар гарчи буни тан олмаса ҳам, лекин ўз тизимини жиддий текширувдан ўтказишлари керак. "Биз оппоқмиз, бизда ҳаммаси чики-чики" деган баёнотлар билан вазият ўзгармайди. Баёнот ўз йўлига, асосийси реал хавф бор, одамлар ҳақиқатдан алданишмоқда, фирибгарлар қўлига маълумотлар қандайдир қилиб чиқиб кетаётгани ҳам рост. Демак, шу бўйича аниқ амалий ишлар қилиш керак. Токи бошқа инсонлар алданиб қолмасин.

❓Сиз виртуал фирибгарлардан азият чекканмисиз? Унда бизга ўша воқеани сўзлаб беринг, токи қолганлар ҳам бундан тўғри хулоса чиқаришсин ва алданиб қолишмасин. Кейинги видеоларда балки айнан сизнинг ҳолатингизни сўзлаб берармиз.


👉@xushnudbek👈

212 comments

Show 100 more comments
Olx dayaam kop bunaqa fribgarla
Irodaxon Xoʻshboqova
Assalomu aleykum Xushnudbek aka ishlaringizga omad!!! Toʻgʻrisi Oʻzbekistondagi ayrim qonunlarning haqiqiyligiga va fuqarolarni manfaatlari uchun ishlashiga emas sizning maqolalaringizdagi fikrlaringizga koʻproq ishonaman! Qaysi mavzuni yoritmang koʻp xollarda "xalqparvar jonkuyarlar" oʻsha mavzularni jiddiyroq oʻylab koʻrishadi, yaqinda menga xam xuddi shu mazmunda telefon qilishdi kodni aytmadim va zudlik bilan Ichki ishlar xodimlariga ariza bilan murojat qildim. Meni hayron qoldirgan muammo klik kompaniya hodimiman deb oʻzini tanishtirgan firibgarlar meni telefon raqamimni qayerdan olishdi? Kartamdagi operatsiyalardan begona shaxslarning xabardorligi bu xavfsizlik qoidalariga zidku. Bu borada qatʼiy choralar koʻrilishi kerak deb hisoblayman, axborot texnalogiyalari asrida yashar ekanmiz Ichki ishlar organlarining targʻibot giruhidagi xodimlari maxsus roliklar tayyorlashi kerak internet televideniyada aslida klik tizimidan qanday foydalanishni batafsil tushuntirishsin, chunki aldanib qolayotganlar xuquqiy savodxonligi pastligidan shu kuylarga tushishmoqda firibgarlarga qoʻllanilayotgan jazo qoʻlga tushgandan keyingi emotsiyasiyalari bilan oʻrtoqlashsin.
Menda juda qiziq bo'ldi. Qo'ng'iroq qilishdi, kodni so'rashdi, men aytib yubordim. Keyin o'ylab ko'rib tezda click pin kodlarni o'zgartirdim. Lekin ulgurmadim. Plastik kartamda 109805 so'm pul bor edi. 100ming so'm yechib olishdi. 9805 so'mni esa VAQF xayriya fondiga o'tkazib yuborishdi)) Ular Robin Gud deb o'ylayapti shekilli o'zini. Screenshot ilova qildim.
Olx dan rosa ko’paygan
Атажанов Журабек
Биз кликдан фойдаланганимиз учун фойизини тулаймиз кликга банкга ишониб пулларимизни пластикда саклаймиз кандайдир кибержиноятчилар шу тизимдан пул угирласа бунинг учун уша банк ва клик кампанялари тулаб бериши керак деб уйлайман сабаби тизимни хавфсизлигини шулар таъминлаб бериши керак Хушнуд ака шу масалани кутариб беринг одамларда айб йук
🌹 MIRA 📚
Юкоридаги фикрга кушиламан.ростан фоизини тулимиз.тизим хавфсизлигини та,минлаш банк ва клик компанияларини вазифаси. Хар доим хам диккатли була олмимизаю. Шу масала кутарилса яхши буларди.
