This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Билимсиз фарзандларини пора билан ўқишга олиб киришга ҳаракат қиладиган ота-оналарга айтар сўзим шу:

Илтимос, ундан кўра шу пулларни фарзандингизга бевосита билим беришга сарфланг. Зеро эртага қўлида бир парча қоғози (дипломи) бўлсаю, лекин билими бўлмаса, ҳаётда бир умр қийналиб ўтиши мумкин.


👉 @xushnudbek 👈

692 comments

Show 100 more comments
Shohista
Men 12 yildan beri Repititorlik qilaman.O'quvchi hozir ham o'qisa,xohlagan OTMga kira oladi.Hatto Diplomatiya-yu,Meditsina akademiyasiga,Yuridik Insitutga ham.Bu tajribamdan ma'lum.Oddiy oilalarning farzandlariyuqori ballbilan Nomdor oliygohlarga kirishganligining ko'p guvohi bo'lgsnman.
Siz o'ziz xohlahan yo'nalishga kirolmay pastrog'iga kirdizmi,demak,ilmingiz shunga yetadi.
Juda to‘g‘ri fikr men ko‘p o‘ylaganman yo‘li bor deyishadi bitta oliyi diplom olsammikin deb hayolimdan sizni fikringiz o‘tgan qanday ishlayman deb o‘ylaganman.
Super kontrakt tolab, hech narsani bilmasdan oqishga kiryotganlarchi??? Ular ham qandaydir manoda pul bn oqishga kirishyaptikuuu. Togri balki bu davlat BUDJETiga katta foyda keltirar. Lekin xuddi shu davlatning talim sohasiga bolta urish deb qarayman. Bazi yonalishlarga super kontrakt bn kirib oqish davomida organib ketishi mn, bazi misol uchun ingliz tili, matematika shunga oxshash yonalishlar bor, bularga ham hech narsani bilmasdan kirib oqiyotganlar juda kop. Va huddi shu bilimsizligi bn oqishni bititib kelajagimizga dars berishadi. Shaxsan mening super-muper kursdoshlarim mavjud (ingliz tili yonalishi). Ustozlarimiz ularga abc darslarini otishga vaqti yoq. Shuning uchun ham ularni qoniqarsiz baholar bn sessiyadan otkazib yuborishadi. Qoshimcha darslarga borib ham 4 yil ichida dars berish uchun yetarlicha tayyor bolishmaydi. Bu fact. Men esa ularni oquvchilarga dars berib, ozini oquvchilariga masxara bolishlarini hohlamasdim. Ushbu fikrlarim kimlargadir yoqmas lekin, bu jarayonlar achinarli
Бекзод Кахрамонов
Хаётда кийналишини билмадиму канча одамларни умрига зомин булишлари мумкинлигин уйлаб куришармикан
Xushnudbek aka baraka toping, tug'ri so'zlariz, bilim bir umrga xamroh buladi, xozir yaxshi joyda ishlayman, urgangan va urganayotgan bilimim bilan doim lavozimim oshib bormoqda. Barchani kuchli bilim olishini chin kungildan xoxlab qolaman, abiturentlarimizga omad!
Xushnudbek aka iltimos 942390645 raqamiga bir marotaba qongiroq qilib koring oqishga kirgan joyimda qoldrshyapdilar amaliyda 40 50 bal oldinda edm ammo yonmdagilar ni balini maxsimal 63 dan 61 qoyshyapdi eng anq fakt u hech qanday shaetni bajara olmagan vido bor yuribda telefonmga saqlab qoyganman hamma oldindagilarni vidosi bor nohaq qoyilgan ballar ularga
Kechqur. 2 .3 mi korgan paytiz bo'g'laning iltimos
Nodir siz 40 50 oldinda edim diysiz. Lekin bajara olmaganla öqishga kirib ketadi . Chunki ula iyun oylarida pulini berib gaplashib qöyisharkan. Bu fakt. Buni siynim topshirganda guvohi böldik. 2020-2021 öquv yilida. Karupsiya yöq diyishdi lekin uddasidan chiqqan olib yotibdi.
Lekin hozir oldingi yillarga nisbatan ancha kamaygan poraxörlik
Пул билан боласини ўқишга киритган ота-она, пора билан ишга жойлаштиришни ҳам эплайди. Аммо, ўша бола ишлайдими йўқми унинг виждонига ҳавола
Dilafruz Abdurahimova
Pul berib òqishga kirganlar kòpgina bilimli òquvchilarni yòllariga tòģanoq bòlishyapti
Xushnud aka, Press klub da siz haqingizda juda iliq fikrlar bildirildi. Haqiqatan, siz bugungi kun talabalari va abituriyentlariga yaqin koʻmakchi, maslahatgoʻy hamda ularni har taraflama qoʻllab-quvattalydigan shaxs boʻldingiz. Xayrli ishlaringizda yaratgan yor boʻlsin. Mumkin boʻlsa, ana shu fikrlarni (Press klubdagi) kanalga joylang.
Men ham o'quv markazida tayorlanganman boy bolar bor edi umuman o'qimas edi baribir o'qishka kiraman deyishardi muhit boshidan buzilgan karupsiya tanish bilishchilikni yo'q qilsa o'zbekiston juda tez fursatlarda dunyo markaziga chiqadi har sohadan bunga ishonchim komil
Хушнудбек, кутарган муаммо тугри.
Шусиз хам пулини билимга сарфлаган сарфлайверади.
Порага йуналтирганлар пора бераверади
“Super kontrakt” siz aytgan o’sha pullar bilan öqishga kirishning “qonuniy” yöli emasmi? Agar shunday bölsa nega davlat bunga keng yöl ochib beryapti?!
Militsiya hodimining bolasi, soliqchining bolasi, prokurorning bolasi va yana ….ning bolasi bölgani uchun imtiyoz berishchi?! Bu kelajakda kimningdir bolasi bölgan diplomli savodsiz kadrlarni köpaytirish emasmi?!
Нонейм
Мана шунака пул бн укиб битириб талимда ишлаяпкан кадрларнинг окибатида талимда етишмовчиликлар куп булаверади буни касри бутун педагоглар жамоасига уради кейин
Нонейм
Факат талимда эмас бу муаммолар барча сохада булиб келмокда
Сарвар Муҳаммадиев
Хушнуд ака, пора бн ўқишга киришни зарарини айтяпсизу, лекин бир балл олса ҳам, гиперконтракт, супер контрактга катта тўлов эвазига ўқишга қабул қилинаётганлигини айтмаяпсиз. Чунки, Сиз ҳам бошқалар қатори фақат оқимга қараб сузасиз. Аслида, бу нарсалар ҳам пора эвазига ўқишга киргандай гапку! Пули йўқ 1 балл етмай қолса ўқий олмайди. Пули бор 1 балл олса ҳам ўқишга киради. Қани адолат? Нимага шу нарсаларни баралла гапирмайсиз?
Ramazon Nazarov
Yuqori lavozimda ishlaydiganlar o'zlaricha o'qishni kuchirish uchun pedagogika sohasiga kuchirish 56 million so'm deyishadi . To'g'ri ular uchun 56 mln hech narsa emasdir ,lekin oddiy aholi bunday pulni 2yilda ham topa olmaydi.Sal o'ylab gapirish kerak .OTM lardagi ahvolni esa bilishmaydi.Bir xil ustozlar bor talabga javob berishmaydi
Show next 23 comments