Пойтахтнинг Мирзо Улуғбек, Чилонзор ва Юнусобод туманларидаги мактабларда ўқиш онлайн ташкил этилади

Тошкент шаҳридаги умумтаълим мактабларида ўқувчилар ва ўқитувчилар орасида коронавирус инфекцияси билан касалланиш ҳолати ортиб бораётганлигини инобатга олиб, жорий йилнинг 16 март кунидан бошлаб, Мирзо Улуғбек, Чилонзор ва Юнусобод туманларидаги барча умумтаълим мактабларини бир марталик карантин муддатига (14 кун) онлайн ўқитишга ўтказилади.

Ушбу туманлар ҳудудида фаолият олиб бораётган нодавлат ва хусусий таълим ташкилотларига 16 мартдан бошлаб бир марталик карантин муддатига (14 кун) ўқувчиларни масофавий шаклда ўқитишга ўтказиш тавсия этилади.

Пойтахтимиздаги бошқа туманларда ўқиш баҳорги таътилга қадар карантин талабларига тўлиқ риоя этилган ҳолда анъанавий давом эттирилади.


👉 @xushnudbek 👈

438 comments

Show 100 more comments
Manimcha xalqga vahima qilmaslik kerakligini uqtirish kerak. Psixologik tomondan qörquvi bölmasa kasallikni yenga oladi
Suğdiyona
Vaqtida uyda òtirolmaydiganlar òqishga chiqaylik deb sòrovnoma tòldirib juda boplab òqib qoganiniyam boplab qòyishdi. Toahkentda shuncha odamni yiģib balo bormidi. Òqiymiz u bu deb kòrdik hamma qanaqa òqiyapti. Hamma bir oz chet elga yugurmasdan dam olishga yoki online òqib uyda kòmilib qoldik deb nolimasdan sabr qilsa bu narsa yòqolib ketardi. Instagramda kòz kòz qilishni bilishadi yarim yalanģoch rasm qòyib qayerga borganini. Buyoqda kasallik tashib yurganini farqi yòq. Oddiy odam tòģri gapirsa gapi faqat kommentariyada qolib ketadi. Tepadagi 2 ta odamni ahmoqona gapi hammaga ta'sir qiladi. Kòz kòrarga ish qilasila hech kim xalqimni soģligi db harakat qilayotgani yòq.
studentlik oltin davrim🤣🤣😷😷🙉🙉
Online öqishga avval ijtimoiy ongni rivojlantirish kerak. Hali online öqishga masuliyat yoq bizada
Menimcha hamma maktablarni onlayn o'qishga o'tkazgan ma'qul.
Bekhruz
Yopilgan maktab O'qituvchilari maktabga borib masofaviy dars berishadimi yoki uydan otishadimi darsni
Нега айнан мактаб ўқувчилари кўпчилиги вирусга чалинаяпди бу ерда қанақадир жумбоқ борми
Turdiboyev Dilshod
Nima bolsaxam xammasi yaxshi bolsin
KHAMROTOSHEV OYBEKJAN
Faqat maktablarmi? yoki..🤔🤔
Bolalar nima bo'layotganini tushunmaydi bilib bilmay aytganni qilmasligi mumkin. Katta odamlarga maska taqmasang palon so'm jarimasi bor desa qo'rqqanidan ham taqadi
Shunchaki fikrimni aytmoqchiman bundan keyingi hayotimiz shunaqa virusla bilan bölsa kerak. Shunday ekan shu sharoitga moslashib yashashni örganishimiz kerak deb öylayman. Karantin sababli qancha oilalarimiz ishsiz qoladi. Öquvchilarimiz ta'lim ololmaydi. Kelajagimiz yoshlar qo'lida. Xudo asrasinu lekin 5 yil suunaqa virus tarqalsa 5 yil ham uyda ötirolmaymizku ?
Рахимжон Худойбердиев
Нега айнан мактаб ўқувчилари кўпчилиги вирусга чалинаяпди бу ерда қанақадир жумбоқ борми
Шуниси қизиқ ва ғалати, тем более болаларда бу касаллик деярли билинмаса... бир ўйинга ўхшайди бу
🅰️lisher 🅾️monov
кўчирмачи
Man o'z fikrim bilan yuraman. Iltimos o'zingizga o'xshatmang
Show next 100 comments