1 соат қолди!

Суҳбатдошимиз:

Шерзод Шерматов - Халқ таълими вазири

Бошланиш вақти: бугун, соат 11:00


👉 @xushnudbek 👈

210 comments

Show 100 more comments
MUKHIDDIN RO'ZIBOYEV
Hamma abituryentlar bunga qiziqyapti bitta o'ringa nechta odam to'g'ri kelishiga
Нодира Мардоновна
Хурматли Вазир жаноблари нимага Мактабларда ўқитувчиларни фарзандлари олтин кумуш медаллар олишаяпти вахоланки уларни билим даражаси зўрға 3 бахога тортади. Бу ноинсофлик эмасми ким текширади буни
Илтимос мактабларда деб хамма мактабни айтманг. Айнан кайси мактаб эканини айтинг. Чунки мен ишлайдиган мактабда укитувчиларни болларидан биронтасига олтин медал берилмади. Хеч каерда ишламайдиган ишсиз одамларнинг боллари олишди медални. Аник адрес билан езинг.
Valiyev M
Assalomu alaykum meni savolim ichki perevod haqida edi Qoraqalpoq tibbiyot institutidan Andijon tibbiyot instituti ga ko‘chirmoqchiman doimiy yashash joyim Namanganda lekin bizda bunday OTM yo‘q uzrli sababli yaqin joyga ko‘chirib olish mumkinmi.2 savolim oilada 1 emas 3 ta farzand to‘lov kontrakt asosida o‘qiymiz qanday imtiyoz bor
Shahriyor Axmedov
Assalomu alaykum men sirtqi yunalishga topshirgandim tulovni ham amalga oshirganman muommo shundaki tanlov ustivorligiga davlat giranti bulib qolgan malumki sirtqiga grant yuq buni uzgartirishim kerakmi yoki buni ahamiyati yuqmi
Sizzi sevdim Ya Rasululloh
Assalomu alaykum Xushnudbek aka man Tojikistondagi Sadriddin Ayniy nomidagi davlat universitetining rus tili yo'nalishida sirtqida uqiyman O'zbekistonda Jahon tillarining o'zga tillar uchun rus tili yo'nalishiga hujjat topshirdim Izoh qoldirilibdi batafsil ma'lumot olish uchun onlayn ariza topshirgan muassasaga murojaat qiling deyilibdi bu nima degani kimga murojaat qilishim kerak arizam qabul qilinadimi
Assalomu alaykum Xushnudbek aka mening savolim shundan iborat edi perevod bo'yicha Samarqand shaxrida biror tanishim va doimiy turar joy bo'yicha muomma bo'lganligi sababli Toshkent shaxrida yaqin qarndoshlarim borligi va doimiy turar bilan taminlanganim uchun Toshkent shaxriga perevod qilmoqchi edim. Super kantrakt bo'lib o'tsa men uni rad eto olamanmi va uzim O'qib turgan Samarqand shaxriga qaytib o'qishimni davom ettira olamanmi hech qanaqa muomma bo'lmaydimi.Iltimos shunga alohida javob bersangiz. Javob uchun oldindan raxmat kattakon.
Assalomu alaykum meni murojaatim shundan iboratki o'qishni ko'chirish uchun ariza topshirganlarning ariza nizom bo'yicha 5-avgustdan keyin ko'rib chiqilsa rad etilgan arizalar ni qayta tahrirlansa yana ko'rib chiqiladimi
Camilla*
Iltimos, Xushnudbek albatta shu masalaga to'xtaling. Savolimni vazir janoblariga yetkazishizdan umidvorman.
"Ta'lim to'g'risida"gi yangi Qonun va PF-4860 ga binoan bu yildan har bir tumanda inklyuziv va korreksion sinflar ochilishi nazarda tutilgan. Meni farzandim ham inklyuziv ta'limga muhtoj afsuski. Shuuncha yurib, surishtirib, XTB tuman va shahar boshqarmalariga qatnab, Xalq ta'limi vazirligi ishonch raqamiga telefon qilib arang tumanimizda qaysi maktabda inklyuziv sinf ochilishini bildim. Eng qizig'i direktor ham o'z maktabida shunday sinf ochilishini mwndan eshitibdi😔. Havotirim shuki qog'ozlarda va buyruqlarda baland parvoz gap bo'lib qolmasmikin bu "yangi" ta'lim shakli. Iltimos shu ta'lim shakli yo'lga qo'yilgan maktablarni nazorat qilsangiz. Har qanday ta'lim natijaviy bo'lishi lozim. Farzandlarimiz bekorga qatnab yurmasin. Maktabda bunga oddiy holdek qarashyapti. "Ha bolez kelib ketib yuraveradi, 35-40 bolani ichida imkon boricha ta'lim oladi, ta'lim ololmasa ayb bizda emas" qabilida. Bolaga sharoit yaratish, hech bo'lmasa inklyuziv sinflarda o'quvchilar sonini kamaytirish, o'qituvchiga ustama to'lash, ularni malakasini oshirish (on line test ishlab sertifikat olgani bilan malakali bo'lib qolmidiku axir), qo'shimcha mutaxassislarni jalb etish, individual ta'lim dasturini yaratish, bolaga havsiz inklyuziv ta'lim muhitini yaratish kabilar bilan hech kimni ishi yo'q. Prezident farmonida juda muhim topshiriqlar berilgan, lekin na maktab na mas'ul vazirliklar bunga jiddiy qarashmayapti. XTV da bu bilan shug'ullanuvchi va nazorat qiluvchi bo'linma yo'q. Man ona sifatida kimdan yordam so'rashni bilmi qoldim. Fatzandim uchun va yana ko'plab imkoniyati cheklangan bolalar uchun havotirdaman. Ularni ham sifatli va hamma qatori ta'lim olishga haqqi borku. Iltimos shu holatni shaxsiy nazoratingizga oling.
P.S.: tushunaman inklyuziv ta'lim degani istalgan bolani istalgan ta'lim muassasasiga berishga haqliman degani emas. Bazan maxsus ta'lim muassasalarida ta'lim berish samaraliroq hisoblanadi. Lekin ayrim bolalar masalan bizni holatimizda ЗПРР (aqliy va nutqiy rivojlanishdan ortda qolish), yoki yengil darajadagi autist bolalar (РАС), yoki tayanch harakatlanishida muammoai bor bolalar uchun inklyuziv ta'lim juda katta yordam beradi. Albatta to'g'ri va gramotniy yondashilsa.
Bobosharipov
💫Jᴀᴠᴏʜɪʀ💫
Ariza rad etilsa 5-avgustdan keyin qabul tugaydiku yana qanday ko'rib chiqiladi
Rad etiladi sababi ko'rsatiladi sababga qarab tahrirlanadi. Shu uchun turdosh yo'nalishga topshirilganligiga ahamyat berish kerak.
Boshlangʻich sinf oʻqituvchilarining darslari stafkaga yetmaydi.Mayli 1000 dollar oylik kerak emas stafkani tushirib bersin.Yana bitta savol hozir boshlangʻich sinflar PIRLS ga tayyorgarlik boʻlishi kerak oʻqish darslari kamayib ketdi .Haftasiga 3 soat darsga ham kam emasmi bu .Javob uchun oldindan rahmat shu savolni albatta bering iltimos
Gulnoza Matchanova
Magistratura imtihoni uchun ham ruxsatnoma beriladimi qayerda va qachon bo'lishini nimadan bilsak bo'ladi
Farangiz
Assalomu alekum PQ 5188 qarori ga izoh so'ramoqchidim qaror qabul qilingan imtiyoz to'g'risi da lekin 1-avgustgacha e'lon berishlari kk edi yo'nalishlar ro'yxatini haligacha berilmadi
Ассалому алейкум Хушнудбек ака иктисодий соха ходимлари учун Халк таьлими вазирининг тавсияномани кандай тартибда олинади?Вилоят Халк таьлими бошкармаларига квота ажратиладими?
Assalomu alaykum. Nega oliy ta'lim imtihonlari yaqinlashgani sari ko'plab o'zgarishlar bo'ladi?
Shahriyor Axmedov
Bobosharipov
Ahamyati yo'q
Raxmat yani uzgartirishim shart emas tug'rimi
Assalom aleykum meni savolim shuki 2022-2023 yildan boshlab testlardan voz kechilib maktabdagi imtihon baholari bilan o‘qishga qabul qilinadi degan gap qanchalik tògri agar shunaqa bòlsa bundan oldingi yil kirolmagan abituriyentlar nima qiladi shu savolga aniqlik kiritib bering Iltimoss
Show next 57 comments