Тест учун тўлов қилиш муддати 1 кунга узайтирилди. Лекин ҳаммага эмас

Давлат қабул комиссиясининг 2-сон баёнида касбий (ижодий) имтиҳонлар билан бирга мажбурий учта – она тили (ўзбек, рус ёки қорақалпоқ), метаматика ва Ўзбекистон тарихи фанларидан тест синови орқали бакалавриат таълим йўналишларига ўқишга кириш учун онлайн рўйхатдан ўтган, бироқ белгиланган тўловни амалга оширмаган абитуриентларга бир иш куни ичида тегишли тўловни амалга оширишга рухсат берилди.

❗️Бунда мазкур тоифадаги абитуриентлар бугун 28 июль куни 18:00 га қадар тўловни амалга оширишлари мумкин.

Тўлов муддати фақат ижодий имтиҳони бор йўналишга топширганлар учун узайтирилди. 5 та фандан тест топшириладиган йўналишларга рўйхатдан ўтган ва тўловни амалга оширишга улгурмаганлар учун тўлов муддати узайтирилмади. Демак, улар тестга киритилмайди.

Лекин ҳужжат топширишнинг охирги 3 куни дам олиш кунлари бўлди ва банклар ишламади, боз устига электрон тўлов қилиш тизимида техник муаммолар кузатилди. Шуларни инобатга олиш керакмиди дейманда…


👉 @xushnudbek 👈

406 comments

Show 8 more comments
👩‍💻👑 Usmonova👑👩‍💻
Bersa qolganlargayam berish kerakda. Bu imkonyatdan xamma foydalana olishi xaqoniy bolardi.
Biz ham tulov qilaolmagandik. Hamma uchun 1 kun ochib quysa nima qiladi.
Tehnik nosozliklarni clik ilovasidan umuman tolov qilib bolmaganli hamda banklar ishlamaganligini inobatga olib 1 kun muddat berilsa yaxshi bolar edi. Sababi 1 kun muddat bersa hech narsa kamayib qolmaydi nabarot tushum boladi deb oylayman. Men yozishimni sababi bir dôstimda shu holat yuz berdi.
Қолганларгаям очилсин тўлов чилишга улгиролмаганлим 😔
Suyunov Suyunboy
Hamma teng huquqli menimcha, hammaga uzaytirish kerak
Abdusalomov_Abdunabi
Men ariza xolatmni ko‘rolmayapman
Ariza topshirgan Saytingizga Kirasiz , Ariza topshirishdan oldin Login va parol o'rnatgansiz , osha login parol.ni kiritib kirasizda Arizani yuklab olish degan joyi bor oahattan yuklab olasiz
Ibrohimov Adham
Banklar ishlamaganligi sababli to‘lovni amalga oshira olmadim.Barcha yo‘nalishga to‘lov qilishni ochish kerak.
Hujjat topwiriw ucun yana br kun qoʻwp beriwsa yaxwi boʻlar edi
Imomov
Assalomu alekum.Xushnudbek.Albatta inobatga olish kerek edi.Xar qanday xolatni inobatga olib ish kurish kerak.Nima uchun ularga imkoniyat beriladiyu qolganlarga yuq.Xar kim teng xuquqliku.Tulov qilish uchun umuman elektron tulov ishlamadi.
Toʻgʻri uzaytirish kerak edi hamma uchun. Man bankda kassada ishliman har kun kamida 20 -25 ta abituriyent keladi toʻlov qilamiz deb, lekin toʻlov qilib boʻlmaydi.
Farxod
Xammaga berish kk edi.xali zam bolsa kech emas
3С 279
Turdosh yonalishga perevod qilsa ham tabaqalashtirilgan kontrakt tolash kerakmi ?)
Даниярова Махсуда
Салом ха хамма учун бир кунга узайтирилса жуда яхши буларди биз охирги кун 23 59 гача уриндик утмади
Qolgan yoʻnalishlarga Xam muddat qoʻshib berish kerak
Шундай узайтирилиши керак аслида, чунки байрам кунларига тўғри келди, банклар ишламади, турли иловалардан хам ўтказиб бўлмади тўлов
Узайтириш керак эди факат олдинрок элон килиш керак эди узайтирилади деб. Шу кунларда купчили фоизга тулов килиб берди. Одамлар шунчалик "тадбиркор" булиб кетган. 🤦‍♀️🤦‍♀️🤦‍♀️🤦‍♀️🤦‍♀️ Хар нарсадан пул килишади.
Hammani bir koʻrish kerak edi
Hammaga ochsinda endi juda kop kishi tulolmagan
Haqiqat bormi Xushnud aka. Iltimos siz biz orqali DTM rahbariyatiga tushuntiring! Bizni 3 ta abituriyent to‘lovga vaqtida imkoni bo‘lmasdan qolib ketdi.endi test topshira olmasa hafsalalari yo‘qoladi o‘qish uchun. To‘lov qilishsin shu bechoralar.nima qilishlarini bilmay yuribdi hozir mablag‘i bor to‘lovni ochishsa bo‘ldi.

Xushnud aka javobingizni kutaman
SAYT OxIRGI KUNGA KELIB QOTIB QOLDI,UMUMAN ISHLAMADI,JUDAYAM KOPLAB ABITURIENTLAR ROYXATDAN O'TOLMADI,REGISTRATSIYA QILIB NOMERINI,LEKIN 5 TA UNIVER TANLAY OLMADI? SHULARNI HAM KORIB CHIQILARMIKIN?
Ha toʻgʻri uzaytirilishi yaxshi boʻlardi davlat gʻaznasiga yana pul tusharmidi
Show next 100 comments