Juda toʻgʻri fikir havfsizlikni taminlab berishi kerak. menga ham tel qilishdi, clikdanmiz deb kiyn Click deb smsda kod keldi, rus ayol gapirdi nega aytishim kerak desam aytmasez plastikizni blok qilaman dedi bemalol blok qilavering dedim, kiyn 8880 raqamidan tel qilib kodni golosovoy aytdi. Anu ayolga kodni aytmayman bu nomerga 5ta plastik ulangan deb telni oʻchirdim.
1 yil oldin 14 000 000 sum yechib olishgan. Deloni haliyam korib chiqishyabdi, topishmasa kerak uje
Telegramda ko'p keladi soxta havolalar, bittasini o'chirsang boshqasi
Click tizimida mavjud bu bo'shliq(bug yoki)
menda bo'lmaganu lekin aynan kartadan kartaga o'tkazishganida qaysi bank va click ulanganmi yo'qmi buni bilish osonmas yoki Merchant Click orqali yoki boshqa bug sababdir
Assalamu alaykum 6.10 kuni qizimni bog'chasiga to'lov qilishim kerak edi lekin pulim yo'q edi. Man aldanib qoldim. Yolg'iz onaman ikki nafar voyaga yetmagan farzandlarim bor. Man firibgarlaga aldanib qoldim 2000000 bankdan qarz oldi mani nomimga lekin man ishlatmadim u pulni. Kodni berganim xatoyim lekin bank tizimi hech bo'lmaganida tel.n qilib ogohlantirishi kerak dib o'yliman. Turli joylarga xat ariza bilan chiqdim lekin natija bo'lmadi. Nahotki O'zbekistonda xafsizlik axbort tizimi raqmlashtirish juda ham sayoz bo'lsa ketgan pul qaysi raqamga ketganni bilolmasa xavfsizlik bo'limi qatga qaravotdi kim ular jazo berish kerak oddiy halq jabr ko'rmoqda. Aldanib qolganlarni ko'p o'qituvchilar.
Ассалому алайкум Хушнудбек яхшимисиз. Мени банк ходими картангизни муддати ўтган деб алдаб, агробанкга чақириб телефонимни олиб ўзи кодни олган мен содда унга ишонибман. Энди тушуниб етяпман. 5 миллионлик кредитга ариза бергандим, кредит тасдиқланди деган ҳабар бор лекин беришмади,энди эса 5 миллион сўмлик кредит картангиздан ечилади деган смс келди банкдан. Икки ўғлим студент, турмуш ўртоғим вафот этган, ишлаганим билан контракт тулашга қийналяпман, ойлик ҳали тушмади, узкард картамдаги пенсиянинг қолиғини ҳам ечиб олишяпти, ҳайронман. Шунга ақлим етмаганига қаранг,банк ходимига ишониб телефонимни қулига тутқазибман.Давлат одами деб уйлаганманда, илтимос,ёрдам беринг нима қилсам бўлади?
