Тест учун тўлов қилиш муддати 1 кунга узайтирилди. Лекин ҳаммага эмас

Давлат қабул комиссиясининг 2-сон баёнида касбий (ижодий) имтиҳонлар билан бирга мажбурий учта – она тили (ўзбек, рус ёки қорақалпоқ), метаматика ва Ўзбекистон тарихи фанларидан тест синови орқали бакалавриат таълим йўналишларига ўқишга кириш учун онлайн рўйхатдан ўтган, бироқ белгиланган тўловни амалга оширмаган абитуриентларга бир иш куни ичида тегишли тўловни амалга оширишга рухсат берилди.

❗️Бунда мазкур тоифадаги абитуриентлар бугун 28 июль куни 18:00 га қадар тўловни амалга оширишлари мумкин.

Тўлов муддати фақат ижодий имтиҳони бор йўналишга топширганлар учун узайтирилди. 5 та фандан тест топшириладиган йўналишларга рўйхатдан ўтган ва тўловни амалга оширишга улгурмаганлар учун тўлов муддати узайтирилмади. Демак, улар тестга киритилмайди.

Лекин ҳужжат топширишнинг охирги 3 куни дам олиш кунлари бўлди ва банклар ишламади, боз устига электрон тўлов қилиш тизимида техник муаммолар кузатилди. Шуларни инобатга олиш керакмиди дейманда…


👉 @xushnudbek 👈

406 comments

Show 100 more comments
Faxriddin Mannonov
Juda ko‘pchilik to‘lov qilishga ulgurmagan ularning ko‘pchiligi olis qishloqlarda turushadi ularda plastik ham muammo naqd puli boru uni shaharga tushib kelib to‘lab ketolmagan yordam qilinglar
Опам тулов килишга улгурмадилар. Опамни нонирон фарзанди бор. Курикдан утказаетган эдилар шу орада тулов килсалар тулов мувофакиятли амалга ошмаган дейишган. Кн дам олиш кунлари тугри келган. Хеч булмаса 1 ярим кун ишлаб берсин яна
ХуршидБек
Масалан мен охирги куни топширдим сайтда хам тулов қилишда хам хеч қандай муаммо булмади
Ziyoda
Ohirgi kuni umuman tōlov qilbbomadiki
Ziyoda
Hic qatga yozilmadi wekil tōlovni ohirgi kuni 22chi db ōtgan yili bemalol boganidi
To‘lov talablarini yana ko‘rib chiqishsa yaxshi bo‘lardi. Turmush o‘rtog‘im sirtqi bo‘limga topshirmoqchi bo‘lganlarida to‘lov qilish uchun imkoniyat topa olmay qoldik. Chunki man homiladorman va barcha pul dorilarga ketti. O‘shanda to‘lov uchun imkonimiz bo‘lmadi, endi bu yil mani deb topshira olmadilar. Bu adolatdan emasda. O‘zim magisraturani tugattim, bizni paytda bunaqa qo‘shimcha muammolar yo‘q edi
ㅤㅤㅤ
Shuncha odamni hisobga olib, buni ustiga ohirgi kunda saytda bo'lgan uzilishlarni ko'zda tutib bir kun imkon berishsin. Masalan shaxsan men to'lov qilish bemalol deb o'ylabman. Ohirgi kunga taqalib qolganidan rosa urindim. To'lov qila olmadim.
E boxona qmaselachi. Raz tayyorlangan bilimi kuchli abituriyentla boshidayoq topshirdi uje. Chunku bu yil yo'nalishlar kesimida ko'rsatilmadi statistika. Qo'yselachi chekka qishloq svyaz yo'qmush. Shunaqa bo'lishini bilardilayu oxirida yoki xayitga to'g'ri kelishini 1 kun qoganda blb qoldilami?
To'lov qilish uzaytirilsa kamida yana 10 mingta odam topshiradi. Uni ichida tavakkalchila bor. O'zilaga qiyin bo'ladi atak. Tanlov ko'tariladi yana shu keremi slaga
◦•●◉✿Ferede✿◉●•◦
Barbir hammani institutga topshirishga haqqi bor manimcha yana bilmadimu
Bir kun qushib berishi kerak o'tgan yili ham qo'shib berilgandi,ulgurmaganlar judaa ko'p
Mardonbek Ibragimov
Shoxruxbek Bu yerda gap o'qishga topshirish haqida emas. O'qishga topshirib to'lovni amalga oshira olmadik gap faqat to'lov qilishda.
Faxriddin Mannonov
Besh barmoq barobar emas hech kim bahona qilayotgani yo‘q bor muammoni aytishayabdi
Oka Amerika qo'shma shtatlari shubxasiz dunyoda tengi yo'q mamlakat buni tan olishga majburmiz. Xar yili Green Carta olish millionlab odam shu saytdan ro'yxatdan o'tadi. Ro'yxatdan o'tishni oxirgi kunlarida sayt deyarli ishlamaydi. Chunyabszmi nma demoqchiligimga? DTM ishonuvring barbr ochib bermiydi to'lov qilishni.
Тулов кунини узайтирилса яхши буларди. Сайт яхши ишламади тулов килолмадик. Бир йил ютказиш алам киляпти энди
Assalomu alaykum. Tolov qilib bomayaptiku. Shu etilgan yonalishla bosa ham
Mardonbek Ibragimov
Shoxruxbek Bu yerda gap o'qishga topshirish haqida emas. O'qishga topshirib to'lovni amalga oshira olmadik gap faqat to'lov qilishda.
Oka siz butun boshli sistemani sizga o'xshagan 5 10 mingta talabaga ochib bersa qolganlayam pretenziya qiladi nmaga unga ochib berding uni shoxi bormi db chunyabszmi.
Kimdir tolov qiloladimi
Мана соат 11:15 пул тўлаш имкони йўқ
Show next 100 comments