❗️Бешта йўналишни танлаш жараёнига оид айрим маълумотлар
#abituriyent

5️⃣ Жорий йилги тест синовларида бештагача таълим йўналишини танлаш имконияти мавжуд;

✅ 5та йўналиш дегани, 5та ОТМ дегани эмас. Яъни абитуриент албатта 5та университет ёки институтни танлаши шарт эмас. Битта ОТМнинг 5та йўналишини танлаш ҳам мумкин;

❗️5та йўналиш танлаётганда энг асосий 2та шарт бор:
1) фанлар кетма-кетлиги мос келиши керак;
2) таълим шакли (кундузги, сиртқи, кечки) бир хил бўлиши керак.

❓фанлар кетма-кетлиги мос бўлсин деганда, 3.1 ва 3.2 балл бериладиган 2та фан тўғри кетма-кетликда жойлашиши керак. Масалан, битта йўналишда фанлар қуйидагича:
- математика (3.2 балл;)
- чет тили (3.1 балл).

Иккинчи йўналишда эса бошқача:
- чет тили (3.2 балл);
- математика (3.1 балл).

Гарчи тест олинадиган 2та фан бир хил бўлса ҳам, лекин уларга бериладиган баллар бошқачалиги сабабли абитуриент ушбу йўналишларга бир пайтда ҳужжат топшира олмайди.

‼️ Таълим шакли ҳам албатта мос бўлиши шарт. Яъни бир пайтнинг ўзида ҳам сиртқи, ҳам кундузги таълимни танлаш мумкин эмас. Абитуриент 1-йўналишга кундузги таълимни танладими, демак қолган 4та йўналиш ҳам албатта кундузги бўлиши шарт. Ёки 1-йўналишга сиртқини танласа, қолган йўналишлар ҳам сиртқи бўлиши керак.

⛔️ Ижодий (касбий) имтиҳон топшириладиган йўналишларда фақат битта йўналиш танлаш мумкин, 5тагача йўналиш танлаб бўлмайди. Бу чеклов ҳам ижодий, ҳам тест топшириладиган йўналишларга ҳам тааллуқли;

🎓 Магистратурада ҳам фақат 1та мутахассислик танлаш мумкин;

✅ 5та йўналишларни танлаётганингизда аҳамиятлироқ бўлинг. Чунки танланган биринчи йўналиш устунликка эга. Яъни сизнинг биринчи йўналишдаги тўплаган балларингиз контракт балларига тўғри келсаю, қолган йўналишлардаги тўпланган баллар грант балларига тўғри келса, сиз контракт асосида ўқишга қабул қилинасиз.

🔎 https://abitur.dtm.uz/ - 20 июндан бошлаб, шу сайтга кирилса, қайси фанлар мажмуаси бўйича қайси йўналишларга ҳужжат топшириш мумкинлигини кўрса бўлади.


👉 @xushnudbek 👈

340 comments

Show 100 more comments
Javohir
Raxmat
Hurmatli Xushnudbek men iivning Samarqand akademik litseyiga nomzodman. Menga bu yil litseyga qabul uchun o'tkazilaydigan davlat imtohoni nechta fandan bo'lishini va ular qaysilar ekanligi haqida rasmiy ma'lumot berishlaringizni so'rayman! Javob uchun oldindan rahmat.
ISLOMBEK
Assalomalayku Xushnud aka Men Fovqulota Vaziyatlar Vazirligi akademyasiga hujat topshirgaman imtixon 5 - iyunda bulardi endilikta uzgarib
girajdanski insetutlar bilan birvaqitda bularmish shu tuğrimi unda qaytartibda buladi....
QAHRAMON
Test javoblari o'tgan yilgiga o'xshab bir kundan keyin chiqadimi. Xushnudbek aka.
Кутлимуротов Саньатбек
Assalomu alaykum. Magistratura bosqichida ham besh joyga topshirish mumkinmi? Aniqroq malumot berolmaysizmi, iltimos.
Maqsadli qabul to'g'rusida ma'lumot bervorula biladiganlar bo'lsa. Iltimos licka @nebespokoyte1
Suyarov Ziyodulla
Assalomu alaykum hammaga!
Online xujjat topshirayapmiz, lekin xujjat topshirganligimiz xaqida xech qanday xabar kelmayapti. Qanday ishonch xosil qilsak bo'ladi.
Assalomu alaykum. Bu yil magistraturaga ham testni DTM oladimi? 1-yo'nalishga yurudik universitetni tanlasam, keyingi yo'nalishlarni qanday aniqlasam bo'ladi, shu haqida ma'lumot bersangiz, iltimos.
Ü Ľ K Ë Ñ Ď Ü Ň Ý Ë
Shu to'ğrimi o'zbekcha emasku topshursa bo'ladimi
Xar bir yonalishni qaysi bloklar va ketma ketligini qanday bilsa boladi
Tarix fanidan tayyorlanuvchilar uchun yangi kanal. Rasmli xaritali va boshqa DTM testlarini online ishlang
@tarix_online_2020
Laylo Abdukarimova
Assalomu alaykum. CEFR B1 sertifikati muddati tugamagan bo'lsa kirish imtihonlarida ikkinchi fan uchun imtiyozlimi. Shu haqida aniq ma'lumot kerak edi. Javob uchun oldindan rahmat
🤘Nodir🤘
Саломалейкум бир илтимосим бор.
Узбекистондаги Харьков номидаги юридический университет филиали хакида маълумот берсангиз.
Олдиндан рахмат
Laylo Abdukarimova
Assalomu alaykum. CEFR B1 sertifikati muddati tugamagan bo'lsa kirish imtihonlarida ikkinchi fan uchun imtiyozlimi. Shu haqida aniq ma'lumot kerak edi. Javob uchun oldindan rahmat
1195
71 235 19 14
95 199 19 14
712463857
71 246 10 81