💞💞💞
Assalomu alaykum. Bir kuni bankomatga bordim va u yerda navbat kutib turganlar ko'proq edi. Bir yigit keldi va naqd pul olmoqchimisiz deb so'radi. Men ha deb javob berdim. Qancha deb so'raganda 400000 so'm deya javob qaytardim. Yigit unga plastik kartadan pul o'tkazib berishimni va u menga naqd pul berishini aytdi. Men shoshib turganligim sababli rozi bo'ldim (navbatsiz ishim tezroq hal bo'layotgan edi). U mashinasida turgan 400 ming so'm pulni oldi va qo'limga tutqazdi. Men pullarni sanay boshladim. U esa plastik kartamni so'radi. Men hayron bo'lgancha unga plastik kartamni berdim, men plastik karta orqali pul o'tkazib berishim uchun menga qabul qiluvchining 16 talik karta raqami kerak edi xolos. O'zim informatik bo'lganim uchun e'tiborli bo'lib uning smartfonida bajarayotgan amallarini kuzatib turishga harakat qildim. U mening plastik kartamdagi 16 talik koddan tashqari kartaning amal qilish muddati, ya'ni 4 talik kodni ham kiritdi. Va menga Sms tarzida kod kelishi va 400 ming so'mni o'zi yechib olishini aytdi. Shubhalarim orta boshladi. Telefonimni so'radi, Sms tarzida kelgan kodni olish uchun. Men juda ham ehtiyotkor edim. Telefonimni begonaning qo'liga ishonib topshirmasligim aniq edi. Telefonimdan o'zim qarab kodni aytib turishimni aytdim. Sms ochib ko'rdim va sinchiklab o'qiy boshladim. Xabar "Ushbu kodni faqat firibgarlar so'raydi. Kodni hech kimga aytmang" degan yozuv va oxirida kod yozilgan edi. Darhol men sanab turgan pullarni egasiga qaytarib berdim va pulni bankomatdan ola qolaman, rahmat deya unda uzoqlashdim. U mobil ilova orqali kartamga ulanib olib, keyinchalik ham undan pul yechib yurmoqchi edi, lekin niyati amalga oshmadi. Keyinchalik bu holatni ko'proq uchrata boshladim. Aynan bankomatda navbat kutib turganlardan ishini osonlashtirishlarini aytishadi, qo'llarida bir sumka pul. Xuddi bankomatday 1% xizmat haqi olisharkan. Juda shubhali. Sog'lom, qo'lidan ish keladigan yigitlar firibgarlik yo'li bilan osongina pul undirish harakatida. Ularning maqsadi birovlarning rizqini qiyib, plastik kartasidan osongina pul yechib yurish evaziga huzur-halovatda yashash. Hammani ogohlikka da'vat etish kerak. Bu holat hozirda ancha avj olganining guvohi bo'lmoqdaman.
Shaxzodbek Malikov
1hlsdan ham pullarni yechib olishyapti. Egalari Login parollarni hech kimga bermagan bolishsa ham. Qayerdandir echib olishyapti.
Menda ham 2 3 kunlikda shunday voqe sodir bo'ldi yani menda telegram botda, click botiga ulandim va shu yerda sms kodimni aytdim va pulimni yechib olishdi. Xushnud aka to'g'ri aytyaptila iltimos odamlar sms kodni hech kimga aytmanglar...!
Mening dadamda ham xuddi shunaqa holat sodir bo'lgan dadamga qo'ng'iroq qilib ruscha gapirishgan dadam juda ehtiyotkor inson lekin afsuski, dadamni chalg'itgan narsa yaqindagina plastigini yo'qotganligi bo'ldi plastigiz yo'qolganmi deb so'rashgan dadam shunga chalg'ib ha deb kodni aytib yuborgan va plastigidan 3 million 500 ming so'mni olib qo'yishgan. Qo'shnimizga xuddi o'shanaqa rus tilida gapiradigan odam telefon qilgan va u ham 1 million 500 ming so'mdan ayrildi. Turmush o'rtog'imga ham xuddi o'sha rus tilida gapiradigan odam telefon qildi turmush o'rtog'im juda ehtiyotkor inson kodni aytmadi 4-5 xil raqamdan qo'ng'iroq qilishdi oradan 4-5 kun o'tib rus tilida gapiradigan ayol kishi qo'ng'iroq qildi o'zim urushib tashladim bunaqa firibgarlarga qarshi qanday kurashsa bo'ladi bankka qo'ng'iroq qilsak kodni aytmang deyishdi buni bilamiz lekin o'sha firibgarlarni qanday ushlasak bo'ladi yana qancha insonni halol pullarini olib qo'yishadi qanaqadir yo'li bordir axir.
Xushnud ✓
Mendan ham kodni so'rashdi lekin bermadim.90-947-34-76 shu no'merdan telefon qilishdi.
Show next 21 comments