Тест учун тўлов қилиш муддати 1 кунга узайтирилди. Лекин ҳаммага эмас

Давлат қабул комиссиясининг 2-сон баёнида касбий (ижодий) имтиҳонлар билан бирга мажбурий учта – она тили (ўзбек, рус ёки қорақалпоқ), метаматика ва Ўзбекистон тарихи фанларидан тест синови орқали бакалавриат таълим йўналишларига ўқишга кириш учун онлайн рўйхатдан ўтган, бироқ белгиланган тўловни амалга оширмаган абитуриентларга бир иш куни ичида тегишли тўловни амалга оширишга рухсат берилди.

❗️Бунда мазкур тоифадаги абитуриентлар бугун 28 июль куни 18:00 га қадар тўловни амалга оширишлари мумкин.

Тўлов муддати фақат ижодий имтиҳони бор йўналишга топширганлар учун узайтирилди. 5 та фандан тест топшириладиган йўналишларга рўйхатдан ўтган ва тўловни амалга оширишга улгурмаганлар учун тўлов муддати узайтирилмади. Демак, улар тестга киритилмайди.

Лекин ҳужжат топширишнинг охирги 3 куни дам олиш кунлари бўлди ва банклар ишламади, боз устига электрон тўлов қилиш тизимида техник муаммолар кузатилди. Шуларни инобатга олиш керакмиди дейманда…


👉 @xushnudbek 👈

406 comments

Show 100 more comments
Haa to'lov kunlarini uzaytirirish karak edi, borgan sari abiturientlarga, o'qishini ko'chirayotkanlar qiyinlashib bormoqda lekin barchasi shaffoflik yoki korrupsiyaga qarshi emish, bularning bari ko'zbo'yamachilikku aslida
DTM sayti bu yil umuman qoniqarsiz ishladi
Bazza 22-kuni 21:00 dan boshlab qotdi. Qolaversa boshqa kunlari ham uzilish juda koʻp boʻldi.
Masalan 22- iyul kuni oʻzimni yaqinlarimni oʻqishga topshirishga ulgumadim. chunki avalgi yilgidek 12:00 gacha ishlab bermadi baza qotib hammasini 1 yilni rasvo qildi
Вой енди толов килмаганларни бир йили расво болдими🤦‍♀️🤦‍♀️🤦‍♀️😭😭😭😭
Dr_Farrukhbek
Xushnudbek aka shuni ariza kiritsa yoki taklif bildirib toʻgʻirlasak boʻlmaydimi bu qanaqangi qonun endi oliy ma'lumotli boʻlishga toʻsqinlikmi agarda bir xalqni yakson qilmoqchi boʻlsang taʼlim tizimini ishdan chiqar!!! Respect naxotki bitta qaror bilan odamni yillab tayyorlangan mehnatini puchga chiqarish mumkina.
Xushnudbek aka bugungi 20:30 bo‘ladigan ochiq muloqotda shu to‘lov masalasini ko‘tarib ijobiy hal qilishga yordam bersangiz.
Qabulni ham 3 kun ishlanmagan kunlar uchun 31-iyulgacha uzaytirishsin.Nomardlik ham evi bilanda.
Nafaqat 3 kun balki qabul boshlangan kundan boshlab nosozlik kuzatildi.Buni hech kim inobatga olmadi nega?
Suyunov Suyunboy
Hammaga toʻlov muddatini uzaytirib bersa yaxshi boʻlardi
Тўлов масаласи бўйича хам гапириш керак
Очиқ мўлоқат неча соат бўларкан
Хўшнўдбек ака шў тўлов масаласини хам жонли эфирга олиб чиқайлик илтимос.
Muxriddin
Assalomu alaykum iltimos bizga ham bir kungina imkoniyat berizlar tulov qilishga 1 yilimizga kuyamiz Xushnudbek aka iltimos yordam berizlar
Nazla(Arina)
Assalomu alaykum yaxshimisiz!mani savolim bor edi,dtm saytidan hujjat topshirdim 1 ,2, kundan keyin to'lov qildim.dtm varaqamda tolov qilinmadi deyilgan so'z bor edi,wunda man 22 - sana kuni bowidan tahrirlamoqchi bo'lib kabinetimga kirdim kod berildi terganimdan so'ng negadir sayt iwlamay qoldi .endi man abituriyent boʻlib imtihonga qatnawolmimanmi ? Javob uchun oldindan rahmat.
Assalomu alaykum hammaga
😎😎
Tulov qlishni yana 1. 2 kunga uzaytirishsa yaxshi bulardi
Hamma so'rasa (to'lov qilmaganlar), hich uzaytirilmasmikina. Baribir pul bizni hisobimizga tushmaydi-ku
Hayitali Ubaydullayev
Assalomu-alaykum Xushnud aka yaxshimisiz. To'lov masalasini uzaytirish kerak deb o'ylayman chunki deganda puli bo'lmay qolgan Abuturentlarimiz ham bor. Endi puli bo'lsa aksincha bo'lyapti. Hammani tushunish kerak. To'lovni deb 1 yili kuyib ketmasligi kerak. Shuni olib chiqing Xushnud aka
Show next 13 comments