Yuqoridagi raqamlar DTM va Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining Call markazi. Qabul jarayoni bo'yicha istalgan savolizga call-markaz orqali javob olishiz mumkin.

2020-2021-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga qabul jarayoni boshlanishi munosabati bilan Davlat test markazida qo‘ng‘iroqlar (murojaatlar) markazi tashkil etildi.

✅ Markazning ish rejimi:

👉 dushanbadan jumagacha – soat 9:00 dan 18:00 gacha;

👉 shanba – soat 9:00 dan 17:00 gacha;

👉 yakshanba – soat 9:00dan 12:00 gacha;

👉 tushlik – soat 13:00 dan 14:00 gacha.
N.Raxmataliyevna
Salom.Men Namangan davlat universiteti maxsus sirtqi 3chi bosqich talabasiman bu yil bitirdim xali diplom chiqmadi men xam magistiraturaga topshirsam boladimi qanday javob uchun oldindan raxmat
N.Raxmataliyevna
Raxmat
Сирожиддин
Ўтган йили хужжат топшириб ўқишга кира олмаганлар бу йил хам тўлов қиладими? 111500 миқдоридаги тўловди
🤘Nodir🤘
Саломалейкум бир илтимосим бор. Узбекистондаги Харьков номидаги юридический университет филиали хакида маълумот берсангиз. Олдиндан рахмат
Yaroslav Mudriy nomidagi Xarkov milliy Yuridik universitetida 11 mingdan ziyod talabalar tahsil olmoqda. Unda 7 ta umumiy fakultet, 2 ta sirtqi va 2 ta kechki ta'lim bo‘linmalari faoliyat yuritib kelmoqda. O‘zbekistonliklar asosan Xalqaro huquq fakultetida o‘qib kelmoqdalar. Ushbu fakultetda nafaqat xorijiy mamlakatlardagi huquq sohasi, balki ingliz tilini ham mukammal o‘rganish mumkin. 
2018 yilda ushbu fakultetda qiyosiy huquq kafedrasi tashkil etildi va O‘zbekiston Respublikasi Qonunlarini o‘qitish yo‘lga qo‘yildi. Buning uchun 170 soat dars belgilandi.


Oliy ta'lim muassalarida ta'lim eng kamida 4 yil, ko‘pi bilan 6 yilgacha. O‘qishni bitirganlarga mutaxassisligi bo‘yicha xalqaro diplom beriladi. Ta'lim tizimi ikki semestrga bo‘lingan. O‘zbekistonlik talabalar xohish va istaklariga ko‘ra, o‘qishlarini O‘zbekistondagi Oliy o‘quv yurtlariga ko‘chirishlari ham mumkin.
Abituriyentlar Ukrainaga borganidan so‘ng, birinchi haftaning o‘zidayoq doimiy yotoqxona bilan ta'minlanadi. Ota-onalar uchun O‘zbekistondan turib, farzandlari darslarga qatnayotganini kuzatish, davomatni elektron nazorat qilib borish, o‘zlashtirishi, fanlardan olayotgan baholaridan boxabar bo‘lish imkoniyati yaratilgan.
Rus tilini bilmaganlar uchun qo‘shimcha bepul kurslar mavjud.
OTMlarga hujjat topshirish joriy yilning 1 noyabriga qadar davom etadi. O‘qishga yo‘llanma olish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etilishi kerak:
Fuqarolik pasporti nusxasi;Tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma nusxasi;Maktab yoki kasb-hunar kolleji diplomi va ilovasi.
Manzil: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Amir Temur ko‘chasi, 1-A uy.
Mo‘ljal: “Shahriston” metro bekati, Jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tumani sudi binosi.
Telefonlar: +99897 7223010, +99897 4223010, +99897 4333010
Batafsil ma'lumot uchun:
Telegram: @inside-a info
Facebook: @inside_a_study
Instagram: @inside_a_study
Sayt: insidea.info 
Show next 68 comments