❓Ижодий имтиҳон топширадиганлар ҳам рўйхатдан ўтишда тўлов қиладими?

✅ ЖАВОБ: Ҳа, тўлов қилади (агар ўтган йилларда битирган бўлса).

Маълумки, тест синови ўтказиладиган йилдан аввалги йилларда мактаб, коллеж, лицейни тугатганлар тест синовларида иштирок этиш учун базавий ставканинг ярим баравари – 122 минг 500 сўм миқдорида тўловни амалга ошириши керак.

Ўтган йилларда ушбу тўловдан фақат касбий (ижодий) имтиҳон топшириладиган йўналиш учун рўйхатдан ўтган абитуриентлар озод қилинар эди. Аммо жорий йилда қайси йўналишга ҳужжат топширганидан қатъи назар, барча абитуриентлар 3 та фандан мажбурий тест топширади.

Шунга кўра, фақат касбий (ижодий) имтиҳони бор йўналишга топширган абитуриентлар ҳам 122 минг 500 сўмлик тўловни амалга ошириши керак бўлади.

Кимлар тўловдан озод қилинган:

— жорий йилда мактаб, коллеж, лицейни тугатганлар;
— Меҳрибонлик уйи ва Болалар шаҳарчалари битирувчилари;
— тўлиқ давлат таъминотидаги шахслар;
— ногиронлиги бор шахслар.

❗️ЭСЛАТМА: тўловни амалга оширмаган абитуриентлар тест синовларига қўйилмайди. Ушбу тўловни бўлиб-бўлиб амалга оширса ҳам бўлади, фақат 22 июлга қадар (ўша куни ҳам) тўланса бўлди.


👉 @xushnudbek 👈

103 comments

Show 48 more comments
Dilfuza
Bu yil ham ballar yuqori buladimi.utgan yili ligotam bula tureb kera olmadm.kerish ballari juda yuqori.
Ilhom Maxamatov
To'lov qilingan kivtyansiyani imtihonga olib borish shatmi yo ihtiyoriymi javob uchun oldindan raxmat
Siz har yili o‘qishga topshirasiz. Menimcha shu bazani integratsiya qilingami yoki yo‘qligini tekshirazizov.🤔
Ilhom Maxamatov
Xushnudbek
шарт эмас
Raxmat kattakon
Xushnudbek
шарт эмас
Assalomu alaykum Xushnudbek aka, ishlaringiz yaxshimi?, menga bir masalada juda ham yordamingiz kerak(bu mavzugaa oid emas uzur). Tibbiyot Instituti talabasiman, yoshim 25da tabiyki ota onam uylantirish arafasida, men o'zim bilan birga o'qiydigan qizni yoqtiraman, endi masalaga o'tsak - u qiz Qirgiziston fuqarosi lekin millati O'zbek, kontraktda o'qidi men kabi, chet el fuqarolari un kontrakt miqdori 3000$, tog'risi aytaman meni o'zim student bo'lib bu summani tolab berolmiman unga, agarda u O'zbekiston fuqarosiga yani menga turmushga chiqsa O'zbekiston fuqarolari kabi 800$ kontrakt tolaydimi yoki 3000$ ligicha qoladimi?, kontrakini kamaytirishni iloji bormi sababi bizning oilada 4 kishi kontraktda o'qidi, shu masalada maslaxatingizni ayamang yo'l ko'rsating sizdan iltimos
Aniq t6lov t6langanini qayerdan bilsak b6ladi Xushnudbek aka?
𝔹𝕖𝕜𝕫𝕠𝕕
To'lov qilingandan keyin to'lovimiz qabul bo'lgan yoki bo'lmaganligini qanday bilsak bo'ladi ?
Xushnud aka tólovimizni dtm bazasi qabul qilganini qayerdan bilsak buladi
Х.Мелиев
Maqsadli topshirish bandi haqida ham ma'lumot bervoring
Salom bu yil A.Navoiy universitetining kechki ta'lim yònalida ijodiy imtihon bòladimi
Ijodiy imtihon bòlsa poytaxtga borish kerakmi ,lekin poytaxt yopiqku iltimos aytivoringlar
И.Б
Siz ham t6lov qilgansiz sms kelmayaptimi?
Ha keca bankdan tólov qilgandim sms kelmadi men ham bilolmayabman tólovim qabul qilindimi yoki yuqmi
Oddιy βσLα ✌️
Assalomu alaykum. Talaba bóla turib óqishga yana topshirsa talabalar safidan chetlashtiriladimi. Shu xaqida malumot kerak edi
Yana topshirib nima kerak😂😂🤔
И.Б
Yana topshirib nima kerak😂😂🤔
Biz kirolmayabmiz bula yana topshirmoqchi😅
Tòlov qilganimga bir kun buldi lekin sms kelmayapti nma qilish kerak
Show next 34 comments