❓Ижодий имтиҳон топширадиганлар ҳам рўйхатдан ўтишда тўлов қиладими?

✅ ЖАВОБ: Ҳа, тўлов қилади (агар ўтган йилларда битирган бўлса).

Маълумки, тест синови ўтказиладиган йилдан аввалги йилларда мактаб, коллеж, лицейни тугатганлар тест синовларида иштирок этиш учун базавий ставканинг ярим баравари – 122 минг 500 сўм миқдорида тўловни амалга ошириши керак.

Ўтган йилларда ушбу тўловдан фақат касбий (ижодий) имтиҳон топшириладиган йўналиш учун рўйхатдан ўтган абитуриентлар озод қилинар эди. Аммо жорий йилда қайси йўналишга ҳужжат топширганидан қатъи назар, барча абитуриентлар 3 та фандан мажбурий тест топширади.

Шунга кўра, фақат касбий (ижодий) имтиҳони бор йўналишга топширган абитуриентлар ҳам 122 минг 500 сўмлик тўловни амалга ошириши керак бўлади.

Кимлар тўловдан озод қилинган:

— жорий йилда мактаб, коллеж, лицейни тугатганлар;
— Меҳрибонлик уйи ва Болалар шаҳарчалари битирувчилари;
— тўлиқ давлат таъминотидаги шахслар;
— ногиронлиги бор шахслар.

❗️ЭСЛАТМА: тўловни амалга оширмаган абитуриентлар тест синовларига қўйилмайди. Ушбу тўловни бўлиб-бўлиб амалга оширса ҳам бўлади, фақат 22 июлга қадар (ўша куни ҳам) тўланса бўлди.


👉 @xushnudbek 👈

103 comments

Show 73 more comments
Assalamu aleykum. Xushnudbek aka bu yilgi hujjat topshirayotganlarni yo'nalishlar kesimidagi online statikasini qachon bilamiz. Yo'nalishlarga hujjat topshirayotganlar sonini qachon qayerdan bilishimiz mumkin. Iltimos shu haqida ham post yozing.
Ijodiyga onlayin topshirdim lekin beshta yonalish chiqmadi bu yonalishdaxam 5 ta otm chiqadim malumot bering biladiganlar iltimos. Sirtkilar daxam davlat granti bormi
Baxtiyor
Assalomu alaykum yaxshimisiz Xushnud aka . Mani bir yaqinim Xadicha kubroga uqishga topshirgandi davlat tulovi bor ekan 122500 shuni tuladi. Undan tashqari 5 talik yunalishga yani Islom akademyasiga ham topshirdi endi ungayam alohida tulov qilinadimi iltimos shunga javob berib yuboring.
Abdulazizxon Abdumalikxon
Assalomalekum bakalavrni o'tgan yili bitirdim 2020yili ammo usha yil emas bu yil magstraturaga topshirmoqchiman men ham to'lov qilishim kerakmi?javob uchun rahmat
Inomjon...
Assalomu aleykum. Sirtqidayam grant cantrak deb qoyibdi grant ochilganmi ungayam
Assalomu aleykum. Paynet ilovasi orqali to'lov qildim lekin SMS kelmadi, invoys ham yoqolmayapti shunga qanday aniqlik kiritsa bo'ladi ko'pchilikni shu muammo qiynayati
Assalom.alekum oqishini kochirish uchun tolanadigan tabaqalashtirilgan kontrakt summasi qancha
Murodjon Olimjonov
Assalomu aleykum Xushnudbek aka sizga savolim boridi bu yil maktabni tamomlagan abiturent hujjat topshirganda invoys raqam tolov qilish uchun chiqyabdi birinchi yil tolov qilinmasdiku shu oxirida muammo bo'lmaydimi
Xushnudbek
йўқ, битта. Сиртқида давлат гранти йўқ
Lekin bu nohaqlik emasmi tasviriy san'at yonalishi kopgina otmlarda mavjudku agar shunday bolsa 5 ta chiqqan yonalishlar kirish foizi kop bizda esa umuman yoq xisob ekanda maslaxat bering
Ummati Rasululloh
Assalomu alaykum Xushnudbek aka kopchilik shu savolni beryapti shunga aniqlik kiritib bering iltimos
To'lov qilindi qabul boldimi yo'qmi qayerdan bilsak bo'ladi Dtm bn bog'lanishning iloji yo'q
Iltimos shu savolni etiborsiz qoldirmang
Oldindan rahmat
Husanova Iroda
Assalomu alaykum shu yil bitirganlarga ham inovays shakllansa nima boladi ular ham to'lov qilmasa hujjat qabul qilinmasachi qaydan bilsa boladi qabul qilingan yoki qilinmaganini
Husanova Iroda
Qoshnimizni hujjatini topshirib ko'ruvdim shu yil bitirdi lekin to'lov inovaysi hosil bo'ldi endi nima qilay javob bering iltimos
#######
Ижодий имтихон топширадиганлар 5 та жойга укишга топширисса буладими
Yuldoshova Dilrabo
Hujjat topshirdim
Shaxsiy kabinetga kirsam oʻzim haqimda maʼlumotlarni koʻrib bilmayapman.chiqmayapti
Nima qilish kk
Yuldoshova Dilrabo
Kiritgan maʼlumotlarimni yana koʻrib chiqmoqchi edim
Arizangiz qabul qilindi degandi
Lekin yuklab ololmagandim
Iltimos koʻrish uchun nima qilishim kk
Sherbek Bobomurodov
Jurnalistikada mana shu yil ijodiy imtihon bo'ladimi?
Show next 9 comments